Modulning maqsadi va vazifalari:
O‘zbek folklorshunosligi qariyb yuz yillik tarixda o‘zbek folklori namunalarini
yig‘ish, arxivlashtirish, ommaviy va ilmiy nashrlarni amalga oshirish, ilmiy
tadqiqotlar yaratish kabi keng ko‘lamli ishlarni olib bormoqda. Bu davr mobaynida
to‘rtinchi avlod folklorshunoslari yetishib chiqmoqda. O‘zbek folkorshunosligi
«Fan» sifatida erishgan natijalarini davrlararo o‘rganish bu «Fan»ning taraqqiyot
tamoyillarini aniqlash, tegishli xulosalarga kelish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |