Va terrorizmga



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/84
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#271442
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Nurchilik. «Nurchilik» (turk. nurculuk) diniy mutaassib 
hara kat. Xalq tilida «Nurchilar» degan nom bilan ham mash­
hur. Turkiyaning Bitlis viloyatidagi Nursa qishlog‘ida tug‘ilgan 
Said Nursiy (1876–1960) bo‘lib, «Badiuzzamon» (arab. zamona­
ning buyugi, benazir) laqabi bilan tanilgan. Harakat uning asos­
chisi tomonidan XX asrning 20­yillaridagi Turkiyadagi siyosiy va 
diniy vaziyatninng o‘zgarishi ta’sirida, xususan, Mustafo Kamol 
Otaturkning dunyoviy davlat tuzishiga qarshi muxolif ravishda 
shakllantirilgan. Said Nursiy Turkiya Respublikasi konstitutsiyasi 
tuzumiga tahdidi va shariatga asoslangan davlat tuzishni uyush­
tirishda ayblanib, sudlandi va 23­yil umrini qamoqda o‘tkazdi. 
Harakat g‘oyasi Nursiy tomonidan yozilgan 14 jilddan ibo­
rat Qur’on oyatlarining sharhlari va diniy ko‘rsatmalardan iborat 
«Risolai Nur» kulliyoti kitobiga asoslanadi. «Nurchilik» huku­
mat tomonidan ta’qib qilingani uchun mazkur kitob 1954­yil­
gacha biror­bir nashriyotda chop etilmay, harakat faollari tomo­
nidan qo‘lda ko‘chirilib, xalq orasida maxfiy tarqatilgan. Harakat 
a’zolari manbaning muhimligini ko‘rsatishda Badiuzzamonning 


107
«Ilm uchun Risolai Nurni o‘qish va ko‘chirib yozish kifoya, bosh­
qa hech narsa kerak emas», degan fikrini ilgari suradi.
Turkiyaning amaldagi davlat tuzumi o‘rniga islom shariati­
ga muvofiq qonun­qoidalarini joriy qilish «Nurchilik»ning asosiy 
g‘oyasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda go‘yoki, turkiyzabon dav­
latlarni Turkiya soyasida birlashtirib, islomiy davlatni barpo etish 
g‘oyasi ilgari surilib, bunda harakat rahnamosi Fathulla Gyulen­
ning «Butun Yer yuzi Allohning mulki, uni bu meniki, bu seni­
ki, deb bo‘lib olishga hech kimning haqqi yo‘q» degan fikr ostida 
boshqa xalqlarni Vatan tuyg‘usidan ajratib, ular ustidan hukm­
ronlikni qo‘lga kiritish ko‘zlanadi.
Harakatning strategiyasi uzoq davrga mo‘ljallangan bo‘lib, as­
ta­sekinlik bilan yoshlarga mutaassib diniy g‘oyalarni singdirib 
borish hamda panturkizm g‘oyalarini singdirish va kelajakda ular­
ning rahbar lavozimlarga tayinlanishi orqali «Nurchilik» jamoasi­
ga moyil shaxslarni hokimiyat tepasiga chiqarishga asoslangan.
Nurchilar strategiyasida Kavkaz, Bolqon va Markaziy Osiyo min­
taqasi alohida o‘rin tutadi. Fathulla Gyulen fikricha, hara katning 
bu hududlarda ustuvor mavqega erishishi Usmonlilar davridagi ka­
bi «Buyuk Turon» tiklanishiga xizmat qiladi.  Uning ko‘rsatmalari­
ga rioya qilgan nurchilar til, din va madaniyatlar birligini hamda 
zamo naviy fikrlaydigan kadrlar tayyorlashda yordam berishni iddao 
qilgan holda Markaziy Osiyo davlatlarida ham paydo bo‘ldi. 
Bu oqimning Markaziy Osiyo mintaqasiga kirib kelishi 
1992­yildan boshlab kuzatilgan. Dastlab oqim g‘oyalari turki­
yalik mutaassiblarning moddiy va ma’naviy ko‘magida yetkazil­
gan.  Ular tomonidan mintaqa mamlakatlarida ochilgan 128 ta 
litseydagi ta’lim jarayonida yangi pedagogik va psixologik tex­
nologiyalar hamda metodlardan samarali foydalanilgani ularning 
dovrug‘i tarqalishiga va aholi tomonidan ijobiy qabul qilinishi­
ga zamin yaratdi. «Nurchilar» harakatining rejasiga ko‘ra, 10–
15 yillardan so‘ng ular faoliyat olib borgan mamlakatning yirik 
siyosiy arboblari va tijoratchilari bo‘lib yetishishlari kerak edi. 
Mintaqa davlatlari televideniyelariga beg‘araz deya taqdim etilgan 


108
diniy mazmundagi film va turli yo‘llar bilan keng tarqalgan ki­
toblar yordamida ham «Nurchilik» g‘oyalarini yoyish ishlari  olib 
borildi. Bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlarda bunday amaliyot 
bugungi kunda ham davom etmoqda.
Bu oqimning Markaziy Osiyoga kirib kelishi 1992­yildan bosh­
lab mintaqa mamlakatlarida turk litseylarining ochilishi orqali 
namoyon bo‘ldi. «Nurchilik» harakatning «Silm» tarmog‘i muas­
sislik qilgan, moddiy­texnik ta’minoti «Osiyo finans» tashkilo­
ti tomonidan moliyalashtirilgan 128 ta litsey ochildi. Litseyda­
gi ta’lim jarayonida yangi pedagogik va psixologik texnologiyalar 
hamda metodlardan samarali foydalangan holda mashg‘ulotlar 
olib borilgani ularning dovrug‘i tarqalishiga va aholi tomonidan 
ijobiy qabul qilinishiga zamin yaratdi. 
Mintaqa davlatlari televideniyelariga beg‘araz deya taqdim 
etilgan diniy mazmundagi film va turli yo‘llar bilan keng tarqal­
gan kitoblar yordamida ham «Nurchilik» g‘oyalarini yoyish ish­
lari olib borildi. 
«Nurchilik» harakatining O‘zbekistonga kirib kelishi musta­
qillik yillarining boshlariga borib taqaladi. Ular Turkiya bilan 
bo‘lgan milliy va madaniy aloqalar soyasi ostida Turk­o‘zbek lit­
seylari faoliyatini moliyalashtirib, o‘zbek yoshlarini harakat g‘oya­
lari domiga tortmoqchi bo‘ldilar. Harakatning asl maqsadlari fosh 
bo‘lgach, 1999­yil uning faoliyati taqiqlanib, mamlakatdagi lit­
seylar yopildi. Shuningdek, harakat a’zolarining O‘zbekistonda­
gi ikkinchi g‘ayriqonuniy urinishlari sifatida tashkil etilgan o‘quv 
markazlari, chop etilgan gazeta va jurnallar hamda teleko‘rsatuv­
lar aniqlanib, ularning faoliyati ham tugatildi. Ming afsuski, biz­
ga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlarda bunday amaliyot bugungi 
kunda ham davom etmoqda.
«Nurchilik» ochiqdan­ochiq konstitutsion tuzumga qar­
shi kurash, «islom davlati»ni qurish g‘oyalari mavjud bo‘lma­
sa­da, mazmun va mohiyat jihatidan uning g‘oyalari va ush­
bu oqim tomonidan chop qilingan adabiyotlar fundamentalistik 
ta’limotlarning aholi orasida ildiz otib ketishiga asos yaratib, ja­


109
miyat barqarorligiga xavf soluvchi mutaassiblik g‘oyalarini targ‘ib 
 etishga xizmat qiladi. Harakatning g‘oyalari va faoliyatiga Tur kiya 
jamiyatining o‘zida ham ziddiyatli munosabat mavjud.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish