MASHINA-TRAKTOR AGREGATLARINING FOYDALANISH XOSSALARI VA KORSATKICHLARI
Traktor va qishloq xo'jalik mashinalarining texnikaviy, iqtisodiy foydalanish sifat ko'rsatkichlari. Traktorning asosiy texnologik ko'rsatkichi berilgan texnologiya jarayonini bajara olish imkoniyatidir. Uning quwati va tortish kuchi ana shu texnologiya jarayonini bajarishga moslangan bo'lishi kerak. Traktor qator oralarida ishlash uchun kerakli yol tirqishiga ega bo'lishi va rostlanadigan g'ildi- raklarining eni o'simliklarni shikastlantirmaydigan darajada bo'lishi kerak. Traktorning yurish qismlari tuproqqa tasir etganda, g'ildirak (zanjir) izining chuqurligi yuza bo'lishi, shuningdek, tuproq eng kam changishi kerak.
Traktorlarning asosiy texnikaviy ko'rsatkichlari dvigatellarning quwati, yonilg'ining solishtirma sarfi, erishiladigan quwati va ilgakdagi tortish kuchi harakat tezligi, harakatlantirgichlarning shataksirashi, energiyasining ko'pligi, mak- simal tortish kuchidagi f.i.k.; qishloq xo'jalik mashinalarida esa tortish kuchidagi qarshiligi, qamrash kengligi, ish organlarini ishga tushirish uchun kerak bo'ladigan massa va quwatdir.
Texnikaviy ko'rsatkichlardan agregat tarkibini va uning ish rejimini aniqlashda foydalaniladi. Traktorlar va qishloq xo'jalik mashinalarining texnikaviy ko'rsatkich- lariga ularning eksplutatsion puxtaligi ham kiradi. Mashinalarning ish mavsumidabekor turib qolishi shu ko'rsatkichga bog'liq. Shunday qilib, bu ko'rsfl mashinalar konstruksiyasining takomillashganini ham ifodalaydi.
Qishloq xo'jalik mashinalarining asosiy texnologik ko'rsatkichlariga quyifl kiradi:
kerakli texnologiya jarayonini (tuproqqa ishlov berish. urug' yoki kocfl bir xil meyorda ekish, o'rish balandligi, donni umumiy massadan ajratish va fl zo) bajara olishi;
ish sifati (bajarish muddati, berilgan normaga mos kelishi), hosilni I to'kib yubormaslik;
jarayonni bajarishdagi nobudgarchilik yoki shikastlanishlar ko'rsat I (donni maydalanib ketishi, o'simliklarni shikastlanishi va boshqalar).
Ishlab chiqarish birligiga yoki mahsulot birligiga to'g'ri keladigan bev eksplutatsion sarf-xarajatlar mashina traktor agregatlarining asosiy iqtisodiy ко’ kichi hisoblanadi. Agregatning unumdorligi, bajarilgan ish birligiga yon; mehnat va energiya sarfi ham eng muhim iqtisodiy ko'rsatkichlarga kii Mashinalaming eksplutatsion sifatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlar o'zaro boj bo'ladi. Bulardan ko'pchiligi ish sharoitiga qarab o'zgaradi. Masalan, trakton quwati, ilgakdagi tortish kuchi va uning f.i.k. tuproq sharoitiga, tezlik rejim dvigatelning yuklanish darajasiga va boshqalarga qarab o'zgarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |