O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KUMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi “KAKT” fanidan
1-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Konvergent va uftt tarmoqlarida abonent terminallaini raqamalash tamoyillarini o’rganish.
Gurux: NGC001-L1
Tekshirdi: Komilov R.K.
Bajardi: Ro’ziyev Sarvar
TOSHEKENT 202
1-Amaliy mashg‘ulot
KONVERGENT VA UFTT TARMOQLARIDA ABONENT TERMINALLAINI RAQAMALASH TAMOYILLARINI O’RGANISH
Mashg‘ulot maqsadi va mazmuni
Aloqa tarmoqlarini, ularni turlarini telefon tarmog‘ining telekommunikatsiya tarmog‘idan farqini, qit’alararo, milliy, xududiy, maxalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini hamda O‘zbekiston va Toshkent telekommunikatsiya tarmoqlarini qurilish tamoyillarini, numeratsiya tizimini o‘rganish.
Nazariy qism
Tarmoqlarni qurilish tamoyillari va numeratsiya tizimi Aloqa tarmoqlari Aloqa tarmoqlari abonent terminallari orasida axborot uzatish maqsadida yaratilgan. Aloqa tarmoqlari ikki kategoriyaga bo‘linadi: kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan. Agar ikki abonent orasidagi axborot uzatish vaqtida hosil qilinsa, bunday tarmoq kommunikatsiyalanadigan tarmoq deb ataladi. Kommutatsiyalanmaydigan tarmoq faqat ikki yoki bir necha aniq abonentlar orasida axborot uzatish uchun mo‘ljallangan traktga ega. Aloqa tarmoqlari axborot uzatish traktini hosil qilish uchun ishlatilgan kanallar turi bo‘yicha bo‘linadi. Ular bir-biridan uzatish tezligi bo‘yicha imkoniyatlari qarab farqlanadi. Aloqa tarmoqlari umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga bo‘linadi. Umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga umumdavlat tarmog‘i kiradi. Muassasaviy va lokal tarmoqlar ochiq va berk bo‘lishi mumkin, ya’ni umumdavlat tarmoqlarini chiqa oladigan va chiqa olmaydigan. XX asrgacha abonentlar orasidagi axborot turiga qarab aloqa tarmoqlari telefon, telegraf ma’lumot uzatish, eshittirish, televidenie radio uzatish va boshqa tarmoqlariga bo‘lsa bo‘lardi. Har bir axborot turiga o‘z tarmog‘i yaratilgan. Telefon aloqa tarmog‘i real vaqtda nutq axborotini uzatishga mo‘ljallangan. XXI asr axborotlashtirish asri hisoblanadi. Fan va texnika, bozor, iqtisodiyoti o‘sishi bilan foydalanuvchilar orasida uzatilayotgan axborot hajmi oshadi. Shuning uchun uzatish turini oshirish va tarmoqni integratsiyalash maqsadida aloqa tarmoqlarini raqamlashtirish boshlanadi. Shunda telekommunikatsiya degan atama paydo bo‘ldi. Telekommunikatsiya (telekommunications) so‘zi masofada aloqa qilish muhitini (ya’ni axborot bilan almashinuvini) bildiradi va bunday axborot bilan almashinuvini xar xil usulini amalga oshiruvchi texnologiyalar majmuasi tushuniladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, diskret axborotlar ma’lumotlar bilan almashinuvi, shu jumladan kompyuter tizimlari orasidan almashinuvi tushiniladi. Ba’zi bir territoriyada telefon aloqasini ta’minlovchi qurilmalar va inshootlar majmuasi telefon tarmog‘i deb ataladi. Bunday tarmoq tarkibiga kommutatsiya qurilmalari, liniya inshootlari, telefon apparatlari va operator pultlari kiradi. Evolyusiya jarayonida telefon tarmog‘i quvvatli infro tuzilmasi raqamli telekommunikatsiyaning tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. Bunda nutq uzatilayotgan ma’lumotlarning bir turi bo‘lib qoldi. Umum foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘i an’anaviy xalqaro, shaharlararo, xududiy, mahalliy bir-biridan farqlanadi. Umum foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlariga majburiy talablar: butun mahalliy, milliy, regional tarmoqlar orasida to‘liq bog‘liqlik. Bundan tashqari, xohlagan abonent bilan bog‘lana olish, milliy, regional darajasida ma’lumotlar uzatish imkoniyati, ularni kommutatsiya va himoyasini olish kerak. Tarmoqlar umumiy texnik va foydalanish qoidalari hamda talablari asosida qurilishi kerak. Asosiy talablar quyidagilardan iborat: – Tarmoqlarning tuzilishi oddiy va uni qurish hamda undan texnik foydalanish xarakatlari kam bo‘lishi kerak; – Tarmoqda abonentlar orasidagi aloqa tez va xatosiz amalga oshirilishi kerak; – Tarmoq mustahkam va ishonchli bo‘lishi kerak. Bunda tarmoqning mustahkamligi uni tashkil etgan elementlarning ichki omil ta’sirida ishdan chiqish extimolligini, ishonchligi esa tashqi muhit ta’sirini ko‘rsatadi; – Tarmoqda aylanma yo‘llarni hosil qilish imkoniyati bo‘lishi kerak. – Signallarni kamaytirish me’yori axborotni uzatish zanjiri va uning alohida qismlarida bajarilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |