Va terrorizmga


xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/84
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#271442
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Farmonni imzolashi bo‘ldi. Markaz tashkil etilishi­
dan ko‘zlangan maqsad islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan 
buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Ter­
miziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda 
chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal­azaldan ulug‘ 
allomalar, aziz­avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlari miz 
va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy­diniy 
 qadriyatlarimizni asrab­avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh 
avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalashdir. Ushbu Markaz ning 
ochilishi borasidagi ishlar nufuzli xalqaro islomiy tashkilotlar to­
monidan ham e’tirof etildi. Jumladan, Butunjahon musul 
mon 
ulamolar kengashi Bosh kotibi Ali Qoradog‘iy Imom Termiziy 
xalqaro ilmiy­tadqiqot markazi tashkil etilishi munosabati bilan 
O‘zbekiston hukumati va ahlini tabriklab, «O‘zbekiston yurti juda 
ham ko‘plab muhaddislar, faqihlar va boshqa qator sohalarda yetuk 
olimlarni yetishtirib chiqargan. Ular sababli islom madaniyati, balki 
butun insoniyat madaniyati boyidi. Mana shunday yurt uchun bun-
day markazlarni ochilishi ajablanarli ish emas. Shuning uchun men 


41
O‘zbekiston hukumatini, shuningdek u yerdagi musulmonlarni ushbu 
qilinayotgan muborak ish munosabati bilan tabriklayman».
Musulmonlarning ehtiyojlari, takliflarini inobatga olgan 
Prezidentimiz tashabbuslari balan yurtdoshlarimizning muqad­
das shaharlarga haj va umra ziyoratlarini amalga oshirishlari 
uchun sharoitlar yanada yaxshilandi hamda 2016­yilda 5200 ki­
shi haj, 6000 nafar ziyoratchi umra ibodatini ado etgan bo‘lsa, 
2017­yildan boshlab haj ziyoratiga 7200, umra ibodatiga esa 
10 000 nafar yurtdoshlarimiz yo‘l oldilar. 
2017­yil 15­iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Ijtimoiy 
barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash 
– davr talabi» mavzusidagi yig‘ilishda O‘zbekiston Respublika­
si Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Samarqandda – Imom Buxo-
riy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshi-
da kalom ilmi, Farg‘onada – Marg‘inoniy ilmiy markazida islom 
huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida 
tasavvuf, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida 
ilmi maktabini tashkil etsak, o‘ylaymanki, bu juda foydali bo‘la-
di. Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxas-
sislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk 
ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tar-
biyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib xizmat qiladi» deb, ta’kid­
lagan edilar.
2017­yildan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» 
doirasida, yillar davomida DEOga mansublikda ayblanib, «Qo­
ra ro‘yxat»da turgan vatandoshlarimiz bilan profilaktik suhbatlar 
o‘tkazilib, 16 mingga yaqin fuqarolar maxsus hisobdan chiqarildi. 
Davlatimiz rahbari islohotlar olib borishda faqatgina yur­
timiz bilan chegaralanib qolganlari yo‘q. O‘zlarining tinchlik va 
rivojlanishga xizmat qiladigan g‘oyalarini jahon arenalarida ham 
dadil turib targ‘ib qilmoqdalar. Xususan, 2017­yilning 10­sen­
tyabr kuni Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan Islom ham­
korlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sam­
mitidagi nutqida ham yurtimiz allomalari hamda yurtimizda din 


42
sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar haqida so‘zladilar. 
Unda yurtimizda fan va texnologiyalarni rivojlantirish borasi­
da amalga oshirilgan ishlar va kelajakda amalga oshirilishi na­
zarda tutilgan bir qator islohotlar to‘g‘risida ayta turib, bugungi 
musulmon olami ushbu sohalarda oqsayotgani, mazkur masala­
larni hal etishda o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikning ahamiyati­
ni alohida ta’kidlab, bir necha dolzarb takliflarni o‘rtaga tash­
ladilar. Jumladan:
–  musulmon olami yosh olimlari xalqaro markazini tuzish;
– musulmon dunyosida erishilayotgan ilm-fan yutuqlarini mu-
nosib taqdirlash hamda ularni xalqaro miqyosda ommalashtirish 
uchun Islom hamkorlik tashkilotining maxsus mukofotini ta’sis e tish;
– a’zo davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, aholining 
munosib hayot darajasini ta’minlash maqsadida Fan va texnologi-
yalar bo‘yicha sammitni har uch yilda bir marta o‘tkazishni va ush-
bu taklif qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, keyingi sammitni 2020-yil-
da O‘zbekistonda o‘tkazish.
Yurtimizda din sohsida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqa­
ro miqyosdagi ekspertlar, mutaxassislar, ulamolar tomonidan 
ham yuqori baholanayotganini alohida qayd etish lozim.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish