5-rasm. Odam tanasidagi qon tomirlarning umumiy ko'rinishi.
1- bosh va bo'yin qon tomirlari; 2-qo'l tomir¬lari; 3- aorta; 4- o'pka venalari; 5- o'pka tomir¬lari; 6- me'da tomirlari;
7- taloq tomirlari; 8¬ ichak tomirlari; 9- oyoq tomirlari; 10- buyrak to¬mirlari; 11- jigar tomir¬lari; 12- pastki kovak vena; 13- yurakning chap qorinchasi; 14¬yurakning o'ng qorinchasi; 15- yurakning o'ng bo'l¬machasi; 16- yurakning chap bo'lmachasi; 17¬o'pka arteriyasi; 18- yuqori kavak vena.
Izob: qizil rang - arteriya qoni; ko'k rang - vena qoni; to'q qizil rang - aralash qon (ko'proq arteriya qoni).
to'g'ri ichak, siydik xaltasi, ayollarda bachadon hamda son, bol¬dir, oyoq, tovon va panja terisi, muskullari, suyaklari va shu sohadagi bo'g'imlami arterial qon bilan ta'minlaydi.
Aortadan chiqadigan yirik arteriya qon tomirlari o'z navbatida o'rtacha, mayda tomirlarga, ular esa eng mayda kapillyarlarga bo'Iinadi. Bular organlar, to'qimalar orasiga kiradi. Kapillyarlar odam sochidan 50 marta ingichka bo'ladi, ulami oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi, ya'ni faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Odam tanasida 100-160 milliardga yagin kapillyar bor. Agar tanadagi hamma kapillyarlar bir-biriga ulansa, ularning uzunligi 60-80 ming kilometr bo'lib, u bilan yer sharini ikki marta aylantirib o'rash mumkin.
To'qimalardagi va hujayralardagi moddalar almashinuvi jara¬yoni ana shu kapillyarlar orqali uzluksiz davom etib turadi, ya'ni kapillyarlardagi arteriya qonining tarkibidagi oziq moddalar, gormonlar, kislorod hujayralarga o'tadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid vena kapillyar qon tomirlariga o'tadi. Bular o'z navbatida bir-biriga qo'shilib, avval kichik, so'ngra o'rta va yirik vena qon tomirlarini hosil qiladi. Bosh, bo'yin, ko'krak, qo'l kabi organ¬laming vena tomirlari qo'shilib, yuqorigi kovak venani hosil qiladi; oyoq, chanoq, qorin sohasidagi a'zo va to'qimalaming vena qon tomirlari bir-biriga qo'shilib, pastki kovak venani hosil qiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Shu bilan katta qon aylanish doirasi tugaydi.
Qonning yurakning chap qorinchasidan chiqib, tananing bar¬cha a 'zolaridagi arteriyalar, kapillyarlar va venalar bo 'ylab oqib, yurakning 0 'ng bo'lmasiga kelib quyiladigan yo 'Ii katta qon aylanish doirasi deb ataladi.
Shunday qilib, katta qon aylanish doirasi tananing barcha organlari, to'qimalari va hujayralarini oziq moddalar, gormon¬lar, kislorod bilan ta'minlab, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan keraksiz va zaharli moddalami o'ziga qabul qilib, ularni organizmdan chiqarib yuborish vazifasini bajaradi.
Kichik qoo aylaoish doirasi. Bu doira yurakning o'ng qorin¬chasidan chiqadigan o'pka arteriyasi qon tomiridan boshlanadi. O'pka arteriyasi ko'krak qafasida ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga boradi. Ular o'pkalarda kapillyar qon tomirlariga aylanib, o'pka alveolalari atrofini o'rab oladi. Tashqi muhit havosi bilan o'pka hamda qon o'rtasidagi gaz almashinuvi jarayoni shu
joyda o'tadi. Natijada vena kapillyarlaridagi qon kislorodga to'yi¬nib, arterial qonga aylanadi, lekin u 0 'pka venasi deb ataluvchi to'rtta (har bir o'pkadan ikkitadan) tomir orqali yurakning chap bo'lmasiga quyiladi.
Qonning yurakning 0 'ng qorinchasidan chiqib, arteriyalar ka¬pillyarlar va venalar bo 'ylab oqib (0 'pkalar orqali), yurakning chap bo'lmasiga kelib quyiladigan yo 'Ii kichik qon aylanish doirasi deb ataladi. Shunday qilib, kichik qon aylanish doirasining vazifasi vena qonini arterial qonga aylantirishdan iborat.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |