Va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli


-jadval Davlat byudjetidan banklar ustav kapitalini oshirish bo’yicha ajratilgan mablag’lar dinamikasi, mlrd. so’m



Download 92,15 Kb.
bet20/25
Sana11.01.2022
Hajmi92,15 Kb.
#349535
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
20-Mavzu.Pul muоmаlаsi. Кrеdit tizimi vа bаnкlаr

3-jadval

Davlat byudjetidan banklar ustav kapitalini oshirish bo’yicha ajratilgan mablag’lar dinamikasi, mlrd. so’m

Bank nomi

E’lon qilingan ustav kapitali

Ko’shimcha aktsiyalar emissiyasi va joylashtirilishi

Jami

shu jumladan

2015 yil

2016 yil

2015 yil

2016 yil

2017 yil

Xalq banki

200

120

20

30

30

20

20

Asaka banki

300

147

100

48

-

-

-

O’zsanoatqurilish banki

100

65

63

2

-

-

-

Mikrokredit bank

150

72

54

18

-

-

-

Paxta bank

100

50

22

28

-

-

-

G’alla bank

50

36

13

23

-

-

-

Jami




491

272

149

30

20

20

Manba: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari.
2019 yilning boshiga kelib respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari soni 30 taga yetib, shundan 3 tasi davlat-tijorat banki, 11 tasi aktsiyadorlik-tijorat banki, 11 tasi xususiy bank va 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklardir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 martdagi Qarorlariga ko’ra «Paxtabank» negizida «Agrobank», «G’allabank» negizida esa «Qishloqqurilishbanki» aktsiyadorlik-tijorat banklari tashkil etildi. Respublikamizning turli hududlarida faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari filiallari soni 800 tani tashkil etdi. Tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan mini-banklar soni 2018 yilda 107 taga ko’payib 2161 taga yetdi va ular deyarli barcha turdagi bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqdalar.

Banklarning kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar hajmining o’sishi respublika iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya qilish, istiqbolli va yuqori samarali investitsiya loyihalarini amalga oshirish, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlashda banklar ishtirokini yanada kengaytirish imkonini bermoqda. Banklar tomonidan uzoq muddatga ajratilgan investitsion kreditlardan olingan daromadlar bo’yicha soliq imtiyozlarining berilganligi banklarning ushbu jarayonlardagi ishtirokini rag’batlantirib kelmoqda. Natijada, tijorat banklari tomonidan ustuvor tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash uchun kreditlar ajratilishi yanada faollashdi.

So’nggi yillarda bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirish vositalaridan biri bo’lgan plastik kartochkalardan foydalanish tizimi jadal rivojlantirilmoqda. Hukumat qarorlariga asosan, plastik kartochkalar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar tizimiga oid jihozlarni import qilishda bojxona imtiyozlarining berilganligi banklarning bu boradagi faoliyatlarini yanada rag’batlantirdi. 2018 yil davomida tijorat banklari tomonidan qo’shimcha ravishda 787,8 ming dona plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalarida qo’shimcha 9752 dona terminallar o’rnatildi. Muomalaga chiqarilgan bank plastik kartochkalari soni 4,5 mln. taga, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalarida o’rnatilgan terminallar soni esa 27504 taga yetkazildi.

Nobank kredit tashkilotlarining (kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar) qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar nobank kredit tashkilotlari tarmog’i kengayib, banklar va nobank kredit tashkilotlari o’rtasidagi raqobat muhiti kuchayishiga zamin yaratmoqda. Xususan, bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2019 yil 1 yanvar holatiga ularning soni 138 taga, shu jumladan, kredit uyushmalari soni 78 taga, mikrokredit tashkilotlari 26 taga hamda lombardlar 34 taga yetdi.

Nobank kredit tashkilotlarining asosiy ko’rsatkichlari ham sezilarli darajada o’sib bormoqda. Xususan, kredit uyushmalarining jami aktivlari 2018 yilda 63,8 mlrd. so’mga oshib, 2009 yil 1 yanvar holatiga 112 mlrd. so’mni, ularning kredit portfeli esa 59,5 mlrd. so’mga oshib, 102,4 mlrd. so’mni tashkil qildi.

Banklarda omonatlarning ko’payishiga, ularning bank tizimiga jalb etilishiga qaratilgan ishlar o’tgan yillarda ham amalga oshirilgan edi. Jumladan, 2018 yilda banklar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlar bilan qo’llab-quvvatlash maqsadida, jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag’larini bank depozitlariga jalb qilish orqali banklarning resurs bazasini kengaytirish borasidagi ishlar yanada faollashtirildi. Jalb qilingan jami depozitlar hajmi 2018 yilda 50,7 foizga oshib, 2019 yilning 1 yanvar holatiga 5771,6 mlrd. so’mni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 fevraldagi
PF-3968-sonli Farmoniga asosan, rezident - jismoniy shaxslardan depozit hisobvaraqlarga o’tkazilgan milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag’larini qabul qilish bo’yicha imtiyozlarning yaratilganligi jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

2018 yilda davomida tijorat banklari tomonidan aholiga milliy valyutadagi 300 tadan ortiq, xorijiy valyutadagi 100 tadan ortiq jozibador  omonat turlari taklif etildi. Natijada, aholining kredit tashkilotlaridagi mablag’lari qoldig’i 2018 yilda 69 foizga oshib, 2019 yilning 1 yanvar holatiga 1 723,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.  

SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi PF-4057-sonli Farmoniga asosan miqdoridan qatiy nazar fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlardagi omonatlari to’liq kafolatlanganligi aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondida 41,5 mlrd. so’m miqdorida mablag’lar shakllantirildi.



Download 92,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish