Vagon oqimlarini tashkil etish nazariyasi


Vagon oqimlarini boshqarishning rivoji



Download 66,48 Kb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi66,48 Kb.
#783222
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma'ruza

Vagon oqimlarini boshqarishning rivoji. Vagon oqimlarini boshqarish ularning yo‘nalishlarini tanlashga, poyezdlar tuzish rejasini tuzishga, unga o‘zgartirish kiritishga va poyezdlar harakat grafigi bilan hamjihatligiga nisbatan keng tushuncha hisoblanadi. Vagon oqimlarini boshqarish o‘z ichiga ikki tizimni olishi lozim: uzoq muddatli va tezkor. Uzoq muddatli tizim temir yo‘llarning tashishlarga bo‘lgan talabini va uning tashish imkoniyatlarini mos kelishi masalalarini oldindan hal etishi, poyezdlar tuzish rejasini va vagon oqimlari yo‘nalishlari va ularning taqsimotini ishlab chiqishi lozim. Tezkor tizim esa temir yo‘llardan foydalanish jarayonida hisobiy me’yorlar va vagon oqimlari hajmini o‘zgarishiga, infratuzilma va harakat tarkibining qurilma va uskunalarning texnik quvvatlarini oshirish yoki kamaytirishga, hamda, foydalanish ishlaridagi qiyinchiliklarga e’tibor qaratishi lozim. Ta’sir etishning asosiy dastagi sifatida tashish hajmlarini va ularni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyatlarini muvofiqlashtirish, me’yoriy-texnologik hujjatlarni real foydalanish holatiga moslashtirish yoki keltirishni ta’minlovchi poyezdlar tuzish rejasiga tezkor o‘zgartirish kiritish olingan.
Vagon oqimlarini boshqarishga bo‘lgan birinchi urinishlar poyezdlar tuzish rejasini poyezdlar harakat grafigi va stansiya ishi texnologiyasi bilan moslashtirib olish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni:
- poyezdlar harakat grafigiga poyezdlar tuzish rejasiga mos keluvchi poyezdlar miqdorini vagon oqimlarining harakat yo‘nalishlari va toifalari bo‘yicha joylashtirish;
- uchastka, uzel va temir yo‘l bo‘limlari mahalliy ishlarini tashkil etish reja-grafigini tuzish;
- poyezdlar harakati jadvalini yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirish (ba’zi hollarda tashiladigan yuklarning turlari bo‘yicha), ya’ni aniq bir yo‘nalishlardagi doimiy harakat jadvalidagi tarkiblarga biriktirish;
- poyezdlarni uchastka va saralash stansiyalariga kelish va jo‘nash vaqtlarini moslashtirib olish;
- alohida yo‘nalishlardagi vagon oqimlarini saralash hamda uchastka stansiyalariga kelishilgan holda keltirilishini tashkil etish.
Ushbu tadbirlar yuk poyezdlarining bir maromda aylanishini, poyezd ishlarining to‘xtovsizligini, poyezdlar harakatining o‘tib ketuvchi grafiklarini tuzishni va yo‘nalishlardagi lokomotivlar aylanmasini, poyezd va lokomotivlarni texnik, yuk stansiyalari va aylanish punktlariga olib kelinishi va o‘zaro ulanshini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
1935 yilning avgust oyidan boshlab poyezdlar harakat grafigida doimiy aylanishdagi poyezdlar ajratila boshlangan. Bunday poyezdlarning yurish yo‘llari harakat grafigida ko‘k rang bilan belgilana boshlagan va ular ko‘k poyezdlar nomini olgan.
1936 yil poyezdlar harakat grafiklarida bu kabi poyezdlar miqdori barcha yuk poyezdlarining yarmidan ko‘pini tashkil etdi. Saralash stansiyalarida ixtisoslashtirilgan harakat jadvali bo‘yicha jo‘natilishini kutish poyezdlarni ushlanib qolinishini keltirib chiqardi va ishni qiyinlashtirdi.
Stansiya xodimlari ko‘p hollarda belgilangan poyezdlarni ixtisoslashtirilishidan chetga chiqa boshladilar. Shu bilan bir vaqtda buning uchun ko‘pgina temir yo‘llar rahbarlari aziyat chekdilar. 1938-1940 yillarga kelib bu kabi poyezdlarning miqdori 25-30 foizga kamaytirildi. Lekin, umumtarmoq jadvali bo‘yicha poyezdlarni jo‘natish rejasining bajarilishi 70-80 foiz dan oshmadi.
Harakat jadvallarini ixtisoslashtirish nazariyasi bilan ko‘pgina rus olimlari shug‘ullanganlar (I.I.Vasilyev, A.P. Petrov, V.M. Vishnevetskiy,
B.M. Maksimovich, K.A. Berngard va boshqalar). Ularning ilmiy izlanishlari natijasida quyidagi asosiy xulosalarga kelingan:

  • yuk poyezdlarining harakat jadvalini ixtisoslashtirilishi poyezdlar tuzish rejasini poyezdlar harakat grafigi bilan moslashtirilishidagi eng kerakli vosita;

  • yuk poyezdlari harakat grafigini ixtisoslashtirish bo‘yicha harakat grafiklari turlarga ajratish tavsiya etilgan: ixtisoslashtirilgan harakat jadvallari miqdori bo‘yicha (to‘liq va qisman), poyezdlarni alohida harakat jadvallariga biriktirish shartlari bo‘yicha (manzillari va yo‘nalishlari bo‘yicha), ixtisoslashtirish shartlariga rioya qilish bo‘yicha (o‘zgarmas va variantli ixtisoslashtirish);

  • ko‘k poyezdlarning variantli ixtisoslashtirish jadvali eng samarali hisoblanadi;

  • poyezdlar harakat grafigini saralash stansiyalari ishining texnologik jarayonlari bilan moslashtirish;

  • yuk poyezdlari harakat jadvalini ixtisoslashtirish variantlarini hisoblash va baholash uchun asosiy mezon sifatida vagonlarning harakatlanishidagi vagon-soatlar tejalishi qabul qilingan;

  • vagon oqimlarining kelishilgan holdagi keltirilishi vagonlarning yig‘ilish jarayonidagi turib qolishlarini qisqartiradi.

“RJD” OAJda poyezdlar tuzish rejasiga o‘zgartirishlar kiritish quyidagilarda ruxsat etiladi:
- temir yo‘llararo yo‘nalishlarda – Harakatni boshqarish bosh boshqarmasiga;
- temir yo‘llar ichida esa – Temir yo‘l harakat xizmati boshlig‘iga.
Vagon oqimlari yo‘nalishlari tartibini o‘zgartirish yoki poyezdlar tuzish rejasiga o‘zgartirish kiritishni asoslash uchun, ularni tuzishning amaldagi tartibi tavsiya etilgan.
Vagon oqimlarini tashkil etishni o‘zgartirilishini asoslash uchun algoritm tavsiya etilgan.
1-amaldagi hamda, tavsiya etilayotgan rejalarni taqqoslash, o‘zgarishlar sodir bo‘ladigan stansiya va uchastkalarni aniqlash. Har bir stansiya bo‘yicha qayta ishlash miqdorlari va manzillar miqdori o‘zgarishlari uchastkalar bo‘yicha esa harakat miqdorlari o‘zgarishlari hisoblanadi;
2-tavsiya etilgan variantni qayta ishlash qobiliyati va stansiyaning yo‘l tarmog‘i bo‘yicha va shu bilan birga uchastkaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati bo‘yicha tekshirish;
3-tavsiya o‘zgartirilgan poyezdlar tuzish rejasini amaldagi va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash;
4-tavsiya etilayotgan variant ko‘rsatkichlarini amaldagi poyezdlar tuzish rejasi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash va ulardan eng samarali variantini tanlab olish.
Vagon oqimlarini boshqarish tizimini rivojlantirishga qo‘yilgan keyingi qadam 2007 yildagi vagon oqimlarini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma talablarida keltirilgan. Bajarilgan vagon oqimlarining hisobi va tahlilini sutka, dekada va oy uchun kiritish tavsiya etilgan. Bunday hisob va tahlil uchun birlamchi ma’lumotlarni “Tashish jarayonlarini tezkor boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASOUP), raqamli hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi, joylashuv nazorati, temir yo‘llardagi vagonlar parkidan foydalanish va uni tartibga solish ya’ni vagonlar parki dislokatsiyasi (DISPARK) tomonidan taqdim etilgan. Hattoki, yo‘riqnomaning bitta bobi poyezdlarni tuzish va ularni o‘tkazishning dispetcherlik boshqaruviga bag‘ishlangan. Biroq ushbu bob chaqiriq va shiorlardangina tashkil topgan.
Vagon oqimlarini tezkor boshqarish uchun DISPARK katta imkoniyatlar taqdim etgan. Avvalombor vagonlarning aniq joylashgan o‘rni va poyezdlar tuzish stansiyalariga vagonlarni olib kelish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
DISPARK tizimida yuk poyezdlarini tuzish rejasi bilan, poyezdlar tuzish rejasini va poyezdlarni harakat grafigiga biriktirish, harakat grafigida poyezdlar harakatini lokomotivlar hamda lokomotiv brigadalari va shu bilan birga harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati bilan ta’minlash va ularning hamkorlikdagi harakatlari ko‘zda tutilgan.
Mualliflarning fikricha DISPARK tizimi yordamida quyidagi muammolar hal etilishi mumkin: oldindagi texnik stansiyalarda poyezdlar tuzish rejasi manzillari bo‘yicha yuqori darajadagi tranzitlilikka ega bo‘lgan poyezdlarni tezkor tuzish; oldindagi ikki tomonlama stansiyalarda saralash tizimlari bo‘yicha alohida poyezdlarni tezkor tuzish; ikki tomonlama stansiyalarda qarama-qarshi saralash tizimlari manzillari bo‘yicha tezkor poyezdlar tuzish; guruhli poyezdlar o‘rniga bir guruhli poyezd manzillarini tezkor tuzish; mahalliy yukli yoki yuklash uchun bo‘sh vagonlardan tashkil topgan alohida poyezdlarni tuzish (shu jumladan guruhli); saralash qurilmalari yetarli darajada rivojlangan yirik yuk stansiyalariga belgilangan poyezdlarga alohida manyovr hududlari bo‘yicha vagonlarni guruhli taxlash.
Poyezdlar tuzish rejasi o‘rtacha sutkalik vagon oqimlari bo‘yicha me’yorlashtirilgan va o‘zgarmas hisobiy me’yorlar bo‘yicha uzoq davr uchun ishlab chiqiladi. Biroq amaliyotda real foydalanishdagi holat me’yoriy sharoitlardan tubdan farq qiladi. Bunda vagon oqimlari miqdori o‘zgarib turadi, stansiyalardagi qayta ishlash hajmi o‘zgaradi, tarkiblar o‘z vaqtida lokomotivlar bilan ta’minlanmaydi, uchastkadagi poyezdlar harakatida sekinlashish va tanaffuslar yuzaga keladi.
Zamonaviy sharoitlarda temir yo‘llar ishida samarasiz yo‘nalishlarni o‘z vaqtida bekor qilinishini ta’minlashni, samaralilarini esa tezkor aniqlash va ularni joriy etish talab etiladi. Axborot texnologiyalari vagon oqimlarini tezkor boshqarishni tashkil etish imkoniyatini beradi. Vagon oqimlarini boshqarish masalasini hal etish uchun DISPARK tizimidan tashqari kerakli ma’lumotlarni ASOUP, ASUSS, ASOV tizimlaridan ham olish mumkin bo‘ladi.
Avval boshida aytilganidek, vagon oqimlarini boshqarish nisbatan keng tushuncha deyilganida, poyezdlar tuzish rejasini real yuzaga kelgan foydalanish holatiga asta sekin hamda, doimiy ko‘niktirib borish, ya’ni har yili poyezdlar tuzish rejasini ishlab chiqish bilan chegaralanib qolmay uning samaraliligini dispetcherlik boshqaruvi bilan tasdiqlab turish ham talab etiladi. Vagon oqimlarini boshqarishning zamonaviy holatini qisqacha tahlili shuni ko‘rsatadiki, poyezdlar tuzish rejasining tezkor boshqaruvi dispetcherlik boshqaruv tushunchalari tez-tez ta’kidlansada, ular hozircha faqat tavsiya sifatida keltiriladi.
Vagon oqimlarini samarali boshqarish shartlari:
Poyezdlar tuzish rejasini o‘zgartirishning zamonaviy tadbirlari, ya’ni tashishlarni boshqarishning markaziy va mintaqaviy boshqarmalari boshliqlari tomonidan katta hajmda va asta sekin hal etishlarini hech qanday tezkor, yoki o‘z vaqtida bajarilmoqda deb hisoblash mumkin emas. Shu sababli, vagon oqimlarini tezkor tashkil etish va shu bilan birga poyezd ishlariga maxsus dispetcherlar rahbarlik qilishlari lozim.
Bunda vagon oqimlarini tashkil etish bo‘yicha dispetcherlar saralash stansiyalari shtatida bo‘lishlari emas, tashishlarni boshqarish mintaqaviy dispetcherlik markazi shtatida bo‘lishi lozim. Bu esa o‘z navbatida stansiya tomonidan poyezdlar tuzish rejasiga tezkor o‘zgartirish kiritilishini oldini oladi va tarkib tuzilishini tezkor boshqarish imkoniyatini beradi va uning natijasida quyidagilar ta’minlanadi:

  • o‘z vaqtida lokomotivlar, lokomotiv brigadalari va harakat grafigi chiziqlari bilan ta’minlash mumkin bo‘lgan tarkiblar miqdorini tuzish;

  • samarasiz bo‘lgan poyezd manzillarini oldindan vaqtinchalik bekor qilish;

  • poyezdlar tuzish rejasida mavjud bo‘lmagan samarali poyezdlar tezkor manzillarini tuzish;

  • stansiyalardagi tarkiblarni tepalikdan tushirish ketma-ketligini yaxshilash;

  • saralash yo‘llarining o‘zgaruvchan ixtisoslashtirilishida yo‘llardan oqilona foydalanish;

  • bo‘sh yo‘llarda samarali yo‘nalishlarga tarkiblar tuzilishi;

  • yuklarni yetkazib berish muddatlarini ta’minlash;

  • ortish-tushirish stansiyalariga mahalliy poyezdlarni o‘z vaqtida tuzilishi va kelib tushishi, yuk frontlarining ortish-tushirish qobiliyatlaridan maksimal foydalanish.

Vagon oqimlarini tashkil etish bo‘yicha dispetcherlik masalalarining bu kabi ko‘p qirraliligida ularni qo‘lda hal etilishiga vaqt kamligi halaqit beradi.
Bundan tashqari smena oxiriga kelib, poyezdlar tuzish rejasiga kiritilgan o‘zgarishlari bo‘yicha qarorlarini asoslab berishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun vagon oqimlarini optimal tarzda tashkil etishda dispetcher ishini samarali tashkil etish uchun quyidagilar talab etiladi:

  • barcha yuzaga kelgan masalalarni toifalash;

  • har bir masala bo‘yicha hal etish usulini ishlab chiqish;

  • oldindan yig‘iladigan birlamchi ma’lumotlarni avtomatlashtirish;

  • masalalarni hal etish bo‘yicha oxirgi qarorning usulini avtomatlashtirish;

  • qabul qilingan qarorlarni ijrochilarga berilishini avtomatlashtirish;

  • qabul qilingan qarorlar asoslari arxivini avtomatlashtirish.

Poyezdlar tuzish rejasining tezkor o‘zgartirilishida me’yoriy miqdorlar, vagon oqimlari miqdorlaridan cheklanishlar bashoratlari, infratuzilma va harakat tarkibi uskuna va qurilmalari holatlari keltirilgan bo‘lishi lozim. Bashoratlash asosida esa poyezdlar tuzish rejasini real foydalanish holatiga moslashtirib borish uchun poyezdlar tuzish rejasiga o‘zgartirish kiritishga bo‘lgan talab aniqlanadi. Tezkor o‘zgartirishning turi tanlab olinadi va u asoslab beriladi. Kutilayotgan natija, hamda, olinadigan samara aniqlanadi.
Mustaqil manzillarga poyezdlar tuzish rejasida ajratib olingan vagon oqimlarining kamayishini oldindan aniqlash uchun kerak bo‘ladigan birlamchi ma’lumotlar bu tarkib tuzilishining rejalashtirilishidir.
Vagon oqimlarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamayishini oldindan aniqlash va vagonlarni stansiyaga kelgunga qadar, tarkiblarni yig‘ilishiga ketadigan vagon-soatlar sarfini baholash uchun tarkib tuzilishini 24-30 soatlik muddatga rejalashtirish lozim bo‘ladi. Shunda poyezdlarning stansiyaga kelishi asosida tarkiblarning yig‘ilish jarayonini modellashirish mumkin bo‘ladi, bunda nafaqat tarkiblarning yig‘ilishini tugallanish vaqtini, balki ularning yig‘ilishiga sarflanadigan vagon-soatlar sarfini ham bashoratlash mumkin bo‘ladi.
Mustaqil manzillarga ajratilmagan vagon oqimlarining oshishida o‘z vaqtida qaror qabul qilish uchun, tarkib tuzilishini rejalashtirish masalasida nafaqat poyezdlar tuzish rejasiga kiritilgan, balki unga kirmay qolgan tarkiblarning ham yig‘ilish jarayoni modellashtirilishi lozim. Poyezdlar tuzish rejasiga kiritilmagan manzillar uchun oldindan tarkiblarni yig‘ilishiga sarflanadigan vagon-soatlar sarfi minimal qiymatlari aniqlanadi. Yig‘ilishlar uchun bu kabi xarajatlar bashoratlanishida uning yig‘ilishi boshlanishidan oldin vaqtinchalik qo‘shimcha manzillar kiritilishi lozim.
ASUSS va ba’zi bir boshqa boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari poyezdlar harakat grafigida lokomotiv brigadalarining kelish rejasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar. Har bir lokomotiv brigadasi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar beriladi: ular qaysi uchastkalarda harakatlantirilganlar va qaysi manzillardagi poyezdlar tarkibiga ularni rejalashtirish mumkin. Boshqa depolar lokomotiv brigadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni depo bo‘yicha navbatchi beradi (dam olishining tugatilganligi yoki aylanish bo‘yicha harakatlanishi mumkinligi).
Agar tayor bo‘lgan tarkiblarni lokomotiv yoki, lokomotiv brigadalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, shuningdek poyezdlar tuzish rejasiga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati bo‘lmasa, tarkiblarning lokomotivlarni kutib turishi va poyezdlarning jo‘natilishini kutish masalalari paydo bo‘ladi. Poyezd manzillari sonining vaqtincha oshirilishi, tarkiblarning yig‘ilish jarayonlari vaqtini oshishi, ko‘rib chiqilayotgan davr uchun tuzilgan tarkiblar sonini kamayishi va shu bilan birga tarkib va poyezdlarning samarasiz turib qolishlarini kamayishi imkoniyatini beradi. Boshqacha qilib aytganda, jo‘natish parkidagi tarkib va poyezdlarning stansiyada samarasiz turib qolishlari saralash parkiga ko‘chiriladi va bu turib qolishlar nisbatan uzoq manzillarga tarkiblarni yig‘ilish jarayonlari uchun qo‘llaniladi.

Download 66,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish