Va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 494,16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.01.2022
Hajmi494,16 Kb.
#418996
Bog'liq
O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi(Ismoilova Gulshan)




 
 
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy
va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Buxoro Davlat universiteti 
Filologiya fakulteti
filologiya va tillarni o’qitish 
(o’zbek tili) ta’lim yo’nalishi II 
bosqish B guruh talabasi 
Ismoilova Gulshanning 
„O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi“ 
fanidan bajargan 
 
 
 
 
Mavzu: Alisher Navoiy „Xamsa“si 
va uning Sharq adabiyotida 
tutgan o’rni.
 
 
Tekshirdi: Safarova H. 




Mavzu: Alisher Navoiy “Xamsa”si va uning Sharq adabiyotida tutgan o`rni. 
Reja: 
Kirish 
I bob. Sharq adabiyotida xamsachilik an`anasi. 
1.1
Xamsachilik an`analari. 
1.2
Alisher Navoiyning “Xamsa”si. 
II. Alisher Navoiy “Xamsa”sining badiiyati. 
2.1 “Hayrat ul-abror” “Xamsa”ning birinchi dostoni. 
2.2 “Xamsa”da adibning badiiy san’atlardan foydalanish mahorati. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati. 


 Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: 
Mustaqilligimiz tobora mustahkamlanib, o’zining ijobiy samaralarini bera 
boshlagan bugungi kunda xalqimiz oldida hayotning moddiy va ma’naviy 
asoslaridan kelib chiqadigan yangidan-yangi ulkan vazifalar turibdiki,ularni 
amalga oshirishda adabiyot va san’at, umuman ma’naviyatning ahamiyati benihoya 
kattadir. Zero, adabiyot ma’naviyatimizning ajralmas qismidir. O’z navbatida 
milliy adabiyotimiz namunalarini o’rganish, tadqiq etish dolzarb masaladir. Hazrat
Alisher Navoiy asarlarida ilgari surilgan g`oyalarni o`rganish, barkamol avlodni 
tarbiyalashda ham muhim samara beradi. Chunki, Navoiy asarlarida umuminsoniy 
g`oyalar o`z aksini topgan. Davr o`tsa ham, zamonlar almashsa ham Navoiy 
asarlari hali-hanuz ahamiyatlidir. 
Xalqimiz besh asrdan beri Navoiy Navoiy xazinasidan ma’no gavharlarini terib 
bahramand bo`lmoqda. “Xamsa” dostonidagi hech qachon yo`qolmaydigan 
ezgulik, adolat, do`stlik, vafo, sadoqat g`oyalarining go`zal ifodasini XXI asr 
uchun ham o`tgan asrlardagi kabi ahamiyatlidir. Mavzuning dolzarbligi shu kabi 
masalalarda ko`rinadi.
Mavzuning o`rganilish darajasi: 
O`zbek adabiyotshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlarning salmoqli qismi 
Alisher Navoiy hayoti va ijodi Oybek, sadriddin Ayniy, Ye.E.Bertels, V.Zohidov, 
L.A.Qayumov, P.Shamsiyev, N,Mallayev, A.Hayitmetov, A.Habibullayev kabi 
olimlar tomonidan keng tadbiq etilib, ilmiy ishlar qilingan. 
Ishning maqsad va vazifalari: 
-Sharq adabiyotidagi xamsachilik an’analari haqida ma’lumotga ega bo`lish kurs 
ishining maqsadlaridan biridir; 
-Sharq adabiyotida Alisher Navoiy “Xamsa”sining tutgan o`rni ni o`rganishni 
kurs ishi o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan; 
-“Xamsa”ning badiiy xususiyatlari bilan birgalikda g`oyaviy xususiyatlari, 
dostonda navoiyona uslubning namoyon bo`lish shakli, timsollarning badiiy 
qimmatini ochib berish, tahlil etish ham kurs ishining maqsadi sanaladi; 
-Asardagi insoniy fazilatlarni talqin etgan hikoya, maqolatlarni tahlil etish; 
-Asardagi insonlik mohiyati haqidagi qarashlarni kurs ishida ifodalash; 
-Dostondagi g`oyaviy-badiiy xususiyatlarning mohiyatini ochib berish. 
Kurs ishining tadqiqot metodi: 
Alisher navoiy hayoti va ijodi, uning “Xamsa” dostonini ilmiy-tarixiy, badiiy-
estetik jihatdan tahlil qilish, doston tarkibidagi maqolat, hikoyatlarning g`oyasini 
hozirgi kun bilan ham bog`liqligini ilmiy dalillarga suyangan holda tahlil qilish. 


Kurs ishining manbai:
Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni. Uning ijodi bo`yicha bir qancha 
maqolalar, ilmiy asarlar va o`quv qo`llanmalar. 
Kurs ishining tuzilishi: 
Kirish 
Asosiy qism 
I bob 
II bob
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati 
Mundarija


I bob. Sharq adabiyotida xamsachilik 
1.1
Xamsachilik an`analari.
O`rta asrlar Sharq adabiyoti, xususan, forsiy va turkey she’riyat rivojida xamsa- 
chilik an`anasi alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Bu an’ananing boshlanishiga buyuk 
ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning XII asrning ikkinchni yarmi va XIII asr 
boshida yaratgan “Maxzan ul-asror”(1174-1177), “Xisrav va Shirin”(1181),
“Layli va Majnun”(1188), “Haft paykar” (“Yetti go`zal”,1197), 
“Iskandarnoma”(1199-1201) dostonlari asos bo`lib, ular keyinchalik ijodkor 
vafotidan so`ng “Xamsa” (arabcha “beshlik” degani) yoki “Panj ganj” (forsiy tilda 
“Besh xazina” ma`nosida) nomlari bilan yaxlit kitob holida juda keng tarqalgan, 
turli tillarga tarjima qilinib shuhrat topgan edi. Mazkur kitobdan o`rin olgan 
alohida dostonlar bir necha shoirni shu mavzudagi yirik poetik asarlar yozishga 
ilhomlantirgandi. 
1253-1325-yillarda yashab ijod qilgan Xusrav Dehlaviy o`zining fors-tojik 
tilidagi “Matla ul-anvor” (“Nurlarning boshlanishi”), “Shirin va Xusrav”, “Majnun 
va layli”, “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”) va “Oinai Iskandariy” (“Iskandar 
oynasi”) nomli beshta dostonini yozib, Nizomiy “Xamsa”siga to`la javob yaratdi 
va bu an`ananing boshlovchisi bo`lib maydonga chiqdi. 
XV asrda yashagan yosh shoirlardan aksariyati “Xamsa”ga o`xshatma bitishga 
harakat qilgan bo`lsalar ham ko`plari bir yoki bir necha asar yaratishga erishdilar. 
Chunonchi, Mavlono Ashraf, Mavlono Abdullo, Kotibiy Nizomiyning bir qator 
dostonlariga javob bitgan bo`lsalar, Mavlono Faseh Rumiy uning “Maxzan ul-
asroriga”, Xoja Hasan Xizrshoh “Layli va Majnun” o`xshatma dostonlar 
yozishgan. Lekin ikki buyuk ijodkor: Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiygina 
“Xamsa” yaratishga erishdilar. 
Jomiyning dostoni besh emas, yetti dostonni o`z ichiga olib, quyidagilardan 
iborat:
“Dengizlar siri”, “Lujjat ul-asror”, “Tuhfat ul-ahror”, “Sabhat ul-abror”, “Yusuf 
va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Xiradnomai Iskandariy”. Bu asar “Haft avrang” 
deb ham ataladi. 
Yuqorida nomi keltirilgan asarlarning barchasi o`sha davr an`anasiga muvofiq 
fors-tojik tilida bitilgan edi. Natijada, ularni shu tilni biladigan kitobxonlargina 
o`qib, boshqa xalqlar vakillari ulardan bebahra qolar, ba`zan tarjima orqaligina bu 
go`zal obidalardan bahramand bo’la olardilar.
Alisher Navoiy 1483-yilda bu murakkab ishga kirishib ikki yarim yil ichida 
“Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabba’I sayyor” va 
“Saddi Iskandariy” dostonlaridan tashkil topgan “Xamsa” kitobini eski o’zbek 
tillida yaratib, jahon adabiyotini berzavol va betakror asar bilan boyitdi.
Nizomiy “Xamsa”sida javoblar yozish, hech bo’lamganda undagi ayrim 
asarlarga o’xshatma tatabbu’lar bitish an’anasi keying davrlarda ham davom etdi. 
Taniqli adabuyotshunos E.Bertelsning bergan ma’lumotlariga qaraganda “Layli va 
Majnun” Xusrav Dehlaviydan boshlab jami 24 shoir yaratgan fors, o’zbek va 
ozarbayjon tillaridagi dostonlar uchun asaosiy manba bo’lib xizmat qilgan.
Mazkur asarlarda Nizomiy dostoni aynan o’zicha takrorlanavermay har qaysi 
davrga xos ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy axloqiy masalalar o’z aksini topgan, asar 


voqealari timsollariga ba’zi o’zgarishlar kiritilgan tasviriy uslubiy tamoyillar ham 
bir qator boyitilgan badiiylik g’oyat rivojlantirilgan, har qaysi milliy til boyliklari 
va go’zalliklaridan yanada unumli fo’ydalanilgan.
Alisher Navoiy qalamiga mansub besh doston shoirning ta’kidiga qaraganda 
jami 30 oy ikki yarim yil ichida yaratilgan bo’lsada, bu asarlarning har birini ko’p 
yillik ijodiy mehnatning natijasi deb qarash kerak, zero shu ulug’ maqsadni o’z 
oldiga qo’ygan shoir ”Xamsa” yaratish ishida avvaldan kirishgan, shu maqsadda 
yuzlab tarixiy, ilmiy va adabiy kitoblarni o’rganib chiqqan va ularni tadqiq etgan, 
bir-biri bilan qiyoslab, o’z xulasalarini ko’plab ustozlari va fikrdoshlari sinovidan 
ham o’tkazgan. Shuning uchun uning besh dostoni butun xalq manfaatlarini o’zida 
aks ettirgan, omma uchun asarlar davomida sevikli bo’lib qoladigan o’lmas 
qahramonlar qiyofalari bilan limolimdir.
XIV asrda yashab ijod etgan va bu an’anaga murojaat etgan mualliflardan biri 
Xoju Kirmoniydir. Xoju Kirmoniy “Humoy va Humoyun”, “Gul-u Navro’z”, 
“Ravzat ul-anvor”, “Kamolnoma”, “Gavharnoma” kabi masnaviylardan iborat 
beshligini yaratdi. Keltirilgan masnaviylarning nomidan ham ko’rinadiki, Xoju 
Kirmoniy Nizomiy “Panj ganj”idagi sujet tizimlari va obrazlarini yangilash bilan 
bir qatorda masnaviylarning joylanish tartibiga ham o’zgartirish kiritgan va 
o’zining beshligini axloqiy-falsafiy masnaviy bialn emas, balki ishqiy romantik 
poema bilan boshlagan. Shuning o`ziyoq xamsatayn qonuniyatlaridan chekinishga 
olib kelgan. Agar bu o`rinda Xoju zamondoshi Salmon Savajiyning “Jamshed va 
Xurshed” nomli masnaviysidagi “Sababi nazmi kitob” bobida keltirilgan quyidagi 
misralari esga olinsa, masala ancha oydinlashadi: 
Nizomiro siyoh shud durri shahvor, 
Rivoche nest on simi kuhanro. 
Mazmuni:
Nizomiy durlari qorayib qoldi, 
Endilikda u eski kumushlar ravnaq topa olmaydi. 
Albatta, bu fikrning haqiqatdan uzoqligi o`z-o`zidan ravshan. Chunki, Nizomiy 
yaratgan durlar o`lmas badiiy obidalar asrdan-asrga ravshanroq porlab keldi. 
1.2
Alisher Navoiyning “Xamsa”si
Vohid Zohidov Navoiy dunyoqarashining asosiy manbalari haqidagi 
maqolasida shunday deydi:
“Navoiy o`zining “Xamsa”sida Nizomiyga maxsus boblar bag`ishlagan, 
unga madhiyalar o`qiydi, samimiy muhabbat izhor etadi,uning nomini 
ko`klarga ko`taradi. Lekin Navoiy yolg`iz Nizomiy bo`lib qolishni istamaydi, 
yangi davr talablariga va xalq hamda Vatan talablariga, manfaatlariga juda 
ham yaqindan javob beradigan va mos keladigan yangi mukammal badiiy asar 
yaratishga kirishadi. U bilan ijodiy musobaqaga kirishadi, ayni zamonda uni 
qudratli sher bilib, u bilan teng kelish oson ish emasligini e`tirof etadi: 
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq. 


O`zini ham sher hisoblab, shu jang maydoniga tashlanadi va shaksiz 
bunda orzusiga erishadi. U o`zining ulug`vor adabiy, falsafiy xazinasini 
qimmatbaho javohirlar bilan bezashda Nizomiy xazinasidan ijodiy bahramand 
bo`ldi. 
Navoiy Nizomiy haqida so`zlar ekan, Xusrav Dehlaviyga ham juda katta 
e`tibor beradi. Navoiy o`zini Nizomiy bilan Dehlaiy o`rtasiga qo`yadi. Xusrav 
bilan emas, Nizomiy bilan “kim o`zar” jangiga kirishishga majburiyat his 
etadi. Lekin Dehlaviyni ham juda katta mohir san’atkor hisob etadi. 
Navoiy o`z “Xamsa”sini yaratar ekan, Nizomiy va Dehlaviylar yaratgan 
ayrim ijobiy qahramonlar qiyofasini keskin o`zgartirish, aniqrog`i qarama-
qarshi xususiyatlar sohibi sifatida gavdalantirish usulini ham qo`llaydiki, buni 
jahon adabiyoti uchun ham yangilik deb qabul qilish mumkin. Chunki, tarixiy 
shaxslarni shu xilda talqin qilish G`arb adabiyotida, masalan Shekspir ijodida 
ham uchramaydi. Bu o`rinda, “Farhod va Shirin” dostonidagi Xisrav 
qiyofasini ko`z oldimizga keltiraylik. Navoiy o`z ustozlari asarlarida ijobiy 
fazilatlar egasi sifatida gavdalantirilgan shoh Xisravni zolim, bosqinchi, 
makkor, nomard hukmdor sifatida tasvirlab, tarix haqiqatiga zid boradigan 
qiyofada aks ettirib, kitobxonlar ommasida unga nisbatan kuchli nafrat hissini 
uyg`otadi. Salaflar tasviridagi toshkesar Farhodni chinakam ma’nodagi xalq 
qahramoniga, sadoqatli oshiq, insonparvar, mard va qahramon yigit sifatida 
tasvirlanishi ham adabiyotimiz uchun yangi badiiy usul ifodasi edi. Asarda 
tasvirlangan barcha voqealarning yangicha mazmunni kasb etishi ham doston 
g`oyaviy-badiiy qimmatini g`oyatda oshirib yuborgan.
Navoiy “Xamsa”si qahramonlari asrlar davomida necha-necha avlodlar 
uchun ma’naviyat va odobda, odamiylik va jasoratda, xalqparvarlik va 
saxovatda o`rnak bo`lib xizmat qiladigan yorqin badiiy siymolar bo`ldi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Alisher Navoiy o`z salaflari ijodiga 
yuqori baho berar ekan, har bir asar muqaddimasida ulardagi jiddiy 
nuqsonlarni ham alohida ta’kidlab o`tib, ushbu kamchiliklarni keskin tuzatish 
yo`lini qo`llaydi. Masalan, Nizomiy va Dehlaviylar Bahrom, Xusrav kabi 
shohlarni tasvirlaganda, ularning dabdabali hayotlari, molu dunyosiyu 
qo`shini, toj-taxtiyu hashamati, qudratiyu imoratlarini rosa maqtab, odamlarga 
ko`z-ko`z qiladigan, masalan, Bahrom o`z malikalariga nomunosib ishlar 
buyurgani haqida to`xtalib, chinakam muhabbat tasviridan holi bu asarda har 
ikki ijodkor xatolarini shunday deya alohida ta`kidlagan edi: 
“Bo`yla nodon uchun yozib avsof, 
Anga qilgaylar o`zlarin vassof.
Madhini behisob yozgaylar, 
Balki mavzun kitob yozgaylar. 
Har biri o`z ganjida ko`rub ko`p ranj,
Qilgay o`z “Panj ganj”idin bir ganj. 
Alloh,Alloh! Ne ganj bo`lg`ay bu! 
Sarbasar elga ranj bo`g`ay bu!
Navoiy “Xamsa”si dostonlari esa puxta tuzilishi, voqea hodisalarning izchil 
rivojlanishi bilan ajralib turadi.


Alisher Navoiy yaratgan “Xamsa” o`zining mukammalligi bilan bir qatorda shu 
an`ananing janriy xususiyatlari, obrazlar talqinini mukammallashtirgani, uning 
g`oyaviy tuzilishi yaxlitligini nihoyatda yuqori pog`onaga ko`targani bilan ham 
diqqatga sazovordir. Sharqdagi Renessans davri mahsuli bo`lmish bu badiiy 
kashfiyot umumbashariy ahamiyatga molik insonparvarlik qarashlarni mahorat 
bilan ifoda etgani, buyuk shoirning yuksak shoirlik iste’dodini namoyish etgani 
bilan ham badiiyat olamining o`lmas yodgorligiga aylanib qoldi. 
II bob. Alisher Navoiy “Xamsa”sining badiiyati. 
2.1. “Hayrat ul-abror” “Xamsa”ning birinchi dostoni. 
“Hayrat ul-abror” falsafiy-ta`limiy dostondir. Bu doston boshdan oxirigacha 
sujetli voqeani hikoya qilish asosida yozilgan emas. U 64 bobdan iborat bo`lib, 
bulardan 20 bob (maqolat) dostonning asoaiy qismidir. Qolgan boblar esa 
dostonning kirish va xotima qismlarini tashkil etadi. 
Shoir har bir maqolatda ma`lum bir masala haqida fikr yuritadi. Bunday 
masalalar: zolim hukmdorlarni qoralash, munofiq ruhoniylarni tanqid qilish, 
adolatni ulug`lash, saxiylik, odob, vafo, do`stlik, rostgo`ylik va to`g`rilikka 
undash, ilmning foydasi va boshqalardan iborat. Shoir o`z fikr-mulohazalarini 
yanada kengroq va chuqurroq yoritish uchun har bir maqolatda ibratli kichik 
hikoya yoki masal keltiradi. 
Navoiy “Hayrat ul-abror”da: 
...Ko`ngli, kishi xushlig`indin xush kerak,
Noxush agar bo`lsa mushavvash kerak. 
Odamiy ersang demagil odami, 
Oniki yo`q xalq g`amidin g`ami 
shiori ostida insonparvarlik va xalqparvarlik g`oyalarini ilgari suradi. Johillik, 
munofiqlik, qalloblik, ta`magirlik kabi yaramas xususiyatlarini qattiq qoralaydi. U 
el-yurtni talash hisobiga hashamatli saroylar qurdirib, aysh-u ishratda yashagan 
zolim podsholardan nafratlanadi.
Navoiy mamlakat va xalq taqdirini podshoga bog`lar edi. Oldin podsho 
mamlakatning obod, xalqning xurram-shod bo`lishiga olib kelsa, zolim podsho 
mamlakatning xarob va xalqning xonavayron bo`lishiga boisdir, deb o`yladi.
Ulug` shoir zolim podsholarnigina tanqid qilib qolmay, insofsiz, tovlamachi 
amaldorlarni, johil va hiylakor ruhoniylarni ham tanqid qildi. 
Soliq ishlarini olib boruvchi amaldorlar xalq boshiga turli azob-uqubatlar solar, 
uning urug`ligini yer- suvini, hatto xotin-qizlarini ham zo`rlik bilan tortib olar 
edilar. Navoiy dostonining 12-maqolatida mana shunday amaldorlarni rostgo`ylik 
bilan fosh etib tashladi. Soliq to`lovchi amaldor qaysi bir qishloqqa borsa, u 
qishloq aholisi avvalgidan battarroq xonavayron bo`lar edi. 
Navoiy bu amaldorlarni baloga, vaboga o`xshatadi. Ular qaysi uyga borsa u 
uyga balo, balki vabo kirib boradi, deydi: 
Hosil o`shul uyga balo doribon, 
Qaysi balo, balki vabo doribon.


Navoiy o`z davrining farzandi sifatida dinni rad etmadi, lekin shariat niqobi 
ostida hiylakorlik, qallobliok va tamagirlik bilan shug`ullanuvchi shayx va 
zohidlarni shavqatsiz qoralab: 
Bu el erur barcha yomondin yomon, 
Har ne yo`q andin yomon, andin yomon,- 
degan xulosaga keladi.
Shoir odob-axloqqa bag`ishlangan maqolatda kamtarlik, ota-onaga hurmat, 
tadbirkorlik, sezgirlik, ilm olishga havas kabi muhim masalalar haqida qimmatli 
fikrlarni ilgari suradi. O`rinsiz kulgi, ortiqcha so`zlash, vafosizlik, o`zini o`ylash 
kabi yomon xislatlarni qoraladi. U kishilarni o`zaro yaqin munosabatda bo`lishga 
chaqirib, ko`pchilikdan ajralgan, yolg`iz o`z shaxsiy manmfaatlarini ko`zlagan 
kishilarni odam deb hisoblash mumkin emas, deydi: 
Yo`q hunari yolg`iz esa, o`z kishi
Qayda kishi sonida yolg`uz kishi?! 
Fard kishi davrda topmas navo 
Yolg`izovchidan kim eshitmas sado?.. 
Shoir yoshlarni ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga 
chaqiradi,ota-onani oy va quyosh deb hisobladi: 
Boshni fido ayla ato qoshiga
Jismni qil sadqa ano qoshig`a... 
Tun-kuningga aylagali nurposh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh... 
Navoiy 11-maqolatda ilmning ahamiyati, johillik va nodonlikning zarari haqida 
so`zlab bilim olish uchun yetarli sharoit yo`qligidan shikoyat qilda, musofir 
talabalarning chekkan azoblarini tasvirladi.
Shoir yarim och- yalang`och holda o`qib ilm olgan kishilarning ish topolmay 
muhtojlikda yashaganlaridan qattiq alam chekadi. 
U ilmni mansab uchun vosita deb bilib, johil amir va amaldorlarga 
laganbardorlik qiluvchi olimlarni qoraladi: 
Ilmni kim vositai joh etar, 
O`ziniyu xalqini gumroh etar. 
Olim agar joh uchun o`lsa zalil,
Ilm aning jahliga bo`lgay dalil. 
Joh- amal; 
Gumroh- yo`ldan adashgan; 
Zalil-och; 
Jahl-nodonlik.


2.2.”Xamsa”da adibning badiiy san`atlardan foydalanish mahorati. 
Shoir “Xamsa”da tabiat va inson munosabati eng jozibador, eng nafis, eng 
ta`sirchan aks ettiradi. Tabiatdagi har bir mavjudot, burjlar-u fasllar, oy-u 
yulduzlar, har qaysi o`simlik, samovot Navoiy qahramonlari ta`rafdori, ular uchun 
g`am chekadi, iloji boricha madad qo`llarini cho`zadi, qiyinchiliklarni yengib 
o`tishga hamdamlashadi. Majnun bog`da behush yotar ekan, gulzordagi barcha 
o`simliklar uning holiga munosabatlari manzarasini shunday tasvirladi: 
“yordin ayrilib gulzorda tanho yotgan Qays ko`zini ochib qarasa: 
Ko`rdi o`zini chaman ichinda,
Sarv-u,gul-u yosuman ichinda.
Bulbul boshi uzra nag`ma pardoz, 
Ahvoliga nag`ma aylab og`oz.” 
Alisher Navoiy mumtoz she`riyatimizda keng qo`llanilib kelingan turli xil 
uslublardan o`rni bilan unumli foydalanaveradi. Shuning uchun “Xamsa” 
dostonlarida sof realistik hayotiy hodisalar, manzaralarni ham romantik ko`tarinki, 
kuchaytirilgan tasvirlarni ham, xalq og`zaki ijodi xos xayoliy fantastik lavhalarni 
ham aralash holda uchrataveramiz. Masalan, Farhodning ariq qurilishidagi 
faoliyatida rejalashtirish, ariqni tayyorlash lavhalari haqqoniy tasvirlansa, ba`zan 
farhod kuchi, qudratini dalillash uchun romantik manzaralarga murojaat qiladi. 
Uning dev va ajdaho bilan jang ko`rinishlari esa g`oyat bo`rttirib tasvirlanadi. 
Boshqa dostonlarda ham shu to`rt usul birgalikda qo`llanaveradi. Bu xil sinkretik 
aralashlik realistik hayotiy tasvirni yorqinroq aks ettirish maqsadini ko`zlaydi. 
“Saddi Iskandariy” dostonidagi qo`shinlarning to`qnashuvi, ayniqsa, 
yakkama-yakka olishuvlar, shohlararo munozaralar, Iskandar devorining qurilishi 
kitobxonni hayotiy tasvirga ishontiradi.
“Sabba`i sayyor” dostonidagi ko`plab hikoyalar ham voqealarning rostligiga 
shubha uyg`otmaydi. Birinchi hikoyada Axiyning o`z xotinini Farruxga berib 
yuborishi har qancha g`ayritabiiy tuyulmasin, Axiyga xos yuksak insonparvarlik, 
uni o`limdan qutqarib qolish uchun shunday ishga qo`l urishi ham aql bilan fikr 
yuritgan kishiga g`ayritabiiy tuyulmaydi.
“Suhayl va Mehr” hikoyasi ham haqqoniyligi bilan ko`zga tashlanib turadi.
Navoiy “Xamsa”sida yaqqol ko`zga tashlanib turadigan kashfiyotlardan yana 
biri dostonlarda ilmiy-hayotiy timsollarga keng o`rin berilishidir. Ilm va fan bilan 
bolalikdan qiziqib kelgan shoir “Farhod va Shirin” dostonida robotlar tizimini 
yovuz kuchlar quroli sifatida tasvirlab,inson tafakkurining, Farhodning bu ilmiy-
xayoliy jismlar ustidan g`alabasini tasvirlagan edi. “Sab`ai sayyor” dpstonida 
Navoiy soatiga 35-45 kilometr yuradigan “Sariyus sayr” nomli ulov haqida fikr 
yuritadi. Bu asboblar odamlarga tez harakat qilishga imkon beradi. 
“Saddi Iskandariy” dostonida esa jahonni yorituvchi Jamshid jomi, Chin 
olimlari ishlagan ikki ajoyib ko`zgu, Rum donishmandlari yaratmish ajoyib jom va 
usturlab asboblari tasvirlanadi. Mallu qo`shinlariga qarshi Iskandar olimlari 
tomonidan ishlangan sirli qurol atom bombasini eslatadi. 


Bunday tasvirlarni biz boshqa shoirlar ijodida uchratmaymiz. To`g`ri, shoir 
salaflari Iskandarning shisha idish yasatib, unga arqon ulab, suv ostida 100 kun 
baliqlar hayotini o`rganganini takidlashgan edi. Lekin, Navoiy bu xil tasvir ilmiy-
xayoliy timsolga nisbatan berilsa, o`quvchini ishontirmasligini his etib, shohning 
bu xil faoliyatini uning payg`ambarlik qudrati ifodasi sifatida ko`rsatishni 
ma`qulroq ko`radi.
Xulosa
Dil nigohi dunyo bag`rini kesib o`tgan faylasuflarning faylasufi, 
mutafakkirlarning murshidi Alisher Navoiyning kitoblarida, dostonlarida 
tafakkurni ichdan yaqinlashtirib tasavvufiy falsafasining javhari zot mavjud. Ulug` 
shoir asarlarida har bir detal, sujet lavhalari timsollar tilida gapiriladi, ya`ni u bir 
badiiy maqsadni turli lavhalar orqali bayon qiladi.
Navoiy lirikasida ham “Xamsa” dostonlarida ham yagona bir g`oya bor: 
Yaratuvchi Allohning buyuk yagona zot ekanligi.
Alisher Navoiy ijodida dunyo go`zalligi ilohiy Husn jamolning davomi va 
moddiy ifodasi sifatida qaraladi. Shoir uchun olam va odam yagonadir, ruh va jism 
birgadir. Ilohiy mutlaq vasliga yetishish yo`liga kirgan inson o`zi bilan Alloh 
o`rtasidagi masofani qisqartirib borib, barcha to`siqlarni yengib o`tadi, shaxsiy 
menidan qutiladi, go`yo Alloh bilan vahdat vujud qiladi. Buni esa qatra dengizdan 
nishonaga o`xshatish mumkin. inson ruhida Alloh sifatlari mujassam. Biroq 
insonni moddiylik undan ajratib turadi, qachon inson moddiylikdan poklansa, 
musaffo shabnamday bo`lib o`zligini anglashi mumkin.
Alisher Navoiy “Xamsa” dostonida o`zlikni anglash uchun qaratilgan g`oyalar 
ko`pdir. Navoiy dostonda ezgulik, xayr-ehson, odamiylik qoidalarini birma-bir 
bayon etib chiqqan. Ular izhorida biror mayda-chuydani ham e`tibordan chetda 
qoldirmagan. Kim shoir pand-u o`gitlariga amal qilsa, u komil, o`zligini anglagan 
inson bo`lib yetishadi.
Agar biz hozirgi kunda istiqlolga erishgan O`zbekistonda jamiyatni isloh 
etishning Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan chuqur ilmiy tarzda asoslangan 
besh mashhur tamoyilning uchinchisiga nazar tashlasak, unda jamiyat hayotining 
barcha sohalarida qonunning ustuvorligi, Demokratik yp`l bilan qabul qilingan 
Konstitutsiya va Qonunlarni hech istisnisiz hamma hurmat qilishini, ularga 
og`ishmay rioya etish lozimligi kabi fikrlar bildirilgan. 
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, ajdodlarimiz, jumladan Alisher 
Navoiyning “Xamsa” dostonidagi ijtimoiy hayot, qonun ustuvorligini ta`minlash 
haqidagi orzulari istiqlolimiz davrida yangi davr zamon talablari asosida amalga 
oshmoqda.
“Xamsa” dostoni insonning komillikka erishuvi uchun zarur bo`lgan ma`naviy-
ma`rifiy omillar ham keng tarzdaqalamga olingan. Navoiy ana shunday komillikka 
yo`g`rilgan, yuksak xulqli kishilardan tashkil topgan jamiyat, barkamol jamiyat 


orzusida edi. Ana shunday yuksak maqsad va oliy g`oyalarini u o`z ijodida aks 
ettirdi, abadiy barhayotlikka erishdi. 


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati: 
I.
Ijtimoiy-siyosiy adabyotlar: 
1.
Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma`naviyat, 
2008. 
2.
Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat. T.: O`zbekiston. 1994. 
II.
Ilmiy va badiiy adabiyotlar: 
3.
Abdullayev V. O`zbek adabiyoti tarixi. T.: O`qituvchi. 1980. 
4.
Alisher Navoiy. Xamsa. Yangi asr avlodi. T.: 2014. 
5.
Hasanov B. Navoiy asarlari uchun qisqacha lug`at. T.: Fan 1993. 
6.
Hojiahmedova A. She`riy san`atlar va mumtoz qofiya. T.: Sharq.1998. 
7.
Hojiahmedova A. She`r san`atlarini bilasizmi? T.: Sharq.2001. 
8.
Haqqulov I. E`tiqod va ijod. T.: Fan. 2007.
9.
Mallayev N.M. O`zbek adabiyoti tarixi. T.: O`qituvchi.1976.
10.
Orzibekov R. O`zbek adabiyoti tarixi. T.: O`zbekiston yozuvchilar 
uyushmasi. 2006. 
11.
Qur`onov D. Adabiyotshunoslik lug`ati. T.: Akademnashr. 2010.
12.
Vohidov R. Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. T.: 
O`zbekiston adabiy jamg`arma. 2006 
13.
Алишер Навоий. Хайрат ул-аброр. Т.: Гафур Гулом. 2006. 
14.
Хайитметов.А. Алишер Навоий “Хайрат ул-аброр”дан. Т.: 
Узбекистон. 1983. 
15.
Каюмов А. Хайрат ул-аброр. Т.: Адабиётва сан`ат. 1977. 
III.
Ilmiy gazeta va jurnallar: 
16.
Moziydan sado jurnali.2007-yil, 1-son.
17.
Muloqot gazetasi.1995-yil, 1-son. 
18.
Til va adabiyot jurnali. 2004-yil, 1-soni.
19.
O`zbek adabiyoti va san`ati gazetasi. 2001-yil, 18-may.
IV.
Internet saytlari:
20.www.google.uz
21.www.ziyonet.uz

Download 494,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish