Valuta-kredit munosabatlari


-chizma.  Valuta  siyosatining  tarkibi



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

5-chizma.  Valuta  siyosatining  tarkibi
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, valuta siyosati maqsad va vazi-
falaridan  kelib  chiqqan  holda  quyidagi  shakllarda  namoyon
bo‘ladi:

Valuta siyosati 
 
 
 
 
Diskont shakli 
 
Deviz shakli 
 
 
 
 
 
Foiz stavkasi 
 
Valuta intervensiyasi 
 
 
 
 
 
 
Devalvatsiya 
 
 
 
 
 
 
Revalvatsiya 
 
 
 
 
 
 
Valuta rezervlarini 
diversifikatsiyalash 


65
– diskont siyosati;
– deviz siyosati.
Diskont (foiz stavkasi) siyosati – Markaziy bank hisob stavka-
sini o‘zgartirish yo‘li bilan milliy valuta kursiga ta’sir etish maqsa-
dida amalga oshiradigan valuta siyosati shaklidir.
Deviz siyosati Markaziy bank tomonidan xorijiy valuta (deviz)
ning oldi-sotdisi orqali milliy valuta kursiga ta’sir o‘tkazish meto-
didir. Markaziy bank milliy valuta kursini oshirish uchun chet el
valutasini ayirboshlaydi va aksincha, milliy valuta kursini tushi-
rish maqsadida chet el valutasini sotib oladi. Deviz siyosatining
milliy valuta kursiga ta’sir etishining quyidagi instrumentlari mavjud.
Bular:
– valuta intervensiyasi;
– devalvatsiya;
– revalvatsiya;
– valuta rezervlarini diversifikatsiyalash.
Valuta intervensiyasi Markaziy bank deviz siyosatining keng
tarqalgan shakli hisoblanadi. Markaziy bankning milliy valuta
kursiga ta’sir etish maqsadida valuta bozorida chet el valutalarini
sotib olish yoki aksincha, sotish valuta intervensiyasi deyiladi.
Hozirgi  davrda  valuta  intervensiyasidan  ko‘zlangan  asosiy
maqsad valuta kursining qisqa vaqt oralig‘ida kutilmaganda yuzaga
keladigan keskin tebranishlariga barham berish hisoblanadi.
Deviz siyosatining instrumentlaridan yana biri devalvatsiya-
dir. Devalvatsiya – (lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «qadrining
tushishi»  degan  ma’noni  anglatadi)  milliy  valutaning  chet  el
valutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadri
tushishidir. Inflyatsiyaning kuchayishi va mamlakat to‘lov bal-
ansining salbiy qoldiqqa ega bo‘lishi devalvatsiyaning kelib chiqi-
shiga sabab hisoblanadi. Uning yuzaga kelishida quyidagi 2 xil
sabab qayd qilinadi:
– eksportni rag‘batlantirish;
– milliy valutaning rasmiy kursi bilan uning real xarid quv-
vati o‘rtasida sezilarli tafovutning paydo bo‘lishi.
Revalvatsiya – (lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «qadrini oshi-
rish» ma’nosini anglatadi) milliy valutaning chet el valutalariga
erkin,  xalqaro  hisob-kitob  pul  birliklariga  nisbatan  qadrining


66
oshishidir. Uning kelib chiqishiga sabab inflyatsiyaning nihoyat-
da past darajada bo‘lishi va uzoq vaqt davomida mamlakat to‘lov
balansining aktiv qoldiqqa ega bo‘lishi, milliy firma va kompani-
yalarning jahon savdo bozorida raqobatbardoshligidadir.
Jahon amaliyotida revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan kam
qo‘llaniladi, bu jarayonni faqat dunyoning eng rivojlangan indus-
trial mamlakatlari amaliyotidagina uchratish mumkin.
Deviz siyosatining yana bir muhim instrumentlaridan biri –
bu valuta rezervlarini diversifikatsiya qilishdir.
Valuta  rezervlarini  diversifikatsiya  qilish  deganda  bir  vaqt-
ning o‘zida bir necha valutada rezervlarni tashkil qilish tushu-
niladi. Bu valuta rezervlarining tarkibi barqaror bo‘lgan valuta-
lar hisobidangina amalga oshiriladi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish