F-. Kuchlanish
D. tok kuchi
To"g"ri javob: 1 — D. 2 — E, 3 Л. 4 — V, 5 •— В
Test topshiriqlari shakllarini to'g'ri tanlash va ularning afzalliklaridan
foydalangan holda o'quv jarayonida qo'llash bilimlarni puxta o'zlashtirishga, yaxshi
eslab qolishga hamda o'qitishni takomillashtirishga yordam beradi.
Test savollari mukammal bo'lishi uchun ulami tuzishda bir qancha talablarga
rioya qilish zarur: test topshiriqlari mazmunining o'quv materiali maqsadiga
muvofiqligi; material ahamiyatliligi; ilmiy aniqlik; izchillik; to'kislik va uyg'unlik;
o'ziashtirish darajasiga ko'ra tabaqalashtirish; samaradorlik; qat'iy belgilangan vaqt;
ixchamlik: murakkablik me'yori; to'g'ri javobda qo'shimcha belgilaming mavjud
emasligi; variantlik; shaklan va mazmunan o'zaro boqliqlik.
Ushbu test topshiriqlariga qo'yiladigan didaktik talablarning qisqacha
mazmuni quyidagilardan iborat:
O'quv maqsadiga muvofiqlik. Test topshiriqlari mazmunini o'quv maqsadiga
qaratish lozim. O'quv maqsadlari majmui ierarxik tuzilishga ega. SHuning uchun
nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib, umumiy maqsadga erishib
bo'lmaydi. Har bir test savoli ma'lum o'quv maqsadining ro'yobga chiqishini
ta'minlashi zarur.
Materialning ahamiyatliligi. Test savollariga o'quv materialining eng muhim,
asosiy qismlarini kiritish lozim.
Ilmiy aniqlik- Testga aniq, bilim orqali asoslash mumkin bo'lgan haqqoniy
ma'lumotlar kiritiladi. Fandagi munozarali qarashlarni test savollariga kiritish tavsiya
1
etilmaydi. Test topshiriqlari tabiati, asosan, avvaldan ma'lum, aniq javob berishni
taqozo qiladi.
hchillik. Test topshiriqlari ma'lum bir fanga taalluqli, umumiy bilim
mohiyatiga o'zaro bog'liq bo'lishi lozim.
To 'kislik va uyg unlik. Test topshiriqlarining umumiy soni mavzu va qismlarga
nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli.
O'ziashtirish darajasiga ko'ra tabaqalashtirish O'quv materialining ma'lum
bir tarkibiy qismiga oid o'zlashiirish darajasi turlicha (bilish, esda qolgan narsani
tasvirlash (reproduktsiya) samarali va ijodiy fikrlash) bo'lgan test topshiriqlarini
tuzish lozim.
Samaradorlik (kumiilyatixlik). Samaradorlik test topshiriqlarining borgan sari
murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat'iy emas. CHunki zamonaviy
kompyuter test tizimida navbaldagi test topshirig'i o'quvchiga awalgisini qanday
echganiga qarab beriladi. YAngi tcstda avvalgi savolga noto'g'ri javobdan so'ng,
unga nisbatan murakkab bo'lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin.
Qat'iy belgilangan vaqt. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o'ylash
uchun 2 diqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo'lmasligi lozim.
Ixchamlik. Test topshiriqlarining matni cho'zilib ketmasligi lozim. Murakkab
ko'lamli test savollarini o'zlashtirishni aniqiash zarur bo'lgan hollarda uni bir qancha
ixcham test topshiriqlariga bo'lib tuzgan ma'qul.
Til ravonligi, aniqligi, bir ma'noligi Test topshiriqlarida ko'p ma'nolik va
noaniqlikka yo'l qo'yib bo'lmaydi. Test topshiriqlarini tuzuvchilar guruhiga o'quv
fani bo'yicha tajribali pedagog va psixologdan tashqari adabiy muharrirning ham
kiritilishi maqsadga muvofiq.
Murakkablik me 'yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan
samarali bo'lishi uchun ular oddiy axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdan-ochiq
ayon bo'lmasligi lozim.
To g 'ri javobda qo 'shimcha belgilaming mavjud bo Imasligi. Test tuzishda
tajribasiz kishi tushunarli bo'lsin, degan maqsadda to'g'ri javobni boshqa javoblarga
nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. O'quvchilar bu farqni tez anglab
Do'stlaringiz bilan baham: |