11-DARS
AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: MAGNIT MAYDONI QONUNIYATLARINI O‘RGANISH
VA UNGA OID MASALALAR YECHISH
1.
Ko‘ndalang kesim yuzi 60 sm
2
bo’lgan kontur ichidagi magnit oqim
0,3 mWb ga teng. Kontur ichidagi maydon induksiyasini toping.
Maydonni bir jinsli deb hisoblang.
2.
Maydon induksiyasi 0,4 T bo’lganda yuzi 50 sm
2
bo’lgan yassi sirtni
quyidagi hollarda qanday magnit oqim kesib o’tadi: a) sirt
maydonning induksiya vektoriga perpendikular; b) induksiya
vektoriga 45° burchak ostida joylashganda; d) induksiya vektoriga 30°
burchak ostida joylashganda.
3.
117- rasmda magnit maydonning tok bilan o‘zaro ta’sirlari
ko‘rsatilgan. Keltirilgan har bir hol uchun masalani ta’riflang va uni
yeching.
4.
Magnit qutblarining joylashishini aniqlang (118- rasm).
118-rasm
5.
Aktiv uzunligi 5 sm bo’lgan o’tkazgichga 50 mN kuch bilan ta’sir
qilib turgan magnit maydon induksiyasi qanday? O’tkazgichdagi tok
kuchi 25 A. O’tkazgich magnit maydon induksiyasiga perpendikulyar
joylashgan.
6.
O’tkazgichdagi tok kuchi 50 A. O’tkazgichning aktiv qismining
uzunligi 0,1 m. Induksiyasi 10 mT bo’lgan magnit maydon shu
o’tkazgichga qanday kuch bilan ta’sir qiladi? Maydon chiziqlari va
tok o‘zaro perpendikulyar.
7.
Uzunligi 20 sm va massasi 4 g bo’lgan gorizontal joylashgan
o’tkazgichdan 10 A tok o’tmoqda. Og’irlik kuchi Amper kuchi bilan
muvozanatlashishi uchun o’tkazgichni joylashtirish lozim bo’tgan
magnit maydonining induksiyasini (modulini va yo‘nalishini) toping.
8.
Aktiv qismning uzunligi 8 sm bo’lgan o’tkazgichdagi tok kuchi
50 A ga teng. U magnit induksiyasi 20 mT bo’lgan bir jinsli
magnit maydonda turibdi. O’tkazgich kuchi chiziqlariga
perpendikulyar ravishda 10 sm siljiganda bajarilgan ishni toping.
9.
Induksiyasi 0,2 T bo’lgan magnit maydonda induksiya chiziqlariga
perpendikulyar ravishda 10 Mm/s
2
tezlik bilan harakatlanayotgan
protonga qanday kuch ta’sir qilishini toping.
10.
Induksiyasi 0,01 T bolgan magnit maydonda proton 10 sm radiusli
aylana chizdi. Protonning tezligini toping.
11.
Induksiyasi B = 10 mT bo'lgan bir jinsli magnit maydonga induksiya
chiziqlariga perpendikulyar ravishda elektron W
k
= 30 keV kinetik
eneigiya bilan uchib kiradi. Maydonda elektronning harakat
trayektoriyasining egrilik radiusi qanday?
12.
Elektron induksiyasi B=4 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydonda
harakatlanmoqda. Elektronning aylanish davri T ni toping.
13.
124- rasmda elektromagnit induksiyaning turli hollari keltirilgan. Har
bir hol uchun masalani ta’riflang va uni yeching.
14.
Agar ABCD ramkani (125- rasm): a) tokli OO' qo‘zg‘almas
o’tkazgichga nisbatan rasmda ko'rsatilgandek aylantirsak; b) AB
tomoni atrofida aylantirsak; d) BC tomoni atrofida aylantirsak; e)
vertikal yo’nalishda ilgarilanma harakatlantirsak; 0 gorizontal
yo‘nalishda ilgarilanma harakat- lantirsak, ramkada induksion tok
hosil bo’ladimi?
15.
Birjinsli magnit maydonda turgan sim halqa: a) ilgarilanma
harakatlantirib ko’chirilsa; b) halqa tekisligiga perpendikulyar bo‘lib,
markazi orqali o‘tuvchi o’q atrofida aylantirilsa; d) halqa tekisligida
yotuvchi o‘q atrofida aylantirlsa, unda induksion tok paydo bo’ladimi?
16.
Uchta bir xil to‘g'ri magnit vertikal holatda bir xil balandlikdan
tushmoqda. Birinchi magnit erkin tushmoqda, ikkinchisi tushish
vaqtida ochjq solenoid ichidan o‘tmoqda, uchinchisi esa berk solenoid
ichidan o’tmoqda. Magnitlarning tushish vaqtini taqqoslang.
Javoblarni Lens qoidasi va energiyaning saqlanish qonuni asosida
asoslab bering.