ТЕЛЕГРАММ КАНАЛ «ВРАЧИ УЗБЕКИСТАНА» - https://t.me/vrachi_uzbekistana
5- variant
1 Skelet muskullarining funksiyalari va xossalari. Insonlarda skelet muskuli
tayanch-harakat apparatning asosiy qismini tashkil qiladi va bunda skelet muskullari
quyidagi funksiyalami bajaradi:
1. Inson gavdasini muayyan holatda ushlab turishini ta’minlaydi.
2. Tananing fazodagi harakatida ishtirok etadi.
3. Gavdaningayrim a’zolarini bir-biriga nisbatan siljishini ta’minlaydi.
4. Muskullarenergiya manbayi bo‘libxizmatqiladi.
Skelet muskullarining fiziologik xossalari.
1. Qo 'zg ‘aluvchanlik - berilgan ta’sirlarga ion o‘tkazuvchanligi va membrana
potensiali o‘zgarishi bilan javob berish xossasiga aytiladi. Tabiiy sharoillarda,
motoneyrondan sinaps yorig'igaajralib chiqadigan atsetilxolin mediatori ta'sirlovchi
40
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘lib, hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida ko‘pincha ta'sirlovchi sifatida elektr
tokidan foydalaniladi. Elektr bilan ta’sirlanganda avvaliganerv tolalari qo‘zg‘aladi
va nerv oxirlarida atsetilxolin mediatori ajralib chiqadi, bu holda muskulni vositali
ta’sirlanish kuzatiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, muskulga nisbatan nerv
qo‘zg‘aluvchandir.
2. O'tkazuvchanlik - muskul tolasi bo‘ylab harakat potensialini o'tkazishidir.
3. Q isqaruvchanlik - muskul q o ‘z g ‘alganda, uning kaltalanishi yoki
taranglanishi tushuniladi.
Muskuining qisqarish mexanizmi. Skelet muskuli shunday murakkab tizimki, u
kimyoviy energiyadan mexanik energiya va issiqlik hosil qiladi. Hozirgi kunda
bunday «hosil» qilishning molekular mexanizmi yaxshi o'rganilgan.
Skelet muskullarinmg tuzilishi. Muskul tolasi o‘zida maxsus qisqartiruvchi
apparat-miofibrillalami ushlovchi membrana bilan o'ralgan ko‘pyadroli tuzilmadir.
Mushak tolasining muhim tarkibiy komponentlari: mitoxondriya, sarkoplazmatik
retikulum va ko‘ndalang naycha T-tizimdir.
2 M uskullar fiziologiyasi. Inson tanasining fazodagi harakatini, ko‘z harakatini,
qon-tomirlar va yurak faoliyatini hamda hazm qilish trakti faoliyatini amalga
oshirishda ikki asosiy turdagi muskullaming ahamiyati kattadir. Bular silliq va
ko‘ndalang targ‘il (skelet va yurak ko‘ndalang targ'il muskullari) muskullaridir.
Ularbir-biridan tuzilishi va fiziologik xossalari jihatidan farq qiladilar, lekin bu ikkala
turdagi muskullarda, qisqarishning molekular mexanizmida umumiy o ‘xshashliklar
juda ko‘p.
Yurak muskullarining funksiyasi «Yurak va qon aylanish» bobida ko‘zdan
kechiriladi. Bu bobda faqat skelet muskullar bilan silliq muskullaming tuzilishi.
funksiyasi va fiziologik xossalarini ko‘rib chiqish bilan chegaralanamiz.
M uskulning qisqarish m exanizm i. Harakatlantiruvchi motoneyrondan
qo‘zg‘alish muskul tolasiga atsetilxolin (AX) mediatori yordamida o‘tadi, AX ni
xolinoretseptorlar bilan m uloqoti, oxirgi plastinkada atsetilxolinni sezuvchi
kanallaming faollashuvi va 60 mv kattalikdagi oxirgi plastinka potensialini yuzaga
chiqaradi. Oxirgi plastinkada hosil bo‘lgan potensial, shu qismga tegib turgan
muskul tolalari membranasi uchun ta’sir etuvchi elektr toki manbayiga aylanib
qoladi. Solngra bu potensial 36°C haroratda 3-5m/s tezlikda tarqaladi. Shunday
42
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilib, muskullar qisqarishida harakat potensialininggeneratsiyasi birinchi bosqichni
tashkil qiladi.
Ikkinchi bosqichda harakat potensiali muskul tolalarining ïchi tomon tarqaladi.
Buning natijasida muskulni qisqarf¡ruvchi apparati bilan membrana yuzasi o‘rtasida
bog‘lanish kuzatíladí. T-sistema ikki qo‘shni sarkomemi sarkoplazmatik retikulum
sistemalari o‘rtasidagi aloqani yuzaga chiqaradi. Aloqa joyida elektr stimulyatsiyasi
43
www.ziyouz.com kutubxonasi
fermentlaming faollashuviga va inozitoltrifosfot hosil bo‘lishiga olib keladi.
Inozitoftrifosfot sistemalardan kalsiy chiqishini tezlasht jradi va natijada Ca*2 hujayra
ichidagi konsentratsiyasi I07dan 105 M gachaortadi.
Hujayra ichida Ca+2 ionlarining ortishiga yo'naltirilgan jarayonlar majmuasi
muskul qisqarish mexanizmida uchinchi bosqichni tashkil qiladi. Hujayra ichida
Ca*2 ionlar konsentratsiyasining ortishi, tropomiozinni aktin iplari yuzasida siljishiga
olib keladi, bu vaqtda aktin iplarining faol markazi ozod bo‘ladi va bu qism bilan
miozionning ko‘ndalang ko'prikchalari birlashadi. Tropomiozinning bunday siljishi
troponin moiekulasining konformatsion o‘zgarishi bilan bog‘Iiqdir. Bundan shu
narsa ma'lum bo‘ldiki, aktin va miozinni o‘zaro munosabatida Ca"2 ionining ishtiroki
troponin va tropom iozin orqali ro'yobga chiqar ekan. Muskulning qisqarish
mexanizmida kalsiy ionining ahamiyati ekvorin oqsilidan foydalanib o‘tkazi!gan
tajribalarda isbotiangan, bu oqsil kalsiy ioni bilan birikmasi o‘zidan nur chiqaradi.
Shunday qilib, Ca*2 ionlarining troponin bilan muloqoti muskul qisqarishining
to'rtinchi bosqichini tashkil qiladi.
Muskul qisqarishining beshinchi bosqichida miozin boshchasi o‘z o‘qi atroflda
aylana boshlaydi va u aktinning bir necha faol markazlari bilan o‘zaro birikadi.
Miozin boshchasining aylanma harakati ko‘ndalang ko‘prikning tarangliligini
oshiradi. M uskul qisqarishi rivojlanishining har bir lahzasida, ko‘ndalang
ko'prikning boshchasi aktin filamenti bilan bog'langan boMadi, boshqasi esa erkin
boladi, shu tariqa, ulaming aktin filamenti bilan bunday bog‘lanishi ketma-ket
ravishda ro‘yobga chiqaveradi. Bu esa muskul qisqarishini bir me’yorda kechishini
ta’minlaydi.
Ko‘ndalang ko'priklam ing boshchasi ketma-ket bunday aktin filamenti bilan
bogManishi va uzilishi, nozik va yo‘g‘on oqsil iplarini bir-biriga nisbatan sirpanib
siljishini ta’minlaydi, bu o‘z navbatida sarkomer o'Ichamining kichrayishiga, oxiroqibat muskul uzunligining qisqarishiga olib keladi va bu holat muskul qisqarishining
oltinchi bosqichini tashkil qiladi. Yuqorida bayon etilgan bosqich jarayonlar
majmuasi, oqsil iplarining sirpanish nazariyasi mohiyatini ko‘rsatib beradi.
M uskulning bo'shashishi sust jarayon bo‘lib, kalsiy ionlari mioflbrillalar
orasidan chiqib ketgandan so'ng, aktin va miozin iplari muloqoti to‘xtaydi, natijada
muskul tolalari elastiktigi tufayli dastlabki holatiga qaytadi.
Shunday qilib, mushak tolasining qisqarishi va bo‘shashishiga olib keluvchi,
ketma-ket ro‘y beruvchi jarayonlami quyidagicha tasvirlash mumkin: ta’sirlash >
harakat potensialiningyuzaga chiqishi > uni hujayra membranasi bo'ylab va muskul
tolasining ichkarisiga o‘tkazilishi > sarkoplazmatik retikulumningyon sistemaiaridan
Sa+2 ajralib chiqishi va mioflbrillalar tomon diffuziyasi > aktin va miozin oqsil
iplarining bir-biriga «sirpanib» harakat qilishi > kalsiy nasoslarining faollashuvi >
sark o p lazm ad a erk in Sa*z ion larin i k o n sen tratsiy asin in g pasayishi >
mioflbrillalaming bo‘shashi.
23- variant
1 Auskultatsiya jarayonida shifokor yurak-qon tomir tizimining ishida hamroh bo'lgan tovushli hodisalarni tinglaydi va ulardan kelib chiqadigan diagnostik simptomlarni aniqlaydi.
Agar yurakning auskultatsiyasi amalga oshirilsa, kuchni, tembrni, ohanglarning ritmini va chastotasini, tovush nisbati, ularning ovozining yaxlitligini, shuningdek shovqin borligini va ularning xususiyatlarini tinglash kerak. Agar qo'shimcha ohanglar aniqlansa, ularning hajmini va vaqtini, shuningdek, yurak tsiklining fazalariga qanday bog'liqligini aniqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |