Va kommunikatsiyalarinirivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi


-mavzu: “Etika” fanining predmeti va jamiyat



Download 0,73 Mb.
bet61/146
Sana08.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#330439
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   146
Bog'liq
Falsafa O`UM 2021-2022

13-mavzu: “Etika” fanining predmeti va jamiyat

hayotidagi ahamiyati. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari,

uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni -2soat
Reja:


  1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm ta’limotining axloqiy ahamiyati.

  2. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lishi. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.

  3. Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri.

  4. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarining o‘rni.

Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo'lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro'poda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo'llar edik. Uni birinchi bo'lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo'ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga - etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa - san'at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta'limotni fan darajasiga ko'targanlar va “Etika” (taethika) deb ataganlar.

Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiqdir. «Axloqshunoslik» axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o'rganadi.

«Axloq» so'zi arabchadan olingan bo'lib, «hulq» so'zining ko'plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob'ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe'1-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo'lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.

Axloqshunoslik faninig turli ijtimoiy omillari mavjud bo'lib, ularga guyidagilar kiradi: tarbiyaviy, axloqiy va xulqiy.

Axloqshunoslik faning rivojlanishida odob, xulq, axloq so'zlari o'z o'rniga egadir. Ular quyidagi ta'riflarda ifodalanadi.

Odob - inson haqida yoqimli ta'ssurot uyg'otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo'lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o'z ichiga oiadi.

Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko'y miqyosida ahamiyatli bo'lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.

Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo'la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig'indisidir. Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o'tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro'parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O'tiring, otaxon!» deb joy bo'shatsa, u chiroyli a'mol qilgan bo'ladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo'yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o'zini mudraganga solib, qariyaga joy bo'shatmasa, g'ashimiz keladi, ko'nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o'tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg'otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo'shatgani yoki bo'shatmagani oqibatida vagondagi yo'lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o'zgarish ro'y bermaydi.

Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo'ni-qo'shnilarning barcha ma'rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo'lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko'ngil, ochiq qo'l, doimo o'z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a'zolariga mehribon va h. k. Unday odamni biz hushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo'lsa, u qo'ni-qo'shnilar bilan qo'pol muomala qilsa, to'y- ma'rakalarda janjal ko'tarsa, sal gapga o'dag'aylab, musht o'qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba'zi shaxslar jabr ko'radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta'sir o‘tkazmaydi.

Axloqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: deylik, bir tuman yohud viloyat prokurori o'zi mas'ul hududda doimo qonun ustuvorligini, adolat qaror topishini ko'zlab ish yuritadi, lozim bo'lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida na faqat o'z kasbini e'zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi. U - umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag'ishlagan yuksak axloq egasi; u, o'zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo'ladi, o'sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi bo'la turib, o'zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo'lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo'ladi: oddiy fuqoro nazdida birgina kishi prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg'onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o'sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi.

Albatta, bu uchchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o'z yakka hukmronligi yo'lida millionlab begunoh insonlarni o'limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Hitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojealarga olib keladi.

Bu o'rinda shuni alohida ta'kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik-xushxulqlilikka, xushxulqlilik - yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo'lga qo'yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan - badxulqlilikka, badxulqlilikdan - axloqsizlikka o'tishi mumkin.

Shunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va nisbiylikda o'rganadi.

Axloqshunoslik qadimda fizika va metafizika bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan so'ng) alohida falsafly yo'nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma'lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chiqqan holda, falsafaning tadqiqot ob'ektini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq. Axloqshunoslik axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Shu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafsi deb atash mumkin.

Hozir u falsafly fan sifatida uch yo'nalishda ish olib boradi, ya'ni axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etar ekan, u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o'rgatadi. Shunga ko'ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va rasmona-me'yoriy tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero sof nazariy axloqshunosliknmg bo'lishi mumkin emas. U insoniyat o'z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o'rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi. Ya'ni, axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, Sitseron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, G'azzoliy, Spinoza, Kant, Hegel, Shopenhauer, Foyerbax, Kirkegaard, Nitsshe, V. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta'limotlar bilan birgalikda «Patanjali», «Qobusnoma», Sa'diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul - qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag'ishlangan asarlar ham o'z mustahkam o'rniga ega.

Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o'ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning omuxtaligidadir. Keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik ko'proq insonning o'zi, o'zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini tahlil etish bilan shug'ullangan, uning tabiatga bo'lgan munosabati diqqat markazidan chetda qolib kelgan. Lekin, keyingi davrlarda, ayniqsa, XX asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondoshuvlar oqibatida paydo bo'lgan ekologik buhron manzarani o'zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar ko'proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai-nazarlariga bog'liq ekani ma'lum bo'lib qoldi.

Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etish axloqshunoslikka borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu - axloqshunoslik ekologiyani to'liq o'z ichiga oladi, degan so'z emas. Chunki bunda axloqiy baholash va boshqarish ob'ekti sifatida tabiatning o'zi emas, balki odamning tabiatga bo'lgan munosabati maydonga chiqadi.

Shu o'rinda Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovniing quyidagi qimmatli fikrlarini keltirish joiz: «Aslini olganda, axloq - ma'naviyatning o'zagi», «Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomalalikdangina iborat emas. Axloq - bu, avvalo, insof va adolat tuyg'usi, iymon, halollik degani». Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik ko'rinishlariga loqayd qarovchilarga va axloqshunoslikni yengil-yelpi, ikkinchi darajali fan sifatida tushunuvchilarga adolatli zarba bo'lsa, ikkinchi tomondan, axloqning yangi jamiyatimizdagi ulkan mavqeini hamda axloqshunoslikning jiddiy nazariy tadqiqotlarga suyanishi kerakligini ta'kidlaydi. Zero hozirgi sharoitda totalitar tuzum ta'qiqi yohud ta'qibiga uchragan milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar hamda qadimiy urf-odatlarimiz, an'nalarimiz yangi zamon ma'naviy qadriyatlarini yaratishda asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Ana shu yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o'z o'rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas'ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo'lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo'ladi. Ayni paytda, ularni axloqshunoslik fani oldida turgan vazifalarning bir qismi, ta'bir joiz bo'lsa, milliy axloqshunoslik vazifalari deb atash mumkin. Zero fanimizning hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, u haqida alohida to'xtalmaslikning iloji yo'q. Ulardan biri, eng muhimi sayyoramizda «etosfera» - axloqiy muhit davrini yaratish bilan bog'liqdir.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish