Islom niqobi ostidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari. Diniy
mutaassiblikning tarixiy ildizlari va hozirgi kunda dunyoda,
ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremistik guruhlar
ning paydo bo‘lishi va faollashuvi sabablari, usullari qayerdan
kelganini o‘rganish ularga qarshi kurashda eng muhim vosita
hisob lanadi.
Islom niqobi ostida paydo bo‘lgan ekstremistik harakatlar ta
rixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning ildizlari uzoq o‘tmish
ga, hatto islom tarixining birinchi asriga borib taqa lishini ko‘rish
mumkin. Uning ilk vakillari sifatida 657yili xa lifa Ali (r.a.)
askaridan ajralib chiqqan, haqiqiy musulmon safla riga qo‘shil
maganlarni «dindan qaytgan» deb e’lon qilib, ularga qarshi
murosasiz kurash olib borgan «xorijiylar» (arab: ajra lib chiqqan
lar, isyonchilar) diniysiyosiy oqimi faoliyati fikri mizning isbo
ti bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |