Sabzavotlarni yig'ib-terib olish. Sabzavotlami yig'ib-terib olish og'ir va ser- mehnat ishlardan biri hisoblanadi. U hali to'la mexanizatsiyalashtirilmagan va umumiy texnologiya jarayonidagi boshqa ishlardan orqada qolib kelmoqda.
Ertagi karamni tanlab uzishda POU-2,0 osma tirkama universal platformaning o'zi to'kadigan kuzoviga qo'lda uzilgan karam joylanadi. Ertagi va kechki karamni yoppasiga uzish uchun (qator oralarini 70 sm dan qilib tekis va taroqsimon joyga ekilganda) MSK-1 yangi kombayndan foydalaniladi. U 14 kN (1,4 tk) klassdagi traktorlarga agregatlanadi. Kombayn bir qatordagi karamni yig'adi, uning ish unumi 0,16 ga/s. Kombaynda 3 kishi ishlaydi. Boshpiyozni qatorlardan kovlab olib, uyumlash va qurigandan keyin transport vositalariga ortish uchun LKG-1,4 piyoz kovlagich ishlatiladi. Mashina bir vaqtda 2 qatordagi piyozni kovlaydi. Bu mashina joriy etilgandan keyin ish unumi qo'lda yig'ilgandagiga qaraganda deyarli 9 marta ortadi. Ildizmevalarni yig'ib-terib olishda SNSH-3, SNU-ZS, SNU-ZR, SNS-2M lavlagi kovlovchi va kartoshka kovlovchi mashinalardan foydalaniladi. Mashinada kovlangan ildizmevalar qo'lda bir joyga uyumlanib, konteynerga joylanadi. Konteynerlar PSH-0,4 yuklagichda transportga ortiladi. Sabzi KBSH-1 mashinada yig'iladi; bu mashinada sabzi barglarini ke- sib, so'ng o'zi kovlab olinadi. Sabzavotlar yig'im-terimi quyidagicha tashkil etiladi. Karamning ertagi navlari bir vaqtda yetilmaganligidan u pishishiga qarab tanlab uziladi. Gdktaridan 400 s dan hosil olinganda 200 kishi-soat sarfla- nadi.
Karam yoppasiga yig'ib olingach, uni mashinalarga ortish uchun TN-12 osma konveyer ishlatiladi. Konveyer osilgan traktor qator oralaridan yuradi; uning markaziy seksiyasi va oxirgi seksiyalaridan biri gorizontal holatga tushiriladi va karam yig'ib olinmagan qatorlardan yuradi. Chetdagi boshqa seksiyasi maydonning karamni yig'ib olingan qismidan yurayotgan avtomashina yoki traktor-telejka kuzovining ustiga yetadigan qilib ko'tarilgan bo'ladi. Ishchilar (har qatorda bittadan) karamni yig'ib olib, konveyerning harakatlanayotgan lentasiga qo'yadi. 12 ta ishchi karamni kuzovga bir tekis taxlaydi. Ana shunday usulda bir yo'la 12 qatordagi karam uziladi. Hosil yuqori bo'lganda yoki traktor yura olmaganda bir yo'la faqat 8 qatordagi karam yig'ib olinadi. Karam bir joyga uyuladigan bo'lsa, bir yo'la 40 ta qatordagi karamni uzish mumkin.
Yig'im-terim agregatlari moki usulida ishlaydi. Ularning yurish yo'liga qarab, konveyer tasmasining harakatlanish yo'nalishi ham o'zgartiriladi,
Boshqa sabzavotlarni yig'ib-terishda platforma mo'ljaldagi ekish sxemasiga moslanadi, qator oralari poya va palakdan tozalanadi. So'ngra sabzavot ortiladigan joy aniqlanadi, joylash uchun idish va sabzavotlarni saqlash joyiga tashish uchun transport tayyorlanadi. Platformadan sabzavot to'kiladigan joy mashina chiqib ketadigan polosa va yo'llarni, hosil miqdorini, ishchilarning mehnat unumdorligini hisobga olgan holda aniqlanadi. Qator oralari 60 sm, platformaning yuk ko'tarish kuchi 1,5 t bo'lganda sabzavot to'kiladigan joy quyidagi malumotlarga muvofiq aniqlanadi:
2.10.4 - j a d v a 1
Do'stlaringiz bilan baham: |