~]
Xususiy o'quv maqsadlari
1:1
1:2
1:3
1:4
O'quv maqsadlarining tuzilishi.
22
Pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu holal, ya'ni an'anaviy o'qitish
jarayoni maqsadlari noaniq bo'lib, o'qitish natijalarini o'lehab bo'lmasligini qattiq
tanqid ostiga olganlar. Lckin an'anaviy pedagogikadagi bu holatni hech qanday
tanqid o'zgartira olmadi, chunki o'quv yurti (u bilan birga o'qituvchi ham) ijtimoi)
talabni o'ta umumlashgan holda oladi. Dcmak. jamiyat ta'lini tizimiga umumiy
tarzda bayon etilishi tabiiydir. Bu respublikamiz ta'lini tizimini takomillashtirish va
uni jahon andazalariga muvofiqlashtirishni qi\•inlashtiruvchi muhim omillardan biri
bo'lib hisoblanadi. SHuni ta'kidlash lozimki. respublikamizda ta'lim standartlarining
qabul qilinishi kadrlar tavyorlashdagi ta'lim maqsadlarini aniqlashtirishni jamiyat
miqyosida ta'minladi.
Pedagogik texnologiya tarafdorlari taklif etgan o'quv maqsadlarini aniqlash usuli
o'zining yuqori darajada o'ta amaliyligi bilan ajralib turadi. O'quv maqsadlari
o'quvchining ishonchli o'lehash va tashqaridan bilib olish mumkin bo'lgan xatti-
harakatida ifodalanib, ular o'qitish natijalari orqali shakllantiriladi. SHu bilan birga.
o'quvchilarning bu xatti-harakatlarini o'qituvchi yoki ekspert aniq kuzatib baholashi
mumkin bo'ladi.
Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo'yish uslubi
o'zining ashyoviy xususiyatiga ega, ya'ni o'qitish maqsadlari o'quvchilar harakatida
ifodalanadigan va aniq ko'rinadigan hamda o'lehanadigan natijalar orqali belgilanadi.
Aksariyat, mamlakatlarda o'quvchi va o'qituvchi maqsadlari alohida-alohida
belgilanadi. Bu mantiqan to'g'ri, chunki o'qitish pedagog va o'quvchining o'zaro
hamkorlikdagi faoliyati hisoblanadi. Bunday maqsadlar o'qituvchining faoliyatidan
kelib chiqqan holda qo'yiladi (o'rgatish, tushuntirish. ko'rsatish, aytib berish va h.
k.). O'quvchining harakatlarida ifodalanadigan natijalar esa ta'limning vazifalari
deyiladi. Vazifa talabaning xatti-harakatini ifodalovchi atama bilan ifodalanishi
shart.
Ma'lumki, fe'llar umumiy yoki aniq ma'no bildirishi mumkin. Ta'lim
vazifasini ifodalash uchun aniq ma'no bildiradigan fe'llardan foydalanish lozim.
Ta'lim vazifalarini yuqorida aytilgan darajada ifodalash ayrim hollarda juda
murakkab. Ba'zi paytlarda o'qitish maqsadlarini alohida-alohida tarkibiy bo'laklarga
bo'lib, ularning tahliliy natijasida taqqoslanuvchi o'quv maqsadlarini tuzish va ularni
test topshiriqlariga o'tka^ish qiyin kechmaydi. Ba'zi hollarda esa qismlarga bo'lish
va ulami tahlil qilish qiyin kechadi, taqqoslanuvchi o'quv maqsadini tuzish mumkin
boMsa-da. uni bajarish nihoyatda murakkab.
Bunday hollarda. B.Blum taksonomiyasiga asosan umumiy maqsadlardan
Do'stlaringiz bilan baham: |