Albert Bates Lord. Epic Singers and Oral tradition. New York: Cornell University, Press, 1991 of Talts. P.15
20
adabiyoti
universitetini
tashkil
etish
to‘g‘risidagi”
farmonining
folklorshunoslik «Fan»i rivoji, o‘quv-amaliy jarayondagi mislsiz ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil
etish to‘g‘risidagi” farmonida o‘zbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan
shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta'limotlari, buyuk ajdodlarimiz badiiy
tafakkurining bebaho yodgorliklarini chuqur tadqiq etish va
shu asnoda
tinglovchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat
ruhida, mustaqil fikrlaydigan va keng dunyoqarashga ega bo‘lgan ma'naviy yetuk
insonlar qilib tarbiyalash asosiy vazifalarimizdan biri etib belgilangan. Farmonda:
“Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida
ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitish, nufuzini oshirishni o‘zimiz uchun eng
ustuvor, uzviy davom etadigan yuksak maqsad deb bilishimiz va bu masalaning
ahamiyati hech qachon e'tiborimizdan chetda qolmasligi zarur” deb alohida
ta'kidlangan. O‘zbek folklori o‘zbek tilida yaratilgan, kuylangan va bugungi kunda
ham yashab kelmoqda”. O‘zbek folklorini o‘rganish, tadqiq etish va
tinglovchilarga yetkazish ona tilimiz va ma'naviy ildizimiz bo‘lmish folklor
merosini munosib baholab, bugungi kun talablariga mos qayta quvvatga kiritish
imkoniyatini yaratadi. Mazkur «Fan» asoslarini o‘zlashtirish “Xalqning boy
intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida kadrlar tayyorlashning
mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim sharti”
ekanligi bilan belgilanadi. Ma'lumki, ma'naviyat qadim zamonlardan inson
dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan o‘rnini, xalqqa, vatanga,
atrofidagi odamlarga bo‘lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi.
Ma'naviy qashshoq kimsa hayotda ro‘y berayotgan voqealarga loqayd bo‘ladi.
Loqaydlik esa tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib keladi. Ma'naviy qashshoq odam
uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun keksa
avlod, avvalo, farzandning ma'naviy dunyosini shakllantirish chorasini
rejalashtirgan. Folklor asarlari qadim-qadimda insonning ma'naviy tarbiyasi uchun
xizmat qilib kelgan va bugungi kunda ularning bu sohadagi o‘rni yanadi
kengaymoqda.
Og’zaki adabiyot adabiyotga aylanishi uchun uni qog’ozga tushirish shart
emas, chunki og’zaki adabiyot yozuv kashf qilinganidan so’ng ham davom etib
kelmoqda. Walter J. Ong bizga “og’zaki meros” dek juda ham o’rinli atama kashf
qildi ya’ni bu atama og’zaki adabiyotning xususiyatlari yozuv paydo bo’lgandan
so’ng ham savodxonlik olamida o’z o’rnini saqlab qolganligiga qaratilgan
tushunchadir. Bu atama adabiyotga juda ham mosdir. Lekin u o’zining “Og’zaki
ijod va savodxonlik” kitobida keltirgan “og’zaki ijod xususiyatlari” tushunchasi
adabiyotdan tashqari boshqa ko’pgina soxalarni yoritib berishga ham qaratilgan
21
edi. Shu taxlitda bu tushuncha “o’gzaki idrok” psixologiyasini, og’zaki adabiyot
olamining barcha qirralarini hamda og’zaki ijodning yozma adabiyot bilan
musobatlarini qamrab olish uchun “og’zaki hamda yozuvdagi so’zlar”
tushunchasiga qaraganda kengroq ko’lamda ishlatiladi.
4
Xullas, xalqimiz og‘zaki ijodining davlat maqomida e'zozlanishini
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishining ijobiy natijasi sifatida baholash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: