Agregatning ishini dalada tashkil etish va ekish sifatini nazorat qilish~ Agregatni daladan dastlabki marta o'tkazib sinab ko'rganda seyalkaning traktorga nisbatan turish holatiga etibor berish, chigitning ko'milish chuqurligini to'qrilash, barcha soshniklarning chigit ekish va o'g'it sepish normasini tekshirish, egat olgichlarning yurish chuqurligini rostlash, uyalab ekish usulida uyalar oralig'i belgi- langanidan chetga chiqqan-chiqmaganligini tekshirish va marker uzunligini ke- ragicha o'zgartirish zarur.
Seyalkaning traktorga nisbatan turish (joylashish) holati agregat to'xtatilgandan keyin tekshiriladi, buning uchun seyalka ramasidan traktor g'ildiragigacha bo'lgan masofa o'lchanadi.
Strelka qiyshiq o'rnashgan bo'lsa, traktor osma moslamasining blokirov- kalovchi tortqilari uzunligi o'zgartiriladi. Ayni vaqtda seyalkaning bo'ylama vertikal yo'nalishda to'g'ri joylashganligi ham tekshiriladi; agar qiyshaygan bo'lsa, osma moslamaning markaziy tortqisi uzunligi keragicha o'zgartiriladi. Seyalka yengil tuproqli yerlarda ishlatilganda uni orqaga salgina (50 gacha) qiyalash tavsiya etiladi. Bunda soshnikning polozlari tuproqni surib ketmaydi va soshniklar ancha turg'un harakatlanadi.
Zagortachlarning (ko'muvchi ish organi) ishlash chuqurligi prikatkalarning (zichlash g'ildiragi) joylashish balandligini o'zgartirib rostlanadi. Bu chuqurlik chigitning ko'milish chuqurligiga taxminan teng bo'lishi, lekin undan katta bo'lmasligi lozim. Agar zagortachlarning ishlash (tuproqqa botish) chuqurligi yetarlicha bo'lmasa yoki seyalka ishlatilayotgan vaqtda o'zgaraversa zagortachning prujinasini stoykaning yuqoridagi teshigiga ko'chirib qo'yish kerak. Zagortach normal ishlaganida chigitlarni shunday qalinlikda ko'mib ketadiki, prikatkalar bu tuproq qatlamidan balandligi 23 sm keladigan va ko'ndalang kesimi uchburchak shaklida bo'lgan pushta (marza ) hosil qila oladi.
Seyalkaning barcha ko'muvchi ish organlarini sozlab bo'lgandan keyin chigitning ko'milish chuqurligini uzil-kesil tekshirish tavsiya etiladi; buning uchun chigit ekilgan egatcha ochilib, egatcha tubidagi chigitdan pushtaning tepasigacha bo'lgan oraliq o'lchab olinadi.
Chigit ekish normasini tekshirib ko'rish uchun ekish apparatlariga avvalo chigit to'ldiriladi, keyin chigitni ko'mib ketadigan ish qismlari ko'tarib qo'yiladi, seyalka shu holida 1520 metr masofaga haydab boriladi.
Egat olgichlarni shunday sozlash kerakki, ochilgan egatlarning chuqurligi 1012 sm ga teng bo'lsin, egat olgichlarning qanotlaridan tushayotgan tuproq prikatkalar hosil qilayotgan pushtalarni ko'mib ketmasin.
Ish qismlarining sozligini tekshirish maqsadida seyalkani ishlatib ko'rgandamarkerlarning uzunligini to'g'rilash kerak. Agregatning bo'ylama o'qidan marker egatchasining o'rtasigacha bo'lgan masofa seyalkaning bir galgi qamrash kengligiga teng bo'lishi lozim.
Dalada agregat qayrilish joylariga va paykallar chetiga chigit ekish uchun STX-4A seyalkasi qatorlab ekishga moslanadi, buning uchun har bir diskli ekish apparatini vertikal o'q atrofida 180° ga burib, shu holatida soshnikka mahkamlab qo'yish kerak. Shunda apparatni chigit tushadigan darchasi soshnik bo'shligi tepasida joylashadi. Bundan tashqari, apparat devorchasidagi darcha qopqog'ini ochish kerak. Ochilgan darchadan soshnikka qo'shimcha miqdorda chigit tushib turadi. Apparatlarni ishga tushirish uchun seyalkaning chap g'ildiragidan harakat uzatuvchi yuritma ulanadi. Qatorning har bir metriga kamida qirq dona chigit eki- lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |