Valuta-kredit munosabatlari


VIII bob. VALUTA INQIROZLARI VA



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

VIII bob. VALUTA INQIROZLARI VA
ULARNING  SHAKLLARI
8.1. Valuta inqirozi, uning mohiyati va turlari
Mamlakat iqtisodiyotining ma’lum jabhalarida yuzaga keluv-
chi  nomutanosibliklar  iqtisodiyotning  notekis  rivojlanishiga,
unda inqirozlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Jahon banki va
Xalqaro  Valuta  fondi  tomonidan  olib  borilgan  kuzatishlar  va
tahlillar shuni ko‘rsatdiki, rivojlangan davlatlarning iqtisodiyo-
ti ochiq, ishlab chiqarishi bir tekis bo‘lganligi sabab ularda iqti-
sodiy inqirozlarning turli shakllari kam uchraydi. Rivojlanayot-
gan davlatlarda ishlab chiqarish omillarida kamchiliklarning mav-
judligi, kapital va zamon talabiga mos keluvchi ish kuchining
yetarli emasligi bu mamlakatlar iqtisodiyotida muammolar va
qiyinchiliklar tug‘diradi. Ishlab chiqarish omillarining yetarli va
samarali emasligi mamlakatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning tushib ketishiga, bu esa mamlakatda
ishlab chiqarish ko‘lamining qisqarishiga olib keladi.
80-90-yillarda  Lotin  Amerikasining  Argentina,  Braziliya,
Chili,  Meksika,  Afrikaning  Nigeriya,  Keniya  kabi  davlatlari
ichki va tashqi qarashda valutaviy inqirozining asosiy ishtirokchilari
hisoblanadi. Muayyan mamlakat valutasining inqirozga uchrashi
nafaqat  shu  mamlakat  iqtisodiyotiga,  balki  qo‘shni  davlatlar,
shu davlatlar bilan jahon bozorida munosabatda bo‘lgan boshqa
davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Valuta inqirozi
qimmatli qog‘ozlar bozori, davlat qarzlari va obligatsiyalari, ka-
pital va investitsiyalar oqimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro
bozorlarda turli xil shov-shuvlarga va tushunmovchiliklar bo‘lishiga
olib keladi. Mamlakatlar o‘rtasida defolt (o‘z majburiyatlarini,
ayniqsa,  kreditlar  bo‘yicha  qarzlarni  to‘lay  olmaslik)  ga  olib
keladi.
Valuta inqirozi davlat tomonidan xarajatlarni oshirishga un-
daydi. 1970-yillardagi neft inqirozi Bretton-Vuds valuta tizimi


147
mevasi  bo‘lgan  fiksirlangan  valutaga  barham  berilishi,  ishlab
chiqarish ko‘rsatkichlarining tushib ketishi va valuta inqiroziga
olib  kelgan.  Natijada  davlat  ijtimoiy  tengsizlikning  yo‘qotish
maqsadida katta xarajatlar qilishga, qo‘shimcha pul chiqarishga
kirishgan. Bu esa pul birligining yuqori darajada qadrsizlanishiga
sabab bo‘lgan. 1978-yilda Argentina, Chili, Urugvay kabi dav-
latlar  inflyatsiyaning  oldini  olish  uchun  Tablita  nomli  yangi
valuta strategiyasi ishlab chiqishgan, ya’ni mamlakat tovarlarin-
ing bahosini ichki bozorda juda yuqori belgilash yo‘li bilan pul
qadrini  oshirish  rejalashtirilgan,  lekin  bu  reja  yuqori  samara
bermagan va bu 3 davlat savdoni erkinlashtirish, banklar va boshqa
moliya institutlari faoliyatiga erkinliklar berish, chetdan boshqa
investitsiyalar kirib kelishi uchun eshiklarni ochish yo‘li bilan
iqtisodiyotni qisman bo‘lsa-da, yaxshilashga erishgan.
Ko‘plab davlatlar valuta inqirozidan valuta qalqonini qo‘llash
orqali o‘zini himoyalashga, o‘z valutasining barqarorligiga eri-
shishga harakat qilishgan. Bu holda Markaziy bank juda ko‘p
miqdorda mahalliy aktivdan ko‘ra chet el valutasiga ega bo‘lishi,
o‘z valutasining rasmiy kursini belgilashi va shu kurs bo‘yicha
aholiga chet el valutasini sotishi, bankdan chiqadigan valutalar
to‘liq miqdorda chet el valutasi bilan ta’minlangan bo‘lishiga eri-
shishi lozim.
Kapitalizm pul-kredit tizimining inqirozi va valuta inqirozi
oltin standartining yemirilishida, inflatsion qog‘oz-pul muoma-
lasiga o‘tishda o‘z aksini topadi va alohida kapitalistik mamlakat-
larning ichki muomalasiga hamda xalqaro hisob-kitoblarga ta’sir
ko‘rsatadi. Qamrab olish xususiyatiga ko‘ra umumiy va xususiy
valuta inqirozlari mavjud.
Umumiy valuta inqirozi kapitalizmning umumiy inqirozi-
ning ajralmas qismi hisoblanadi va parlament xususiyatiga ega
bo‘ladi. Jahon kapitalistik valuta tizimi jahon bozorining ajral-
mas qismi sifatida 1914-1918-yillarda, birinchi Jahon urushi
davrida tiklanib takomillashgan bo‘lsa, kapitalizmning umumiy
inqirozi davrida o‘z kuchini yo‘qotadi va tez-tez tanazzulga
uchraydi.
Umumiy valuta inqiroziga xos muhim xususiyat – oltin «de-
monetizatsiyasi» hisoblanadi, ya’ni oltinning metall pul sifatidagi


148
ahamiyati yo‘qoladi va valuta qadrsizlanadi. Qator kapitalistik
mamlakatlarda birinchi Jahon urushi davrida qog‘oz pullarni ol-
tinga almashtirishning man etilishi (Buyuk Britaniya, Fransiya,
Germaniya, Rossiya va boshqalar) va oltinning ichki muoma-
ladan chiqarilishi sababli oltin «demonetizatsiyasi» boshlandi.
Birinchi Jahon urushidan keyin kapitalistik mamlakatlarda oltin
standartini bo‘laklar (kesilgan) shaklda oltin deviz shaklida va
oltin quymasi shaklida tiklashga harakat qilindi. Bu harakat 1929-
33-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida tugadi. 1929-1930-
yillarda Argentina, Boliviya, Braziliya va qator agrar mamlakat-
larda oltin standartidan voz kechildi. 1931-yilda Buyuk Britani-
yada, 1933 yilda AQSHda,  1934-1936-yillarda Fransiya, Bel-
giya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda oltin standarti bekor
qilindi. 1936-yilning oxirida butun kapitalistik olamni inflyatsiya
qamrab oldi. Bu vaziyat ikkinchi  Jahon urushi davrida 1939-
1946-yillarda kuchaydi. 60-yillarning oxirida faqat AQSHdagina
valutani oltinga almashtirish rasmiy ravishda saqlangan. Lekin
AQSH faqat kapitalistik mamlakatlarning Markaziy banklariga-
gina dollarni oltinga almashtirgan, AQSHda esa fuqarolarga oltin
pullarni saqlash man etilgan.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar borasida valuta inqirozi quy-
idagilarda: ya’ni kapitalistik mamlakatlarning to‘lov balansining
muntazam ravishda nomuvofiqligi yoki passivligida, oltin-valuta
zaxirasining notekis taqsimlanishi, ko‘p mamlakatlarning valuta
kursi tushib ketganligi va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Ko‘plab
mamlakatlarning oltinni chetga olib chiqishni cheklashi, dollar
standartiga o‘tishi oltinning xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilishi-
ni qisqartirdi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin AQSH rahbariya-
tining kapitalistik mamlakatlarga oltin o‘rniga dollardan xalqaro
pul sifatida foydalanishni taklif qilishi natijasida bu jarayon yana-
da kuchaydi. AQSH oltin bahosini sun’iy ravishda pasaytirish
siyosatini  yuritdi.  Bu  esa  urushdan  keyingi  dastlabki  yillarda
AQSHning boshqa mamlakatlardan oltin sotib olishini ancha
yengillashtirdi. 1949-yilning oxirida AQSH kapitalistik olam ol-
tin zaxirasining 70 foizidan ortig‘iga egalik qilgan. Natijada AQSH
dollari xalqaro hisob-kitoblarda keng qo‘llanildi, bu esa xalqaro
kapitalistik valuta tizimi barqarorligiga putur yetkazdi. 1934-yilda


149
o‘rnatilgan  oltinning  rasmiy  past  narxini  AQSH  1961-yildan
1968-yilgacha «Oltin pul» ko‘magida saqlab keldi, «Oltin pul»ga
AQSH,  Buyuk Britaniya,  Germaniya, Fransiya  (1967-yilning
iyunigacha),  Italiya,  Shveysariya,  Belgiya,  Niderlandiya  a’zo
bo‘lgan. Bu oltin qazib olinishini to‘xtatish va fuqarolarning ol-
tinga bo‘lgan talabi oshishiga olib kelgan.
Valuta inqirozini 3 turga ajratish mumkin:
1)  to‘lov  balansining  makroiqtisodiy  siyosati  maqsadlari-
ning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi oqibatidagi valuta inqirozi;
2) tashqi qarzlarning ko‘payib ketishi natijasida valuta in-
qirozi;
3) ichki qarzlarning o‘zgarishi natijasida yuzaga keluvchi valuta
inqirozi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida valuta inqirozi valuta kursi-
ning o‘zgarishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Osiyoda esa valuta inqirozi boshqa ko‘rinishda namoyon bo‘lgan.
1) Valuta kursi baland emas.
2) Barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar me’yorida.
3) Valuta inqiroziga yana bir sabab, bu valuta korrelatsiya-
sidir. Korrelatsiya ham ushbu valuta inqirozi sabablarini ochib
berishi mumkin.
Rivojlangan davlatlarda 2001-yilda tahlikali holat boshlandi.
Uzoq vaqt davom etgan yapon muammolari Yaponiya iyenining
30 % tushishiga olib keldi. Xitoy bozori iyenning tushishiga yetar-
licha salbiy munosabatda bo‘ldi. Yuqori darajadagi korrelatsiya
iyen va shanxay kompozit indeksi orasida aniqlandi.
1980-90-yillarda Braziliya, Turkiya va Argentina mamlakat-
lari valuta inqirozini boshidan kechirdi.
2000-yillarda Rossiya va boshqa ko‘plab davlatlarda yuqori in-
vestitsiyalar neftni qazib olishga talabni oshirdi va iqtisodiy tang-
lik energiya tashuvchilarga talabni kamaytirdi. Neftning yuqori
narxi energiyani tejashga olib keldi. Shuning uchun OPEKning
urinishlariga qaramay, neft narxining o‘sish imkoniyatlari ken-
gaydi va u bir barel uchun 16-14 dollarga yetdi. Neft eksport-
yorlari orasida neftni yetkazish bo‘yicha shartnomalardagiga nis-
batan narx o‘zgarishi yuzaga keldi. Masalan, Rossiyada 1998-
yildagidek yuqori inflyatsiya bilan barqaror kurs siyosati rublni


150
mustahkamlashni talab qildi. Importning o‘sishi va eksportning
kamayishi savdo va to‘lov balansini yomonlashtirdi.
MDH davlatlari ichida Rossiyada bo‘lgan ko‘pgina o‘zgarishlar
uning budjetining daromad qismi tarkibining o‘zgarishiga olib
keldi. Oxirgi paytlarda soliq orqali daromadlarning o‘sishi ener-
giya tashuvchilarga eksport bojlarining pasayishiga olib kelgan.
Oldindan rejalashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar oqimi
susaygan. Monopollashgan muhit energiya tashuvchilariga narx-
ni yuqori darajada tutib turishga yordam beradi. Bu ba’zi davlat-
larda biznesning usiz ham past raqobatbardoshligini susaytiradi.
Afsuski, bunday holatda yuqori valuta kursiga ega bo‘lishga sharoit
yaratib bo‘lmaydi. Raqobatbardoshlikni oshirish uchun ko‘plab
davlatlar ta’lim sohasiga sezilarli investitsiya vositalarini jalb qil-
ish  lozimligini,  shunda  10-15  yildan  keyin  yoshlar  biznesni
yuqori darajaga ko‘tarishi mumkinligini ta’kidlaydilar.
Bu jarayonlarning barchasi mamlakatda va jahonda valuta si-
yosatining qanchalik optimal olib borilishiga va valuta kurslarin-
ing barqarorligiga bog‘liq.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish