Takror
- parallelizmga yaqin tasvir usuli hisoblanadi. Matnda
u aniq ko‘rinib turadi. Chunki takror ayrim so‘z,
iboralarning ma'lum bir tartib asosida qayta-qayta
qo‘llanishidir. Takror muayyan maqsadga muvofiq
qo‘llanadi. Takrorning anafora, epifora, misralar takrori
singari ko‘rinishlari bor.
Inversiya
- lotincha “inversi” so‘z bo‘lib, “o‘rin almashtirish”
degan ma'noni bildiradi. Bunda gap bo‘laklari
grammatika me'yorlari tartibidan farqliroq tarzda
qo‘llanadi. Inversiya ta'kidlanmoqchi bo‘lgan fikrga
mantiqiy urg‘u berish, uni kuchaytirish, ta'sirchanligini
oshirish maqsadida qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |