Va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish»


Korxonalardan ma’lumotlar to‘plash va ular ustida ishlash bo‘yicha tavsiyalar



Download 0,56 Mb.
bet45/57
Sana21.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#461366
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Bog'liq
ilmiy izlanish asoslari (1)

Korxonalardan ma’lumotlar to‘plash va ular ustida ishlash bo‘yicha tavsiyalar.


Bitiruv malakaviy ishni bajarishning o‘ta muhim va ma’suliyatli tomonlaridan biri tanlangan mavzu bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalarining ma’lumotlarini to‘plash va ular ustida ishlashdir. Malumotlarni to‘g‘ri tanlab, ularni to‘la to‘plash va tahlil etish malakaviy ishni sifatli bajarilish garovidir. Ushbu ma’lumotlarni to‘plashning asosiy qismi ishlab chiqarish amaliyoti va bitiruv oldi amaliyotlari davrida amalga oshiriladi. Bitiruv ishi uchun ko‘rsatkichlarni solishtirish zaruriyati tug‘ilsa, talaba ilmiy rahbari bilan kelishgan holda boshqa korxonalarning materiallarini ham foydalanishlari mumkin.
Korxona materiallarini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash (topshiriq va hisobot hujjatlari, malumotnomalar, tekshirish materiallari va h.k.) bilan bir qatorda talaba ular asosida qo‘shimcha hisob-kitoblar bajaradi, analitik jadvallar tuzadi va tahlillar o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida kamchiliklarni aniqlash, muammolarning yechimini topish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi. "Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish" kafedrasida asosan Xizmatlar sohasidagi yo‘nalishlarda ta’lim oluvchi talabalar bitiruv malakaviy ishlarini bajaradilar va himoya qiladilar.
Demak, bitiruv malakaviy ishning tarkibi, mazmuni va mohiyati servis muammolarini yechish hamda bunda zamonaviy xizmat ko‘rsatish texnologiyalarni qo‘llashga oid masalalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Bitiruv malakaviy ish - bu xo‘jalik faoliyatiga oid servis masalalarning yechilishiga bag‘ishlangan, mustaqil ravishda bajarilgan tugallangan ilmiy izlanishdir. Ya’ni, bitiruv malakaviy ishda xalq xo‘jalikdagi servis masalalarning yechimi talaba tomonidan berilishi zarur. Har bir ilmiy bitiruv ishlari ma’lum formadagi hujjat hisoblangan ilmiy malakaviy bitiruv ish hisoboti bilan tugaydi. Malakaviy bitiruv ishlar formal logika talabi bo‘yicha bir-biriga bog‘liq aniq, tushunarli
tushunchalardan tarkib topishi kerak.
Malakaviy bitiruv ishlariga bo‘lgan barcha talablar va ularni rasmiylashtirish qoidalari GOST-7.32.91. «Ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risida hisobot»da keltirilgan. Albatta, ilmiy hisobotni tuzish markazida, shu hujjat talablari tursada, izlanuvchi o‘z ishining harakteridan kelib chiqqan holda, ayrim korrektiv-tuzatishlar, qo‘shimchalar ham kiritishi mumkin.
Malakaviy bitiruv ishlar ilmiy yoki ilmiy-amaliy masalalarni yechishga qaratilgan bo‘ladi.
Malakaviy bitiruv ishlarda natijalarni tahlil qilib, umumiy bir xulosaga kelgandan so‘ng olingan natijalarni hisobot tariqasida, ilmiy ma’ruza, maqola va h.k. sifatida rasmiylashtirish qoladi. Materiallarni rasmiylashtirishda aniqlik, sistemalilik va ketma-ketlikka rioya qilish kerak.
Qo‘l yozmalar xat boshilarga, takrorlanmay, eskisini tugatmay yangisini boshlamaslik, uzundan-uzoq gaplarni ishlatmaslik, xulosalarni qisqacha, tushunarli va h.k. sifatida bajarish kerak.
Malakaviy bitiruv ishlarni ilmiy ma’ruza tariqasida yozayotganda qo‘yidagi umumiy reja qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi:

    1. Nomini o‘ylash (qisqacha, aniq, mazmunga mos va h.k.), uni titul varaqasiga kirgizish kerak.

    2. Mundarijasi – bunda butun ishning mazmunini sistemali ifodalash kerak.

    3. Muqaddima – ilmiy ishning kelib chiqishi, qachon, qayerda bajarilgan, yordam berganlar ismi familiyasi, tashkilotlar nomi keltirilishi kerak.

    4. So‘z boshi – bunda muallif o‘quvchini muammoga kirishiga yordamlashadi. Mazmuni dolzarbligini ko‘rsatadi, ammo faktlarni, xulosalarni ko‘rsatmaydi.

    5. Adabiyotlar sharhi (ko‘rilayotgan masala bo‘yicha).

    6. Ishning mazmuni – materiallar, metodlar, eksperimentlar natijasini umumlashtirish, izlanish xulosasi.

Yozish vaqtida aniqlikga katta e’tibor berish kerak, yangi terminlar bo‘lsa alohida tushuntirish kerak.
Agar sonli natija jadvalda keltirilgan bo‘lsa, uni matnda keltirib o‘tish shart emas. Har bir jadval o‘zining nomi, nomeriga ega bo‘lishi kerak.
Matnlar jadvallarda juda qisqacha keltiriladi.

    1. Xulosa – material oxirida, takrorlanmasdan, qisqacha yangilikka aksent berilishi kerak.

    2. Ishning oxirida qo‘llanilgan, ishlatilgan adabiyotlar manbai ro‘yxati keltiriladi. Bunda ro‘yxat ketma-ketlikda, ya’ni farmonlar, qonunlar, qarorlar, normativ hujjatlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, jurnallar va internet saytlari tartibida joylashtiriladi.

    3. Ilova – bunda asosiy matnga yordamchi bo‘lgan ikkinchi darajali jadvallar, grafiklar va boshqalar beriladi.


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish