Kartoshka ekish. Kartoshkani erta ekish, odatda, hosilning oshishiga imkon beradi. Bn holda kombaynda kovlab yig'ib olish uchun eng qulay muddatda yetila- di. Kech ekilgan kartoshka ko'pincha fitoftora kasalligiga chalinadi, yig'ib olishda shikastlanadi, yaxshi saqlanmaydi. Kartoshka kuzgi noqulay sharoitda yig'ib olinsa. hosilning anchagina qismi nobud bo'ladi.
Kartoshkani yer yetilganda va tugunaklar ekish chuqurligida tuproq 68° gacha isiganda ekishga kirishish va uni iloji boricha, qisqa muddatda (810) kunda tugallash kerak. Shimoliy rayonlarda kartoshkani tuproq temperaturasi ancha past (23°) bo'lganda ham, janubda esa ertagi don ekinlari bilan bir vaqtda ekish mukin.
Birinchi navbatda ertagi va urug'lik kartoshka, keyin oziq-ovqatga ishlatiladi- gan hamda mollarga beriladigan kartoshka ekiladi.
Har bir hududda 1 gektar yerga malum miqdorda kartoshka tugunaklari ekiladi. Tuproq o'tmishdosh ekinning turiga solingan o'g'itlarga, tugunaklarning yirik- maydaligiga va boshqa qator shartlarga bog'liq holda muayyan hudud uchun belgilangan ekish normasida biroz o'zgarish bo'lishi mumkin.
Urug'lik kartoshka qancha mayda bo'lsa, uni shuncha qalin ekish kerak. Erta muddatlarda qalin ekish maqsadga muvofiqdir. Qalin ekilgan kartoshkaningurug'lik sifatlari oddiy usulda ekilgan kartoshkanikidan ortiq bo'ladi. Qumli va qumloq tuproqli uchastkqj^rda har gektardagi o'simliklar soni 50 ming donadan oshmasligi, ayrim uchastkalarda hatto 40 ming dona atrofida bo'lishi kerak. Qoratuproqli polosalarda tuproq-iqlim sharoiti xilma-xil bo'lishiga qaramay, gektardagi ko'chatlar qalinligi 3640 ming tup atrofida o'zgarib turadi. Sug'oriladigan dehqonchilik zonalarida 1 gektar yerga 4757 ming dona kartoshka ekiladi. Ekish qalinligini tanlab olib, quyidagi formulaga muvofiq urug'likka bo'lgan talab aniqlanadi:
Q = 0,001 ■ SqR„ kg, (2.7)
bu yerda S — maydon m2;
q — 1 gektardagi uyalar soni;
Rj — ekiladigan tugunaklarning o'rtacha vaz.ni, g .
Har gektardagi uyalar soni quyidagi formulaga, muvofiq hisoblanadi:
q = 1000/b I, (2.8)
bu yerda b — qator oralari kengligi, m;
I qatorlab ekilgan kartoshka uyalari orasidagi hisoblash masofasi, m.
Kartoshka tugunagining o'rtacha vaznini topish uchun urug'lik fraksiyalarining turli joyidan (tanlamasdan) 50 kg kartoshka olinadi va tugunaklarning umumiy soni sanab chiqiladi. So'ng og'irligi (50 kg) kartoshkalar soniga bo'linadi.
Ekish mashinalarining harakatlanish tezligi o'zgarmas bo'lganda, urug'likning haqiqiy sarflanishi (Qx) quyidagi formulaga muvofiq 23 qator nazorat ekishdan keyin aniqlanadi:
Q =q1 *10000 / b l
bu yerda q, nazorat paykalga ekilgan kartoshka miqdori, kg;
b ekadigan mashinaninig qamrov kengligi;
I nazorat paykalning uzunligi, m.
Ekish chuqurligi ham maysalar bir tekis unib chiqishiga o'simliklar yaxshi o'sishiga va hosildorlikning oshishiga tasir etadigan eng muhim faktorlardan biridir. Sovuq, nam hududlarda ekish chuqurligi yuza, yozi quruq, issiq keladigan hududlarda ancha chuqurroq bo'lishi kerak. Pushtaga ekishda tekis maydondagiga nisbatan yuzaroq ko'miladi.
Kartoshka nam tuproqqa belgilangan chuqurlikda ham tugunaklar, ham qatorlar orasidagi masofaga rioya qilingan holda ekiladi, bunda egatlarning to'g'ri chiqishiga qatiy amal qilish kerak.
Yarovizatsiya qilingan tugunaklarni SAYA-4 mashinada ekishda nishi shikast- lanmasligi va sinib ketmasligi kerak. Buning uchun taminlash cho'michlariga tugunakni kopi bilan 1/520 sm qalinlikda solish kerak. Siyrak ekilmasligi va 2 tadan tugunak tushib qolmasligi uchun kurakchalarning holati (vaziyati) tugunaklarning yirik-maydaligiga qarab rostlangan bo'lishi kerak.
Har gektarga malum miqdorda tugunak ekilishi uchun ekish apparatining aylanish chastotasini rostlash kerak. Ekish qalinligi traktorning harakat tezligi, quv- vat olish valining aylanish chastotasini va har gektarga ekiladigan tugunaklar miq- dorini hisobga olgan holda suzib oluvchi apparatlar valiga yulduzchalar o'rnatish yo'li bilan rostlanadi. Kartoshka ekadigan mashinani ekish qalinligiga moslash uchun 2.9.2-jadvalda keltirilgan taxminiy malumotlardan foydalanish mumkin.
Mashina belgilangan miqdorda kartoshka ekishga rostlanganligini tekshirish uchun egatni ko'mib ketuvchi disklar ko'tariladi va belgilangan ish tezligida 20 m yuriladi. Qator oralari 70 sm bo'lgan egatlarda 14,3 m, qator oralari 60 sm li egat- larda 16,88 m uzunlikdagi joyga ekilgan tugunaklar sanab chiqiladi. So'ngra tugunaklar sonini 100 ga ko'paytirib, 1 gektar yerga ekiladigan kartoshka miqdori topiladi. Har bir qator uchun alohida shunday hisob qilinadi. Agar mashina belgilan- gandan kam tugunak eksa, tishlari ko'p bo'lgan yetakchi yulduzcha o'rnatiladi, ekish qayta tekshiriladi. Agar mashina katta yulduzcha bilan ishlaganda ham yaxshi natija bermasa, agregatni oldindan belgilangan tezlikda yurgizish kerak, chunki boshqa tezlikda ishlasa, ekilgan tugunaklar soni o'zgarib qoladi.
2.9.2 - j a d v a 1
Do'stlaringiz bilan baham: |