Muntazam yuklamada energiyaning sarflanishi ha qida ma’lumot
Jismoniy faoliyat turi
|
Masofa (km)
|
Jadallik
6 km-soat
|
Vaqt (soat)
|
Energiyaning sarflanishi
(kkal)
|
yugurish
|
30-50
|
5 km-soat
12 km-soat
|
1
2
3
4
6
|
870
1740
3480
5220
7160
|
velosiped
|
100-200
|
2,5 km-soat
20 km-soat
|
1
2
4
|
400
800
1600
|
suzish
|
4-8
|
2 km-soat
|
1
2
|
680
1380
|
YUrish
Voleybol(musob)
Futbol(musob)
Gimnastika
Bog‘da ishlash
|
25-50
|
6 km-soat
|
1
2
1
1
1
1
|
600
1200
430
630
220
450
|
3. Jismoniy yuklamalarni dozalash
L.E. Lyubomirskiy (1989) eksperimental tadqiqotlarni umumlashtirib bolalar va o‘smirlarning harakat faoliyatiga o‘rga-tish darajasini baholash va jismoniy tarbiya jarayonida jismo-niy yuklamalarni me’yorlashtirish bo‘yicha qator shartlarni ajratadi:
1. Yuklamani shunday jadallikda berish kerakki, toki maktab o‘quvchisi charchoqni his qilsin.
2. Jadalligi bilan asab markazlarining qo‘zg‘alishi, mushak guruhlarining ishini boshqarishni tashkil etishga qodir yuklamalarni qo‘llash lozim.
Jismoniy yuklamalarning maktab o‘quvchisi organizmiga ta’sirini baholash uchun YUQCH, ish vaqti chegarasi, kislorod iste’mol qilish ko‘rsatkichlarini baholovchi turli klassifikatsiyalardan foydalaniladi. G.B. Meykson, L.E. Lyubomirskiy (1989) 5 zonani o‘z ichiga oluvchi yuklamalar klassifikatsiyasidan foydalanishni tavsiya etadilar:
1. Jadalligi past zona. Puls minutiga 100-120 zarbdan Oshmaydi. Bu zonada ish uzoq vaqt bajarilishi mumkin.
2. Jadalligi o‘rtacha zona (masalan, umumiy yuklamaning 50%). Bu zonadagi ish yurak-qon, nafas olish, harakat apparati funksiyalari o‘rtasida o‘zaro ta’sirni o‘rnatishga yordam beradi. Bu zonada 7-8 yoshli bolalar 5-6 minut, 13-14 yoshli bolalar 10-12(qizlar), 20-22 minut (o‘g‘il bolalar) ishlashi mumkin.
3. Jadalligi yuqori zona (umumiy yuklamaning 70%). Maktab o‘quvchilari organizmida mushaklar ishlayotganda fiziologik funksiyalar katta kuchlanishda bo‘ladi. Kichik yoshli bololar 10 minut ishlashiga qaramay, bu zonada nafas olish funksiyasi va boshqa ko‘rsatkichlar katta qiymatga ega bo‘lishi mumkin.
4. Jadalligi yuqori submaksimal quvvatli zona (umumiy yuklamaning 80%). Mushaklar, yurak va boshqa a’zolar hamda to‘ qimalar ishi energiyaning anaerob manbalari bilan ta’minlovchi mashqlarni bajarish rejimiga mos keladi. Siklli yuklamalarni bajarish davomiyligi bu zonada kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun 50 sek, kattaroq yoshdagilar uchun esa 1 minutni tashkil etadi.
5. Jadalligi maksimal zona (100%) jismoniy mash qlarni maksimal tezlikda va tempda bajarishni talab qiladi. Siklli yuklamani bajarish vaqti yosh bolalarda va kattalarda ham atigi 10 sek.ni tashkil etadi.
Ya.S. Voynbaum (1991) maktab o‘quvchilarining kuch sifatlari va chidamliligi rivojlantirishga yordam beruvchi yuklamalar me’yorini ishlab chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |