70
Demak, ekstremistik va terrorchi kuchlarning moliyaviy man
balariga qarshi hamkorlikda kurash olib borish ham dolzarb va
zifalardan hisoblanadi. Zero, terrorchilarga moliyaviy madad
kuchlari yetib kelishda davom etar ekan, ularga qarshi olib bo
rilayotgan kurash natija bermaydi. Bu yo‘lda
amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan eng muhim vazifalardan biri giyohvandlikka qar
shi hamkorlikda kurashish. Chunki terrorchi kuchlarning aso
siy moliyaviy ta’minoti giyohvandlik ortidan keladigan daromad
bilan ham bog‘liq. Hozirgi kunda butun yer sharida yetishtirila
yotgan giyohvand vositalarning asosiy qismi Afg‘onistonga to‘g‘ri
kelmoqda.Afg‘onistonda yiliga 200 ming gektarga yaqin may
donga ko‘knori ekilib, 800 tonnaga yaqin geroin butun dunyo
ga tarqatilmoqda. Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan «Tolibon»
harakati jahonda ishlab chiqariladigan afyunning 80 foizini o‘z
nazorat ostiga olgan bo‘lib, undan tashkilot juda katta daromad
ko‘rmoqda. Bugungi kunda giyohvandlik iskanjasiga tushganlar
ning aksariyat qismi 15–35 yosh orasida bo‘lgan yigitqizlar
bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra ularning soni 200 millionga yetadi.
Xalqaro valyuta fondining 2006yildagi ma’lumotlariga
ko‘ra, dunyoning turli mintaqalaridagi
narkokartellar uyushgan
jinoyatchilik va xalqaro terrorizmni moliyalashtirishga har yi
li 500 milliondan to 1,5 milliard dollargacha mablag‘ sarfla
moqda.
BMT ekspertlari o‘tkazgan tadqiqotlar xulosalariga ko‘ra, ja
honda har yili taxminan 100 ming narkoman vafot etmoqda.
Statistik ma’lumotlar bugungi kunda narkobiznes savdosidan tu
shadigan daromad yiliga 400 milliard dollarni tashkil etishini
ko‘rsatadi. Yer yuzi bo‘ylab bunday illatning tarqalishida diniy
ekst remistik guruhlarning ham o‘ziga xos hissasi bor.
Birgina
«alQoida» tashkiloti o‘z moliyaviy mablag‘larining 40 foizdan
ortiqrog‘ini narkobiznes orqasidan topishi ham so‘zimizning is
boti bo‘la oladi. Shubhasiz, bu yetishtirilayotgan giyohvand vosi
talarni Markaziy Osiyo mamlakatlari hududi orqali boshqa min
taqalarga tarqatishga harakat qilinmoqda.
71
Ekstremistik tashkilotlarda a’zolar
tomonidan oylik daromaddan
majburiy badal («baytulmol» yoki «tabarruhot») to‘lashning yo‘lga
qo‘yilgani ham terrorchilik amaliyotlarini moliyaviy oziqlantiruvchi
manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, «Hizbuttahrir» a’zolari
orasida oylik daromadidan 5–20 foiz majburiy badal to‘lashi yo‘lga
qo‘yilgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday shakllarda yig‘ilgan
pullar qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish, terrorchilarni
tayyorlash lagerlarini moddiy qo‘llabquvvatlash uchun sarflangan.
Masalan, 2002yilda Germaniyada «rizbuttahrir» diniyekstremis
tik tashkiloti tomonidan mahalliy musulmonlardan yig‘ilgan «tabar
ruhot»lar chet mamlakatlardagi terrorchilik amaliyotlarini moli
yalashtirishga yo‘naltirilgani fosh etilgan. Shuningdek, 2007yilda
Pokistonda turli yo‘llar bilan yig‘ilgan xayriya pullarini «alQoida»
ga qurolyarog‘ sotib olishga sarflagani uchun tashkilotning barcha
hisob raqamlari muzlatilgan.
Terrorchi guruhlar hozirda o‘z moliyaviy manbalari bilan bank
tizimi imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalardan foydalan
gan murakkab aloqa tizimlarini shakllantirishga harakat qilmoq
da. Natijada, ushbu manbalarni aniqlash va yo‘q qilish tobora qi
yinlashib bormoqda.
Dunyoning ko‘pgina davlatlari,
jumladan, O‘zbekistonda ham
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash haqidagi maxsus
qonunlar qabul qilingan. Mazkur yo‘nalishda xalqaro tashkilot
lar, xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining terrorchi shaxslar
hamda tashkilotlarga tegishli dunyo banklaridagi hisob raqam
larini «hibsga olish»ga bag‘ishlangan 1333, 1390 va 1455qarorlari
deyarli barcha davlatlar tomonidan ijro etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: