22
mat» so‘zidan olgan bo‘lib, uning ma’nosi manbalarda turlicha
«kalta oyoq» yoki «qizil ko‘z» kabi ma’nolarda ifodalangan. Qar
matiylar islom tarixida o‘chmas dog‘ qoldirgan jinoyatlarni so
dir etgan. Ular haj mavsumlarida karvonlarga hujum uyushtirib,
bosqinchilik bilan shug‘ullangan. Xususan, 930yilda ular Mak
kaga
bostirib kirib, shaharni talontaroj qilganlar, bir necha ming
hojilarni
va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka’bani
vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, Bahraynga olib ketgan
lar, faqat 20 yildan keyin katta to‘lov evaziga u Makkaga qayta
rib berilgan.
XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish
ko‘rgan «hashshoshiylar» (arab: hashish (nasha) chekuvchilar, gi
yohvandlar) terrorchilik oqimi esa hokimiyatni egallash maqsadi
da ularga xayrixoh bo‘lmagan hukmdorlarga
suiqasd uyushtirish
amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko‘plab
hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Yevropa mam
lakatlari rahbarlari o‘z xavfsizliklarini ta’minlash uchun ularga
to‘lov to‘lashga majbur bo‘lgan. Ingliz tilidagi suiqasd ma’nosi
ni anglatuvchi «assassinate» so‘zi ham aynan «hashshoshiy» ata
masidan kelib chiqqani oqimning o‘z davrida davlatlar xavfsizli
giga katta tahdid tug‘dirganidan dalolat beradi. Shu bilan birga,
«hashshoshiylar» zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng
qo‘llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand modda
larni iste’mol
qildirib, o‘lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishon
tirgan.
Diniy mutaassiblikka asoslangan ixtiloflar oqibatida chek
siz nizolar, kelishmovchiliklar, hatto qonli urushlar kelib chi
qib, katta talafotlarga va jamiyatning inqiroz tomon yuz
tu tishiga sabab bo‘lgan. Buzg‘unchilik va zo‘ravonlikka asos
langan, e’tiqodiy birlikka tahdid solgan bunday oqimlar faoliya
ti o‘z davri ulamolari tomonidan qattiq qoralanib, sultonlar to
monidan ta’qib qilinganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan,
Umaviy va Abbosiy xalifalar xorijiylarni
butunlay qirib tashlash
siyosatini olib borgan edilar. Islomning mohiyatiga butunlay zid
23
bo‘lgan bunday oqimlarning barchasi oxir oqibatda tanazzulga
duchor bo‘lgan.
Shunday bo‘lsada, yuqorida qayd etilgan oqimlarning g‘oya
lari va amaliyot shakllari keyingi davrlarda
ham rivoj topganini
aytish joiz. Xususan, VII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib,
to XVIII asrning oxiriga qadar islom olamida davom etib kelgan
diniyekstremistik harakatlar inqirozga uchragan bo‘lsa ham,
oradan oz muddat o‘tib, ular tomonidan talqin qilingan g‘o
yalar zamonaviy ko‘rinishdagi turli mutaassib guruhlar yetak
chilari mafkurasiga asos bo‘lib xizmat qildi va bu bilan diniy
ekstremis tik harakatlar rivojining yangi davri boshlandi deyish
mumkin.
Shunday bo‘lsada, islomning
asl mohiyatiga butunlay zid
bo‘lgan yuqoridagi g‘oyalar va amaliyot shakllari keyingi davrlar
da ham rivoj topdi. Islomda «inqilobiy kurash» ta’limotini yarat
gan suriyalik Ahmad ibn Taymiya (1263–1328)ning fikrlari ke
yinchalik «soxta salafiylik» kabi turli radikal harakatlarning
yuzaga kelishiga xizmat qildi.
Aslida islomda «salaf» (arab: «ajdodlar», «avval yashab
o‘tganlar») deganda, hadislarga ko‘ra, Muhammad payg‘am
bar (a.s.) zamonlari va undan keyingi ikki davrda yasha
gan musulmonlar tushuniladi. Islom mujtahid ulamolari ilk
musulmonlarni «salafi solih», ya’ni «solih ajdodlar» deb yak
dil hisoblashadi. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musul
monlarga nisbatan «salaf» yoki «salafiy»lar tushunchalari as
lo ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: