Va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli



Download 92,15 Kb.
bet6/25
Sana11.01.2022
Hajmi92,15 Kb.
#349535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
20-Mavzu.Pul muоmаlаsi. Кrеdit tizimi vа bаnкlаr

Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag’lariga bo’lgan talab va pul taklifining o’zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.

Pul taklifi – bu bozorda pul sifatida muomalada bo’lgan turli-tuman moliyaviy mablag’lar, ya’ni pul agregatlari yig’indisi hisoblanadi.

Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinsada, u iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. CHunki, bu jarayonga uy xo’jaligi xatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta’sir ko’rsatadi.

Tijorat banklari o’z ixtiyorlarida bo’lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To’g’ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o’rnatiluvchi majburiy zaxira me’yorlari orqali cheklanadi. YA’ni, tijorat banki o’zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag’larini zaxira sifatida saqlashi lozim. Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so’ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To’xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.

Pul taklifi multiplikatori – bu bankdagi pul depozitlari qo’shimcha ravishda o’sgan hajmining majburiy zaxiralar qo’shimcha hajmiga nisbati bo’lib, pul mablag’larining bir birlikka ko’payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga o’sishini ko’rsatadi:

,

bu yerda:

m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;

Ms – bankdagi pul depozitlarining qo’shimcha ravishda o’sgan hajmi;

R – majburiy zaxiralar qo’shimcha hajmi;

r – majburiy zaxiraning foizdagi me’yori.

Masalan, Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zaxira me’yori 20%ni tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivi 100 mln. so’m deb olsak, u holda pul taklifi multiplikatori 5 ga teng bo’ladi (100 mln. so’m/20 mln. so’m). Bu esa tijorat banki 500 mln. so’m hajmida (100 mln. so’m x 5) yangi pullarni muomalaga chiqarish imkoniga ega ekanligini ko’rsatadi.

Pulga talab ikki qismdan iborat bo’lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pulga bo’lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo’lgan pulga talab.

Ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pulga bo’lgan talab aholining kundalik shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to’lash, material, yoqilg’i va shu kabilarni sotib olish uchun kerak bo’lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori biz yuqorida ko’rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko’proq pul talab qilinadi: narxlar o’sganda va ishlab chiqarish hajmi ko’payganda.

Kishilar o’zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aktsiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turish mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar uchun pulga talab ham mavjud bo’ladi.

Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Foiz stavkasi past bo’lsa, kishilar ko’proq miqdoridagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko’radi. Aksincha, foiz yuqori bo’lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko’payadi. SHunday qilib, pulga bo’lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab va ayirboshlash uchun pulga bo’lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.


Download 92,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish