Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 351 Kb.
bet3/23
Sana07.01.2022
Hajmi351 Kb.
#329528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
MARUZA MATIN OZBEKISTON

Nazorat savollari:
1.Mustamlaka so‘zining ma’nosi nima?

2.Jahonda qaysi davlatlar mustamlakachi davlat deb hisoblanadi va nima uchun?

3. Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi, deganda nimani tushunasiz?
Mavzu: Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati.

Reja:


  1. «Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo’lishi.

  2. O'zbekistonning ijtimoiy - siyosiy hayoti.

  3. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi.

Tayanch so’z va iboralar: Qayta qurish, qatag‘on, siyosat, ekstensiv, resurslar, agrar,

ma'muriy, buyruqbozlik, markaz.


«Qayta qurish» siyosati 70-80-yillarida unlng barbod bo'lishi SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sur'ati tobora pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.

Iqtisodiyot ekstensiv yo'lda tobora ko'p qo'shimcha mehnat ya moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo'lida depsinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo'lsada, xo'jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko'pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan chetda, orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to'planib qolayotgan edi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuraiashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo'lidagi urinishlarni yo'qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo'rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni kemirmoqda edi. Buyruqbozlik—boshqaruv usuli, sansalorlik, qog'ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o'z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edilar. Huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi. Xo'jalikni boshqarishda 200 mingtacha turli buyruqlar, qonunsimon hujjatlar hukmron bo'lib, ular xo'jalik xodimlarining har bir qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo'g'ar edi. Oddiy korxonadan tortib tumangacha, viloyatdan respublikagacha, respublikadan Markazgacha haqiqiy ahvolni bo'yab ko'rsatish, barcha darajadagi rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamdu sanolar o'qish rasm bo'lib qolgan edi. Oqibatda dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri, deb hisoblanib kelingan SSSRda inqirozli vaziyat shakllanib vetilgandek bo'lib qolaverdi. Respublikaning tog'-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo'lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarni avvalgidek Markaz belgilab berardi.

Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O'sha yillarda, mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, kun kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so'm zarur edi. O'zbekistonda aholi jon boshiga hisoblaganda daromadi 75 so'mdan oshmaydigan 8,8 million kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi. Qishloq aholisining atigi 50 foizi normal ichimlik suvi bilan ta'minlangan edi.

Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa yer yo'q, har besh xonadonning birida birorta ham chorva mol, 37 foiz xonadonlarda sigir, yarmisida qo'y boqilmas edi.



Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o'rta maxsus ta'limni qayta qurish borasidagi sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atigi 40 foizi maktab uchun mo'ljallab qurilgan binolarda, qolganlari esa moslashtirilgan binolarda ishlardi, ko'plari ayariya holatida edi, o'quvchilarning katta qismi ikkinchi yoki uchinchi smenada o'qir edi. O'quvchilarning yiliga 2—3 oylab qishloq xo'jalik ishlariga jalb etilishi o'quv ishlarini izdan chiqargan edi. O'quvchilar bilimi sayozlashib bordi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi. Oliy o'quv yurtlari yuqori malakali professor-o'qituvchilar bilan, zamonaviy texnika vositalari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan edi. Kadrlar tayyorlashda son ketidan quvishga yo'l qo'yildi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar to'planib bordi, ularni ma'muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urunishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o'sib borayotgan ishonchsizlik, loqaydlik kayfiyatlari asta-sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o'tkazish hollari, hatto noxush voqealar ham sodir bo'la boshladi. 1989-yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojeali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklartni o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub yerli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog'lab, o'n yillar davomida inoqlashib yashadilar. Biroq 1989-yil 20-mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashish sodir bo'ldi. Respublika siyosiy rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloq posyolkasida, so'ng Mafg'ilon shahrining mesxeti turklari zich yashaydigan qasabasida ur-yiqit, uylarga o't qo'yish, qotillik, tahqirlash, talonchilik, vahshiylik sodir bo'ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg'ona shahri, uning atrofidagi qishloqlarga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yol stansiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublikada hukumat komissiyasi tuzildi. 4-iyundan boshlab komendantlik soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo'shrnlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7 iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston tumanlariga tarqaldi. 8-iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo'shinlari tomonidan o'qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i yarador qilindi.

XX asrning 70 – 80 – yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati tobora pasayib, sarf – harajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy, oziq – ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Iqtisodiyot ekstensiv yo‘lda tobora qo‘shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo‘lida depsinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsada, xo‘jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko‘pgina mamlakatlar fan – taexnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan chetda, orqada qolib ketdi.O‘zbekistondagi poraxo‘rlik illatlari, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratinin puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar, ter to‘kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olinganlar respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. 1990 yil boshlarida “Birlik” harakati faollarining Muhammad Solihboshliq bir guruh siyosiy partiya tuzishga kirishdilar. 1990 yil 30 aprelda “Erk” demokratik partiyasining ta’sis quriltoyi bo‘ldi. 1989 yil 23 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompariyasi MQning XIV plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompariyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A.Karimov boshliq O‘zbekistonning yangi rahbariati tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi kuchayib borayotganligiga e’tibor qaratildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l olindi. 1990 yil 19 fevralda “O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan menat jamoalari o‘quv yurtlari, korxonalari va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshladi. 1990 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston SSR Mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya qabul qilindi. Deklaratsiya har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya tamoyillariga asoslanib, O‘zbekiston SSRning Davlat suverenitetini e’lon qildi. 80-yillarning o‘rtalarida boshlangan qayta qurish jamiyat hayotida jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Sobiq mamlakat, xususan, O‘zbekiston xaddan tashqari o‘zgarib ketdi. Qayta qurish, jadallashtirish shiori ostida boshlangan jarayonlar milliy o‘zlikni anglashning yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi. Pirovard natijada u mustaqillik, istiqlol g‘oyalarining ustuvor ahamiyatga ega bo‘lishiga olib keldi. Mustaqillik, istiqlol kabi muqaddas so‘zlar avval juda extiyotkorlik, xayiqish bilan e’tirof etilsa, so‘ngra u ochiqdan-ochiq amalga oshirilishi shart bo‘lgan muammo sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Ozodlik g‘oyasi 80-yillar o‘rtalarida millatchilik, SSSRni ichidan turib qo‘porish tarzida baholangan bo‘lsa, u 90-yillar arafasiga kelib ob’yektiv zarurat, ijtimoiy burch ma’nosida tushunildi. Shu ma’noda qayta qurish SSSRning parchalanishini tezlashtiruvchi omil sifatida baholanishi mumkin. Ayni paytda, mustaqillik g‘oyalari aynan 80-yillar o‘rtalarida paydo bo‘la boshladi, deyish ham xatodir. Istiqlol g‘oyasi o‘zbek xalqining ming yillik tarixida eng muqaddas tuyg‘u sifatida muxim ahamiyat kasb etgan. O‘zbek millati ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida istiqlol, erk har doim ustuvor bo‘lgan. Siyosiy ta’qiblarga asoslangan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi davrida ham millatlar aro va erkparvar ziyolilarimiz xalqning alamli dardi, xasratini bayon etganlar. Ammo uni oshkor ravishda, baralla bayon etish imkoni 80-yillarning ikkinchi yarmidagina vujudga keldi. Mustaqillik uchun kurash har bir sohada avj oldi.


Download 351 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish