Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navbahor tumani kasb-hunar maktabi "tasdiqlayman"


Agregatning ishini tashkil etish va ish sifatini nazorat qilish



Download 17,52 Mb.
bet207/244
Sana05.01.2022
Hajmi17,52 Mb.
#318172
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   244
Bog'liq
mashina tarktor O'MT

Agregatning ishini tashkil etish va ish sifatini nazorat qilish. Makkajo'xori ekishda aniq kvadratlar hosil qilish uchun seyalkaning klapanlari bir vaqtda ochi- ladigan qilib to'g'ri sozlanishi kerak.

Ekish oldidan ekish apparatlarining qanday ishlashi yana bir marta tekshirib ko'riladi. Shu maqsadda dalada nazorat tariqasida ekib ko'riladi. Agregat birinchi yurishi uchun quyidagi tartibda chiziq tortiladi. Agregat ish joyiga shunday yurgizib keltiriladiki, bunda reja simining g'altagi dalaning yon chegarasi tomonida bo'ladi, o'zi esa paykal boshlanishidan 17—20 m narida to'xtaydi. Keyin traktorchi chap bo'shatgich qoziqni dalaning yon chegarasi chizig'iga burchakdan 8 m uzoqlikda o'rnatib qo'yadi, qoziq trosining ilgagiga reja simining birinchi shaybasini qo'yadi va oltinchi shaybasini belgilaydi. Agar reja sim osilib qolsa, g'alta^rjj aylantirib taranglanadi. Shundan keyin traktorchi chap markyorni tushiradi, tuguntutgich vilkasini bog'laydi, seyalkani ish holatiga keltiradi va birinchi tezlikda yurgiza boshlaydi, bunda reja simi g'altakdan chiqa boshlaydi. Agregat birinchi o'tishda makkajo'xorini bir yo'la qatorlab ekib ketadi.

Traktorchi paykal oxiriga yetgach, agregatni to'xtatadi, seyalkadagi reja simi o'ralgan g'altakni olib qo'yadi. Reja simini uzadi va tuguntutgich vilkasini bo'sha- tib qo'yadi. So'ng u agregatni orqaga qaratib traktorning oldingi chap g'ildiragi bilan dalaning ko'ndalang chegarasidan 17 m narida markyor chizgan izi bo'yicha dalaga kirib keladi. Ikkinchi bo'shatgich qoziq agregatning chap tuguntutgich orqasiga dalaning ko'ndalang chegarasidan 8 m qochirib qoqiladi va oltinchi shay- ba belgilab qo'yiladi. Reja sim chap tuguntutgichga bog'lab taranglanadi va bo'shatgich qoziq uzil-kesil mahkamlanadi. Markyor tushirilib, seyalka ish holatiga keltiriladi va agregat ikkinchi marta ish tezligida yurgiziladi. Bu o'tishda urug' ekish chuqurligi, uyalarga tashlanayotgan urug' soni va ko'ndalang qatorlargauyalar to'g’ri chiziq bo'ylab joylashayotganligini tekshirish uchun agregatni - necha marta to'xtatish kerak. Bundan tashqari, uyalar reja simi shaybasiga nisbat. и qanday joylashayotganligi ham tekshiriladi va sozlanadi. v

SKNK-6 seyalkada ekishda reja simini diagonal bo'yicha ko'chirishda un..’ shayba qarshisiga ekilmay, balki tuguntutgichning oldidagi vilkasi bilan hosil qilir- gan uyalar shaybadan 10—12 sm orqada (seyalka yo'nalishi bo'yicha), SKNK-* seyalkada ekishda esa 12—14 sm oldida joylanishi kerak. Agar uyalar reja siminir. shaybasi qarshisida joylashadigan bo'lsa, u vaqtda tuguntutgich ilgarilanish qi\- matiga sozlanadi.

Traktorchi paykal oxiriga yetganda reja simining belgilangan oltinchi sha\- basi tuguntutgich vilkasiga to'g'ri kelganda uni bo'shatadi va seyalkani transpc- holatiga o'tkazadi. So'ng agregatni orqasiga qaytarib, uni oldingi o'ng g'ildirag bilan belgilangan shayba qarshisida markyor chizig'i bo'ylab harakatlantirac ~ Shundan keyin bo'shatgich qoziq sug'urib olinib, o'ng tuguntutgichning orq_ tomoniga o'rnatiladi. Reja simi tuguntutgichga o'rnatib taranglanadi va qozic uzul-kesil qoqib mahkamlanadi. So'ng chap markyorni tushirib, seyalka uchin- chi o'tishda davom etadi. Bunda ham traktorchi uyalarning tutash qator oralaridagi ko'ndalang qatori ikkinchi o'tishda hosil qilingan ko'ndalang qator- larga qanchalik to'g'ri kelishi tekshiriladi. *Agar tutash qator oralarida qatorlar mos kelmasa, traktorchi ishlayotgan tuguntutgichni qayta o'rnatadi, so'ng bar­cha ish takrorlanadi.

Shakli noto'g'ri bo'lgan uchastkalarda reja simi uzaytiriladi yoki qisqartiriladi Uzaytirilgan reja simi bilan ishlashda u oldindan zapas qilinadi. Buning uchur bo'shatgich qoziqqa birinchi shayba emas, balki 30—40 yoki qancha zapas kerak bo'lishiga qarab, boshqa sondagi shayba qo'yiladi.

Agar paykalning ko'ndalang chegarasi uning bo'yiga perpendikular bo'lmas- dan, bo'shatgich qoziq har gal ko'chirilsa u dala chetidan uzoqlashib borsa, reja simi zapas hisobiga uzaytiriladi, shundan so'ng qoziq dala chetidan 8 m masofada qoqiladi va oltinchi shayba qaytadan belgilanadi. Qisqartirilgan reja simi bilan ham xuddi ana shu tartibda ishlanadi.

To'rt-beshta ko'ndalang yondosh T shaklida o'tishdan keyin qatorlarning uyalar markazining umumiy o'q chizig'idan chetlanishi ko'pi bilan 6 sm bo'lishi. agregatning har galgi o'tishida uyalarning chetlashishi esa ±0,5 sm dan oshmasligi lozim.

Kvadratlarning aniq chiqishi bo'shatgich qoziqlarning to'g'ri ko'chirilishi va joylashtirilishiga ma’lum^arajada bog'liq. Agregat har gal burilgandan keyin qo- ziqni o'rnatishdan oldin trosni barabanga bir qavat qilib, tuguni yo'naltirgichning qulog'idan 10—12 sm orqada qoladigan qilib o'rash kerak. Trosni barabanga bir qavat qilib o'rash unga o'rnatilgan cheklov plankasi yordamida ta’minlanadi; planka shunday o'rnatiladiki, u bilan baraban oralig'idagi zazor trosning yo'g'onligiga teng. v

Qoziqni ko'chirib o'tkazishdan oldin qulf qurilmasining sobachkasi baraban xrapovigiga tushiriladi. Reja simini silkitmasdan qoziq ohista ko'chiriladi. Qoziqni o'rnatishda qulf qurilmasi sobachkasini ko'tarib reja simi tortiladi. qoziq oldiga qiyalatib o'rnatiladi, keyin asta-sekin to'g'rilanadi. Simni tekislaganda baraban trosni qo'yib yuborsa, uning tarangligi to'g'ri rostlangan hisoblanadi. Ramkani oyoq bilan bosib, qoziq oldingi plankasi tirgagi tuproq yuzasiga tekkuncha kiriti- ladi.

Markaziy steijen (o'q) pastki qismining uzunligi tuproqning holatiga qarab har xil bo'ladi. Yengil qumli tuproqlarda markaziy steijenning tuproc^pkiritiladigan qismi uzunroq bo'ladi, zich tuproqli yerlarda biroz qisqartiriladi. Bo'shatgich qo­ziqni to'g'ri o'matishda ramkani paykalning bo'yiga nisbatan perpendikular holda, plankani esa oldiga qaratib o'rnatish kerak.

Agregat harakatlanganda barabandan tros o'ralib chiqmasligi va reja simi surilmasligi uchun bo'shatkich qoziq qoqilgandan keyin sobachka baraban xrapovigiga tushiriladi. Qulf qurilmasi kronshteynining jag'i xrapovik toretsiga siqib qo'yilgan bo'lishi kerak.

Qoziqlarning to'g'ri o'rnatilganligi qoziqchalar yordamida tekshiriladi, ular qoziq har gal ko'chirilgandan keyin reja simining birinchi shaybasi yoniga o'rnati­ladi. Agar qoziqchalar to'g'ri chiziq hosil qilsa, bo'shatgich qoziqlarning holati to'g'ri keladi.

Agregat buriladigan maydonlarga reja simi tortmasdan urug' qatorlab ekiladi. Bunda awal dalaning agregat oxirgi ish o'tishdan oldingi o'tgan joyi ekiladi. Buning uchun reja simi bo'shatilib dalaning o'zida qoldiriladi, tuguntutgich vilka- sining biri orqaga itarib qo'yiladi va ana shu holatda mahkamlanadi.

Burilish maydonchasiga urug' ekilgandan keyin reja simi g'altakka o'raladi. Buning uchun simning bir uchi bo'shatgich qoziqning trosidan chiqarib yuboriladi va g'altakdagi qolgan simga ulanadi va joylashtirgich diskiga tashlanadi. Keyin g'altakni ish holatiga ko'chirib, oxirgi paykalga urug' oddiy qatorlab ekiladi. Agregat birinchi uzatmada oxirgi qatorni ekishi vaqtida reja simi bir yo'la g'altakka o'raladi. Shundan so'ng ikkinchi burilish maydonchasiga urug'lik ekiladi.

Punktir usulida ekishda SKNK-6 va SKNK-8 seyalkalar ishlatiladi. Punktirning uzunligiga qarab (160—550 mm) ekish apparati vali yuritmasiga va tayanch g'ildiraklariga almashinuvchi yulduzchalar (z = 6; 8; 10; 11) o'rnatiladi. Taqsimlagich В qisqich yordamida o'rta holatga qo'yiladi, bunda ekiladigan urug' soshniklarning o'ng va chap kanallariga erkin tushaveradi. Chap tuguntutgichning vilkasi chap va o'ng klapanlar maksimal bir xilda ochilishini ta’minlaydigan daraja- da orqaga surib qo'yiladi.

Yaqinlashtirilgan punktir usulda ekish uchun reja simi bo'lmagan odd .« kvadrat-uyalab ekadigan seyalkalardan foydalanish mumkin, bunda tuguntutgich- lardan birining (o'ng yoki chap) vilkasini soshniklapning klapani ochiq holda tura- digan qilib orqaga surib mahkamlab qo'yiladi. Osma seyalkaning yuqorida;:: taqsimlash klapanlari chap holatda mahkamlab qo'yiladi yoki olib tashlanadi.

Punktir usulida ekishda agregat 2,22—2,5 m/s tezlikda yurishi kera'x. Agregatning ish unumini oshirish va traktorni to'la nagruzkada ishlatish maqsadid- soshniklar sonini yana ikkitaga ko'paytirib, seyalkaning ish unumini oshirisr maqsadga muvofiq. Buning uchun qo'shimcha ikkita soshnik o'rnatish maqsadic. olti qatorli seyalkaning brusi uzaytiriladi.

Ish unumini oshirish va ekish ishlari tannarxini kamaytirish uchun agregatlarg^ xizmat ko'rsatishni to'g'ri tashkil etish eng kam mehnat sarflab, urug' va o'g'itn o'z vaqtida yetkazib berish katta ahamiyatga ega.


Download 17,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish