Valuta-kredit munosabatlari


 To‘lov balansini tuzish tartibi



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

7.2. To‘lov balansini tuzish tartibi
Xalqaro iqtisodiy aloqalar natijasini baholash va ko‘lamini
hisoblashga urinishlar XIV asr oxirlariga to‘g‘ri keladi.
XX asr boshlarida AQSH va Angliyada to‘lov balansini tuzish
usullari  keng  rivojlandi.  1923-yilda  AQSHda  1922-yilgi
ko‘rsatkichlar  natijalari  bo‘yicha  to‘lov balansini  tuzish  va  uni
e’lon qilishga urinish bo‘lgan. 1943-yili amerikalik iqtisodchi X.Leri
AQSHning 1919-1939-yilgi to‘lov balansini tuzdi. Uning asosida
ikkinchi Jahon urushidan keyin to‘lov balansi tuzildi. 1946-yildan
boshlab chorak va yillik to‘lov balanslari hisobotlari AQSH savdo
vazirligi jurnalida chop etila boshladi.
1947-yili BMT hujjati sifatida to‘lov balansi sxemasi yara-
tildi. U XVFning to‘lov balansini tuzish shakllari va tamoyil-
larini ishlab chiqishga asos bo‘ldi. XVF «to‘lov balansi bo‘yicha
qo‘llanma» chiqarib, rivojlantirishni davom ettirdi. Ular o‘z sxe-
malarini universallashtirishga harakat qilishdi, chunki bu rivoj-
langan va rivojlanayotgan davlatlar balanslarini solishtirish im-
konini beradi. Joriy ma’lumotlarni qayta ishlab, XVF ekspertlari
ularga aniqliklar kiritadi. Norasmiy ma’lumotlardan foydalana-
di, to‘lov balanslari moddalarini qayta guruhlashadi va boshqa
ishlarni  bajarishadi.  Bu  tekshirilayotgan  jarayonni  ko‘lami
to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi.
XVF qo‘llanmasiga binoan to‘lov balansi moddalari tasnifi.
A. Joriy operatsiyalar *
Tovarlar
Xizmatlar
Investitsiyalardan daromadlar
Boshqa xizmatlar va daromadlar
Xususiy bir tomonlama o‘tkazmalar


135
Rasmiy bir tomonlama o‘tkazmalar
Jami A: joriy operatsiyalar balansi.
B. To‘g‘ri investitsiyalar va uzoq muddatli kapital
To‘g‘ri investitsiyalar
Portfel investitsiyalar
Boshqa uzoq muddatli kapital
Jami: AQV (AQSHning  bazis balansi konsepsiyasiga
muvofiq)*  *
C. Boshqa uzoq muddatli kapital.
D. Xato va hisobga olmaydigan qismlar
Jami; AQVQSQD (AQSH likvidlik konsepsiyasiga muvofiq)*
E. Balanslovchi moddalar.
Oltin-valuta rezervlarining qayta baholanishi
SDRning taqsimlanishi va ishlatilishi
Oltin-valuta rezervi harakati
F. Qoldiqni qoplashning favqulodda manbalari.
G. Xorijiy rasmiy qo‘mitalarning valuta rezervlarini tashkil
etuvchi majburiyatlar.
Jami: A+V+S+D+E+F+G (AQShning bazis balansi kon-
sepsiyasiga muvofiq)*
N. Rezervlarning yakuniy o‘zgarishlari.
Oltin
SDR
XVFning  rezerv  holati
Xorijiy valuta
Boshqa talablar
XVF kreditlari
To‘lov balansi sxemasi oldingi paragrafda keltirilgan to‘lov
balansining tarkibiy qismlari valuta harakati bo‘yicha to‘lov ba-
lansi valuta tushumi va valutalar chiqimi yoki xarajati ifodala-
nishni ko‘rsatadi. Xalqaro valuta fondining ko‘rsatmasiga asosan
aksariyat davlatlar to‘lov balansini ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha:
joriy operatsiyalar balansi va kapital bilan moliyaviy operatsiya-
lar  (kapital  harakati)  balansini  tuzadilar.  Bu  balanslar  aktiv
yoki passiv qoldiq bilan yakunlanishi mumkin.
Joriy  operatsiyalar  balansi  –  tovarlar,  xizmatlar,  joriy


136
transfertlar va daromadlar bo‘yicha, tashqi iqtisodiy aloqalar
bo‘yicha valuta tushumi va xarajati o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi.
Bu  balansning  ijobiy  (aktiv)  qoldig‘i  mamlakatning  boshqa
mamlakat uchun kreditor ekanligini, passiv yoki salbiy qoldiq
mamlakatlarning  boshqa  mamlakatlardan  qarzdor  ekanligini
ko‘rsatadi.
Joriy operatsiyalar  balansi savdo balansi, xizmatlar balansi,
joriy  transfert  to‘lovlar  balansi,  chetdan  tushum  kabilarni  o‘z
ichiga oladi.
Savdo balansi tovarlar eksporti va importini o‘zida ifodalab,
yil oxirida ijobiy yoki salbiy qoldiqqa ega bo‘ldi. Balansni tuzganda
eksport «+» belgisi bilan, import «-» belgisi bilan ifodalanadi va
«+» mamlakatga valuta kelib tushushini «-» mamlakatdan valuta
chiqib ketishini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, savdo balan-
sidan eksport qanchalik darajada importni qoplay olishi to‘g‘risida
ma’lumot olish mumkin.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish