Valiyeva maftunaxon abduvali



Download 237,5 Kb.
bet1/7
Sana24.06.2022
Hajmi237,5 Kb.
#699178
  1   2   3   4   5   6   7

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM BAZIRLIGI


MUQIMIY NOMIDAGI QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


MASOFAVIY TA`LIM KAFEDRASI


MAKTABGACHA TA`LIM YO`NALISHI

3-BOSQICH SIRTQI BO’LIM TALABASI




VALIYEVA MAFTUNAXON ABDUVALI
QIZINING


BOLALAR NUTQINI O’STIRISH
FANIDAN
MAKTABGACHA KICHIK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O’STIRISHNING VAZIFALARI, METODLARI VA VOSITALARI
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN


KURS ISHI
Ilmiy raxbar: K.K.Komilova

Qo`qon-2021


MUNDARIJA


KIRISH ………………………………………………………………..
1-BOB. MAKTABGACHA KICHIK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O’STIRISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI


1-§ Kichik yoshdagi bolalar nutgini о‘stirishning metodik masalalari …..
2- § Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari ………………….
2-BOB. MAKTABGACHA KICHIK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O’STIRISHNING METODLARI VA VOSITALARI


1-§ Kichik yoshdagi bolalar uchun mashg ‘ulotlar ishlanmasi……….
2-§ Kichik yoshdagi bolalar nutqining tovush madaniyatini
tarbiyalash ………………………………………………………………
XULOSA …………………………………………………………………
ILOVALAR………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI …………………
KIRISH
Respublikasi prezidenti 2016 – yil 29 – dekabr kuni “ 2017 – 2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to`g`risida” gi PQ-2707-sonli qaror tasdiqlandi. Ilmiy kuzatish kuzatish va tadqiqotlarda inson o`z hayoti davomida olinadigan barchan ma`lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo`lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o`z ona tilini o`zlashtiradi, ota – ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg`onadi, umr davomida olinadigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda eng avvalo oilla asosiy ro`l o`ynasa, maktabgacha ta`lim muassasasining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimisda aynan maktabgacha ta`lim uzluksis ta`lim tizimining ajralmas bo`lagiga, ta`bir joiz bo`lsa, uning debochasiga aylangan. Shu ma`noda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 – yl 30- dekabr kuni matbuotda elon qilingan “ 2017 – 2021 “ yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to`g`risida” gi qarori ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko`tarish, sohani bugungu kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga hizmat qilishi shubhasiz. Bu borada, ayniqsa, maktabgacha ta`lim muassalariga tizimni rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalariga jalb etish, maktabga tayyorlash masalari ta`lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraladi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy – huquqiy sharoitlar yaratildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohatlar ischil davom ettirilib, maktabgacha ta`lim muassalari tarmog`ini hozir zamon talablari standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e`tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo`lmay ulg`ayishlarimhamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo`lib voyaga yetishtirishlarini ta`minlashdek ezgu maqsad mujassam.
Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori tasdiqlangan Maktabgacha tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha 2017 – 2021 yillarga mo`ljallangan dasturga keng ko`lamli strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilangani bilan ahamiyatlidir. Hususan, hujjatda bugungi kundagi hayotiy talab va ehtiyojlar,sohada yechimini kutayotgan masalalar hamda hali ishga solinmagan imkoniyatlar hisobga olinganligi barchamizni quvontiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonuni ta’lim tizimining mazmunini takomillashtirish, ona tilini o‘qitishni yanada yaxshilash, ona tilida so‘zlarni nutqda to‘g‘ri qo‘llash kabi vazifalarni belgilab berdi.
Ma’lumki, ona-tili ta’limining maqsadi, vazifalari, avvalo, tilning jamiyatdagi vazifalari, inson hayotida tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Chunki til jamiyat a’zolarining o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, insonning fikrlashi, o‘z ichki kechinmalarini ifodalash vositasidir. Shuning uchun ham ta’limning barcha bosqichlarida ona tilidan ta’lim berish; ona tili ta’limiga qo‘yilgan davlat talablaridan kelib chiqgan xolda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limda ona tili ta`limiga qo‘yilgan talablardan biri bolalar nutqini o‘stirish, o‘z fikr, istagini aniq, tushunarli, mazmunli bayon etishga o‘rganishi, bolalar so‘z boyligini oshirish, maktabgacha ta’limning oxirida 3000 dan ortiq so‘zni bilish, tushunishi va nutqda qo‘llash malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Chunki yoshlikdan boshlab bolalarni fikrlashi, tafakkuri; ona tilida o‘z fikrini bayon etishi ona tilini amaliy o‘rganishdan iborat bo‘lib, bola shaxsini shakillantirishda muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagi fikrdan ko‘rinib turibdiki maktabgacha yoshdan bolalarni erkin fikrlashi, nutqda so‘zni o‘rinli qo‘llay olishi, o‘z nutqining mazmunini to‘g‘ri tuzishi ona tilini o‘rganishi asosiy omil hisoblanadi. Shunday qilib, yuqoridagilardan kelib chiqib,
Mavzunind dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri “Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning vazifalari, metodlari va vositalari” asosida bolalar nutqini o’stirish, bolalarni bilimga undash faollikka chaqirish, tarbiyachi faoliyati samaradorligini oshirishning turli metod vositalarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning muammosi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning vazifalari, metodlari va vositalari” orqali mashg’ulotlar asosida o’rganilmagan muammolarni o’rganish yo’llarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti: Maktabgacha ta’lim tashkiloti, bolalar
Tadqiqotning predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni har tomonlama tarbiyalashda “Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning vazifalari, metodlari va vositalari ” ning turli shakllari va funksiyalarini jarayonga tatbiq etish
Tadqiqotning maqsadi vazifalari: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda “Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning vazifalari, metodlari va vositalari ” mavzusini ta’limga joriy etishning o’ziga xos va muhim tomonlarini o’rganish “Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning vazifalari, metodlari va vositalari ” asosida maktabgacha ta’limda bo’lajak tarbiyachining bu boradagi ilmiy va uslubiy ta’minlaganligini, uni tayyorgarligini oshirishdan iborat.
Tadqiqotning gipotezasi: “Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning vazifalari, metodlari va vositalari” mavzusi orqali tadqiqot maqsadiga erishish uchun ta’limni interfaol innovatsion texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo’llarini belgilashimiz mumkun.



Download 237,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish