Va kommunikatsiyalarinirivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi


Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy mohiyati



Download 0,73 Mb.
bet62/146
Sana08.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#330439
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   146
Bog'liq
Falsafa O`UM 2021-2022

Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy mohiyati

Gedonizm (grech. hendone — lazzatlanish) — qadimgi davr falsafiy tushunchalaridan biri sifatida ko‘ngilocharlik, huzurlanish ma’nolarini beradi. Qadimgi davr axloqshunosligida gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti) hayotning ma’nosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham iborat degan ta’limotni ilgari surar edi. Hozirgi davrga kelib esa bu tushuncha akasariyat holda o‘zida xudbinlik, «nafs quliga aylanish», «boylik, shuxrat ketidan quvish» kabi ma’nolarini ham anglatmoqda.

Gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti)— bu o‘ziga xos hayotga bo‘lgan yondoshuv bo‘lib, hayotda asosiy maqsadning birinchi pog‘onasiga lazzatlanish va huzurbahshlik qo‘yiladi. Bunday qarashlarning ibtidosi qadimgi yunon faylasufi Aristipp Kirenskiyning ta’limotlariga borib taqaladi. Faylasuf axloqshunoslikning yaxshilik tushunchasiga nisbat berar ekan, uni huzurbaxshlik bilan bog‘laydi. YA’ni nima insonga huzur baxsh etsa shu yaxshilikdir degan xulosaga keladi. Bunday xulosa o‘sha davrning aksariyat olimlarining bu yondoshuv ketidan ergashishiga va gedonchilar yo‘nalishini paydo qilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. SHu tariqa ijtimoiy tartiblar erkinlik va o‘zini to‘liq namoyon qilishni cheklaydigan shartlar sifatida qarala boshlandi.

Yillar osha bu qadimgi tushuncha global ahamiyatga molik axloqiy masala sirasiga kira boshladi. Dunyo miqyosida hozirgi kunda huzurbaxshlik ta’limotining ta’siri kun sayin kuchayib bormoqda. YAshashga bo‘lgan intilish ashyoviylik, moddiylik bilan yo‘g‘rilib, insonlarni elkasiga yanada og‘irroq bo‘lgan yuklamani ortmoqda. Natijada zamonaviylik «hayotdan to‘liq zavq olish» shiori ostida uni yanada yorqinroq, chiroyli va dabdabali kunga aylantirishga intilish kuchaydi. «Sabr», «shukr», «minnatdorchilik», «kelajakka umid» degan tushunchalar nozamonaviylik, noreallik tarzida qabul qilinyapti. Bunda eng yaxshi hayot tarziga ega bo‘lish eng yaxshi narsalarga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Qimmatbaho buyumlar, mazali taomlar, eng yaxshi moddiy ta’minot baxtning belgisi sifatida namoyon bo‘lar ekan, axloqiy anglash muammosi bu borada qay darajada muhim ekanligini belgilaydi.

Shu jihatdan ham, hozir ushbu ta’limot sog‘lom va nosog‘lom turlariga ajrala boshladi. Nosog‘lom turi nafaqat o‘zini, balki boshqalarning ham hayoti, ya’ni yashash tarziga «halaqit» beradi. Aynan moddiy etishmovchilik tufayligina boshqa insonlarni qadrini, oriyatini, izzatini oyoq-osti qiladi. Ularni tahqirlaydi. Insonning mohiyati emas, uning tashqi ko‘rinishi, u bog‘langan va foydalanayotgan narsalariga bo‘lgan qiziqishning kuchliligi, Kamyu tili bilan aytganda ob’ektni sizdan «begonalashuviga» olib keladi. Biz o‘zimiz bilmagan holda uni nafratiga sabab bo‘lamiz. Unda o‘zini, yoki boshqalarni o‘limiga intilish hissini uyg‘otamiz.

Gedonizm ta’limotining sog‘lom turi boshqalarning hayotini ham yaxshi o‘tishiga to‘sqinlik paydo qilmaslikdir. Misol uchun, siz jamoat transportida ketyapsiz. Qulog‘ingizga uyali aloqa vositasining quloqqa taqadigan jihozini (quloqchin) taqib musiqa eshitib ketyapsiz. Ammo bu jihozlar aksariyat holda sifatsizi tanlanadi – ya’ni siz eshitayotgan musiqani shovqinli, asabga qattiq tegadigan ovoz chiqaradiganidan olgansiz. Siz ertalabki tiqilinchni sezmaslik, o‘zingizda yaxshi kayfiyatni uyg‘otish uchun qo‘shiqdan huzur qilsangiz, atrofdagilarning asabi buziladi. SHundoq ham qiyinchilik tug‘dirayotgan bu sharoit yanada og‘irlashadi. Sizni bekatdan tushib qolishingizni istaydilar. Huzurbaxshlik ta’limotini sog‘lom turi insonning o‘z burchini his qilishi, boshqalarni erkiga, izzat-nafsiga tegmaslikni talab qiladi. Bu zamonaviylikni faqat yaxshilik bilan bog‘liq xususiyatlarini o‘zida mujassam qilishni, turmush go‘zalligini, inson go‘zalligini, atrof-muhitni go‘zallashtirish, hayotni ma’nosini to‘laqonli bo‘lishiga intilishda ko‘rinadi.

Gedonizm axloqshunoslikning huzurbaxshlik yo‘nalishi bo‘lib, unda hayotning maqsadi hayotning yuksak ne’matlariga intilish va undan lazzatlanib, zavqlanib yashash bilan belgilanadi. SHu jihatdan ham qadimgi davr faylasuflaridan bejizdan Antisfen: «mehnat orqasidan keladigan farog‘atni talab qilish kerak, undan oldin keladiganini emas» degan fikrni aytgan emas.

Aslida huzurbaxshlik ta’limotiga ergashish salbiy xususiyat kasb etmaydi. Insonni hayot qiyinchiliklaridan o‘tishda uning mehnati samarasi katta ahmiyat kasb etadi. Turli ruhiy, jismoniy zo‘riqishlarga uchragan insonga ruh bag‘ishlaydi. Mehnat estetikasi inson mehnat jarayonida zavqlangani uchun ham mehnatga intiladi, unda o‘zini erkin va komil his qiladi degan fikrni ilgari suradi. Zotan mehnatda inson o‘zining asosiy mohiyatini topadi: u yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa estetik zavq baxsh etadi. Ammo nafsni cheklashga intilish maqsadida asketizm bilan bog‘lik g‘oyalarni ilgari suradigan shunday rahnamolar ham bo‘lganki ular tarixda o‘z nomiga dog‘ tushiradi. Ular orasida diniy rahnamolar, siyosiy arboblar ham ko‘p uchragan. Misol uchun, Lenin, Stalin kabi «mehnatkash xalq rahnamolari» ittifoq kelajagi uchun xalqni o‘z ehtiyojlaridan voz kechishga chaqirgan bo‘lasalar-da, o‘zlari bu kelajakni «kutib o‘tirishga sabri etmay» xalq hisobidan hayotdan lazzatlanib yashaganlar. Misol uchun, Rossiya, Moskva va Peterburgda ishchilar o‘z joni va oilasini garovga qo‘yib, qon to‘kib, jon berib Lenin g‘oyalarini amaliyotga qo‘llashga intilishayotgan bir paytda, ishchilar rahnamosi o‘z oilasi bilan horijdagi kurortlar, qimmat mehmonxonalarda dam olishgan. Krupskaya qaynonasiga ya’ni Lenining onasiga yozgan xatida, kurortda juda yaxshi hordiq chiqarayotganini, muzey, teatrlar, bog‘larni oilaviy sayr qilishlari, mehmonxonalarning qulayligi, dam olishning juda huzurbaxshligidan uning bundan hatto vijdoni ham qiynala boshlaganini yozadi. 1912 yilda Krupskaya xatlarning birida tog‘dagi uylardan biriga ko‘chib o‘tganlarini, u erda juda qiziqarli sayrlar va go‘zal manzaralarning tomoshasidan bo‘shamayotganlarini yozadi. Bu paytda esa Rossiyada ishchilarningommaviy otishmasi ro‘y berdi. 270 ta inson halok bo‘ldi, 250 tasi og‘ir yaralandi. Ammo bu fojeaviy hodisalar Leninning turmush tarzida o‘zgarish sodir qilmadi, vaholanki bu halok bo‘lgan ishchilar «dohiyning» maqsadiga yaqinlashtirar edi.

Qadimgi davrda gedonizmga qarshi g‘oyalarni ilgari surgan kiniklar edi. Kiniklarning asoschisi Antisfen (e.a. 435-375 yy.) lazzatlanishning har qanday turini, inson ehtiyoji uchun kerakli bo‘lgan oddiy qulayliklarga nisbatan ham qarshi chiqadilar. Misol uchun, Diogen Sinopskiy (e.a. 330 y. — 320 y), bochkada yashab, faqatgina yopinchiq bilan cheklangan. Bundan maqsad – moddiy imkoniyatlardan voz kechib haqiqiy erkinlikka erishish edi. Ammo bunday cheklashlar o‘zida jamiyat talablarini ham inkor etardi. Natijada oddiy axloqiy me’yorlardan ham voz kechishga to‘g‘ri kelardi. Zotan axloqiy anglashning eng muhim xususiyatlaridan botiniy ozodlik va ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi ular tomonidan mutlaqlashtiriladi.

Boshqa tomondan, huzurbaxshlik ta’limoti ham axloqshunoslikning muhim g‘oyalaridan – inson uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlari, moddiy qadriyatlar uning qadr-qimmati bilan bog‘liq g‘oyalarni ilgari suradi. Bu ikki ta’limot asosida boshqa mashhur ta’limotlarni vujudga keltirdi.

Bu falsafiy yo‘nalish asoschisi Suqrotning zamondoshi Aristipp (435—355 yy.) inson ruhini ikki holati haqida gapiradi: huzurlanish mayinlik va nafislik sifatida, iztirob esa qo‘pol va ruhiy qo‘zg‘alish xususiyatlariga ajratadi. Aristipp fikricha baxtga erishuv hushurbaxlikning yuksak cho‘qqisiga iztirobga tushmasdan amalga oshishi kerak. Hayotning ma’nosi uningcha aynan shunday natijaga erishish bilan bog‘liq.

Epikur esa lazzatni hayotni yo‘lga qo‘yishning tamoyili sifatida ko‘radi. Huzurbaxshlikni Epikur nafrat va yoqimsiz narsalardan ozod bo‘lish deb tushunadi. Unda asosiy maqsad huzurbaxshlikning o‘zi emas, balki baxtsizlik va iztiroblarlardan qutulishdir. Epikurning baxt falsafasida unga erishuv bezovtalik (ataraksiya) hamda iztirobdan erkinlik vositasida amalga oshishi bilan belgilanadi. Bunday erkinlik Epikur fikricha dunyoviy ehtiyojlar yordamida emas, balki haqiqiy ehtiyojlarga bo‘lgan, misol uchun, do‘stlikka bo‘lgan ehtiyojga sinchkov e’tibor orqali erishiladi. Utilitarchilardan Djeremi Bentam bunday yondoshuvni «hisobli huzurbaxshlik» deb nomlaydi. Henri Sidgvik (Henry Sidgwick) XIX asr utilitarizmini ta’riflar ekan, huzurbaxshlik ta’limotini axloqiy va ruhiy huzurbaxshlik ta’limotiga ajratadi. Bunda ruhiy huzurbaxshlik ta’limoti insonning o‘z quvonchlarini ko‘paytrishga intilish bilan belgilanadi. SHu tariqa tushkunlikka tushishdan saqlanishga yoki zavqlanishni kuchaytirishga intilish inson harakatlarining asosiy sababchisiga aylanadi. Axloqqa taalluqli huzurbaxshlik esa bir necha nazariy turlarga ajralib ketadi. Inson o‘zinigina qoniqishi uchun intilishi (xudbinlik gedonizmi), yoinki jamiyatni farog‘ati uchun harakat qilishi lozim (universal gedonizm yoki utilitarizm). Sidgvikdan farqli o‘laroq Bentam: «Tabiat insonni ikki hukmdor – iztirob va quvonchning qo‘liga topshirib qo‘ygan. Ular bizga bugun va ertaga nima qilishimiz kerakligini aytib turadilar», deb yozadi.

«Katta farog‘at egasi bo‘lish uchun inson o‘zini cheklay bilishi lozim» degan fikrni, garchi huzurbaxshlik ta’limoti namoyondasi bo‘lmasa-da, Epikur hayotning tenglamasi qilib qo‘ydi.

Keyinchalik bu axloqiy yondoshuvlar estetika sohasi bilan uyg‘un tarzda shakllana boshlandi. Misol uchun, turmush estetikasi, texnika estetikasi, dizayn va intererlarning go‘zalligi. Teatr, musiqa, umuman, san’at turlari va ko‘ngilochar sayllardan olinadigan huzurbaxshlik va h.k. Shu tariqa huzurbaxshlik ta’limoti bir necha yo‘nalishga ajraladi.

Keyinchalik insonni doimo huzurbaxshlikka intilishi «libido (nafs)» tushunchaari bilan bog‘liq bo‘lib, ruhiy tahlil etikasi asoschisi Zigmund Froyd uning insonni o‘lim bilan bog‘laydigan, unga tayyorlaydigan, insonni doimo qo‘rquv, o‘zidan qoniqmaslik, vijdon azobi, va boshqa ruhiy iztiroblarning ibtidosi sifatida qarasa, yangi ruhiy tahlil yo‘nalishi namoyondasi Karl Gustav Yung huzurbaxshlikka intilish insonni ruhiy xastalikka uchrashini «osonlashtiradi». Bunga qarshi insonni tabiatga yaqinlashishi qo‘l keladi. Karl Yung fikriga ko‘ra, inson tabiat bilan uyg‘unlashgandagina o‘z tabiiy insoniy mohiyatini topadi va uning huzurbaxshlikka intilishi moddiylikdan ma’naviylikka «o‘tish» bilan amalga oshadi.

Gedonizmning qaysidir ma’noda davomchisi sanalgan yana bir yo‘nalishlardan biri evdemonizmdir. Evdemonizm (grech. ευδαιμονία — barqarorlik, huzurbaxshlik, baxt) — inson asosif faoliyatining baxtga erishuvga intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axloqshunoslik yo‘nalishlardan biri sanaladi.

Evdemonizm yo‘nalishi namoyondalari qarashlarida inson uchun eng buyuk ne’mat baxt sanaladi. Uning asosida yunon faylasufi Arastuning baxt haqidagi ta’limoti yotadi. Uning fikricha baxt bu «biz doimo uning o‘zi uchun o‘zini tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tushunchadir. O‘rta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga etishuv ta’limoti) Foma Akvinskiy ta’limotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir, degan g‘oyani tasdiqlar edi.

Evdemonizm yo‘nalishidagi huzurbaxshlik ta’limotini yoqlovchilar Epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va huzurbaxshlikni uyg‘unlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farqli o‘laroq huzurbaxshlik bu erda insonning axloqiy faoliyati bilan bevosita bog‘lanadi. Misol uchun, Epikur nazdida yuksak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis ma’naviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya holatidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi.

Ammo asosiy evdemonizm yo‘nalishi tanqidchilaridan Immannuel Kant haqiqiy axloqiy faoliyatning asosida baxt emas, burch turishini ta’kidlaydi.

Zamonaviy ruhshunoslikda bu yo‘nalish ijobiy, amaliy ruhshunoslik sifatida evdaymoniya haqidagi qadimgi yunon faylasuflarining ta’limotini o‘rganmoqda.

SHarq falsafasiga esa, baxtga erishuv hakidagi bu ta’limotni buddhachilikning nirvanaga erishish uchun barcha iztiroblardan qutulishga intilish va shu bilan to‘laqonli baxtga erishuvga nisbat beriladi. Dalay-Lama (XIV) qarashlari «Inson hayotining asosiy maqsadi – baxtdir. Bu shubhasiz. Biz qanday e’tiqoddaligimizdan qat’iy nazar — dahriy yo Xudoga ishonamizmi yo‘mi, buddhachi yo nasroniy, — barchamiz hayotda eng yaxshi narsani izlaymiz. SHu tariqa, mening fikrimcha, hayotimizdagi asosiy faoliyatimiz — bu baxtga intilishdir»5 .

L.A. Seneka yaxshilikning o‘zi baxtli bo‘lish uchun etarlidir deb hisoblasa, Spinoza baxt – yaxshilik uchun qilingan mukofot emas, balki ezgulikning o‘zidir degan xulosaga keladi.

Yuqoridagi mutafakkirlarning qarashlaridan xulosa yasaydigan bo‘lsak, inson haqiqiy baxtli bo‘lgandagina huzurbaxshlikka erishadi. Baxt esa, avvalambor axloqiy faoliyat bilan chambarchas bog‘liqdir.

Qadimgi Yunon axloqshunosligi haqida gap ketar ekan, asosan, to'rt buyuk faylasufning nomini tilga olish odat bo'lib qolgan; Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida,


ulargacha ham Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilingan .

Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, axloq bilan huquqni bo'linmas yaxlitlikda olib qaraydi: «Nimaiki qonuniy bo'lsa, o'sha adolatdandir». Ikkala mutafakkir ham hukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog'laydi, jasorat va betama' xizmat namunalarini o'z davlatlari o'tmishidan topadi.

Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o'z huquqlari jihatidan teng emas; ular ota bilan o'g'ilga o'xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati-o'zgarmas va abadiy asl fazilat bo'lmish donishmandlik. U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruhni (jon, qalb, nafsni), vujuddan farqli ravishda, o'lmas deb hisoblaydi, lekin o'z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qiziquvchanlik zararli. Chunki ma'budlarga o'zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarning tadqiq etilishi yoqmaydi.

Suqrotdan farqli o'laroq, Aflotun (miloddan avvalgi 427-347) axloqshunosligi uchun, aksincha, g'oyalar ruh haqidagi ta'limotlar asos bo'lib xizmat qiladi. Aflotunning g'oyalar ta'limotiga ko'ra, bizga ko'rinib turgan, biz qilayotgan dunyo bor-yo'g'i soyalar o'yini, haqiqiy dunyoni ko'rish uchun esa inson aqli ojizlik qiladi. Inson g'or devoriga kishanband qilib qo'yilgan tutqunga o'xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, haqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko'rinmaydi. Uni inson ko'rmaydi, biroq o'sha asl borliqni ko'ra oladigan mangu - o'lmas ruh mavjud.

U g'oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va hirsli qismi esa doimo gunohkor yerga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko'pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelganda ruh (qalb, jon) g'oyalar dunyosidan vujudga yiqiladi va inson tug'iladi. Insonning tug'ilishi shunday qilib, ruhning gunohga botishi barobarida voqe bo'ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g'oyalar dunyosidan bilganlarining bazilarini eslaydi va vujuddagi hayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o'ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.

Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruhdagi aqliy qismning namoyon bo'lishi deb biladi va davlatni boshqarishga loyiq yagona toifa sifatida donishmand - faylasuflarni tan oladi. Yovqurlik - qo'riqchilarga, davlatni himoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning hirsli qismi bilan bog'liq bo'lgan mo'tadillik hunarmand-kosiblar, dehqonlarga, yani. xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga bo'ysunishi shart. Ulardan so'ng qullar turadi. Qullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq, zotan ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko'ra, adolat-shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. Shu sababdan u: «Biz tabiatiga ko'ra uchga bo'lingan tabaqalarning har biri faqat o'z yumushi bilan shug'ullangan davlatnigina tan olamiz», deydi. Shuningdek, tijorat fuqarolarni yo'ldan ozdiradigan soha bo'lgani uchun, u bilan adolatli davlatda xorijliklar shug'ullanishi kerak.

Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna sifatida ilohiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unga iqtido qilmog'i, undan namuna olmog'i kerak; Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishigina donishmand bo'lishi mumkin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qat'iy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u ko'p jihatdan vedachilik axloqshunosligidagi g'oyalarni o'z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.

Aflotundan so'ng ikki qadimgi yunon allomasi - Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va Epikurning (milodan avvalgi 341-270 yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu birinchi bo'lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig'idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro'poda qabul qilingan) «Etika» degan nomni berdi.

Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o'g'liga bag'ishlangan «Nikomaxning axloq kitobi» va «Evdemning axloq kitobi» hamda «Katta axloq kitobi» risolalarida o'z aksini topgan. Arastu Qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bo'lib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o'laroq, ruhning tug'ma xususiyati emas, balki kasb etiladigan (hosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi.

U barcha fazilatlarni ikkiga bo'ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajribakorlik, topqirlik singari ma'naviy soha bilan bog'liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning intiluvchan (ixtiyoriy) qismi - sof axloq bilan bog'liq fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. «Fazilat, - deydi Arastu, - ma'lum ma'noda o'rtalikdir, zero, doimo o'rtalikka intiladi». Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo'rqoqlik orasidagi o'rtalik va hokazo. Shuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni harakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard maqsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida bo'lmaydi.

Arastu, Aflotundan farqli o'laroq, vujud va ruh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari suradi; inson kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlik mavqeiga ega.

Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitlikda ko'radi; maqsad vositani belgilaydi, shu sababli maqsadning axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa, axloqsiz maqsad axloqsiz vositalarni talab qiladi.

Arastu aql-idrok faoliyatini hayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narsa bilan qiyoslab bo'lmaydigan qadriyat deb hisoblaydi. Oliy aql doirasida subekt va ob'ekt, fikr va fikrning narsa hodisasi bir-biriga rnos, ya'ni Oliy aql (Xudo) tafakkur haqidagi Tafakkurdir. Garchand inson hech qachon ilohiy hayot darajasiga etisha olmasada, lekin unga, ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak; inson erishgan komillik doimo nisbiy bo'ladi. Arastu, yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo'yadi va bu bilan mushohadakor hayotni, nazariyaga, ijodga bag'ishlangan hayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga ko'ra, buyuk mutafakkir antik dunyo fuqarosining an'naviy fazilatlari bo'lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq, uning insonga muhabbati, insonparvarligi bizning hozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan tushunchamizdan farq qiladi. Yuqorida ko'rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o'rtasidagi do'stlik va xayrixohlikni tan oladi.

Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an'analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy singari Qadimgi Rumo mutafakkirlari davom ettirdilar. Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur axloqiy ta'limotining izchil himoyachisi sifatida, mashhur «Narsalarning tabiati haqida» degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta'kidlaydi, ruhning o'lishi to'g'risida fikr yuritadi, insonning o'lim qo'rquvidan xalos bo'lishida axloqiy ma'no borligini aytib o'tadi. O'lim qo'rquvidan va ma'budlar oldidagi qo'rquvdan xalos bo'lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql-idrok va his-tuyg'ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasawurga erishadi.

Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, ham axloqshunos faylasuf. Uning «G'azab haqida», «Shafqat haqida», «Baxtli hayot haqida» singari axloqshunoslikka doir risolalari ko'pchilikka ma'lum. Ayniqsa, «Luijiliyga axloqiy maktublar» asari mashhur. Senekaning fikriga ko'ra, dunyo moddiy, biroq, unda qandaydir jonli ibtido hukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi-ahamiyati yo'q. Muhimi shuki, uning yozig'i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma'nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo'qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko'radi. U o'limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o'z-o'zini o'ldirishda ko'rish, shubhasiz, u yashagan davrning g'oyatda fojialiligi bilan bog'liq. Seneka qul bilan ozod kishining ma'naviy tengligini ta'kidlaydi: «Ular qullarmi? Yo'q odamlar. Ular qullarmi? Yo'q, ular uyingdagi qo'shnilar. Ular qullarmi? Yo'q, sening itoatkor do'stlaring. Ular qullarmi? Yo'q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, ular ham taqdirning qullarisiz». Albatta, bu o'rinda Seneka ijtimoiy tenglikni emas, balki qul bilan quldorning axloqiy tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufiiing aytishicha, ruh ozodligi-shaxs uchun o'z-o'zini qadrlash va g'urur-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqdir ko'rgiliklariga bo'ysumnaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi.

Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha: taqdir muqarrar; aql-idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma'budlar irodasiga qat'iyan bog'liq, ichki dunyo insonning hukmi ostida; haqiqiy donishmandning erki shundaki, u o'ziga bog'liq bo'lgan narsalarni o'ziga bog'liq bo'lmagan narsalar bilan chalkashtirib yubormaydi; hayotning maqsadi va ma'nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo'lga kiritish; unga eltadigan yo'l bitta - ma'budlar irodasiga so'zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo'tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko'rish.

Epiktetning fikriga ko'ra, baxt, haqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa butunlay insonning ijodidir, zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o'zing yoqtirmaydigan sharoitni o'zgalarga ravo ko'rma, agar qul bo'lishni istamasang, atrofingda qullikka yo'l berma, degan fikrni ilgari suradi.

Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavhidda - yakkaxudolikda. Olloh yagona, uning sherigi yo'q v:a bo'lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkiriari aynan ana shu tavhid yo'lidan bordilar. Birinchi bo'lib bu masalani Suqrot aniq o'rtaga tashladi. U o'limga mahkum etilganida, unga yunonlar xudolarini hurmat qilmaganligi, yoshlarni boshqa yo'lga (aslida tavhid yo'liga) burib yuborayotgani ayb qilib qo'yiladi. Suqrotning o'limi oldidagi so'nggi gapi ham shuni tasdiqlab turadi. Aflotunning g'oyalar, olamiy ruh haqidagi fikrlari harn to'g'ridan-to'g'ri yakkaxudolik masalasiga borib taqaladi. Lekin Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy nuqtai nazardan isbotlashni o'z oldiga vazifa qilib qo'ymadilar, bunga urinmadilar. Bu ishni Arastu uddaladi. U o'zining mashhur «Metafizika» asarida Xudoning yakkaligini jismsiz, hech narsa tomonidan harakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi harakatga keltiravchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi. Uni «Oliy shakl» (forma) deb ataydi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi hisoblanadi, u, yuqorida keltirganimizdek, Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi tafakkurdir.

O'rta asrlarga kelib nasroniylik Ovro'po xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini cherkovga bo'ysundirdi, hamma sohalar bo'yicha cherkov nazorati o'rnatildi. Bu bilan ilm-fan va san'at cherkov belgilab bergan chegaralar doirasidagina rivojlanishga mahkum etilgan edi. Islom dinida esa, ayniqsa, tasawufning vujudga kelishi tufayli, muayyan ma'noda hurfikrlilik mavjud bo'lib, ilm-fan va sanat taraqqiyotiga keng yo'l ochildi. Natijada Qadimgi dunyo mumtoz axloqshunosligi ilgari surgan g'oyalarni rivojlantirish, u o'rtaga tashlagan muammlarni hal etish, o'sha davr va keyingi davrlar uchun dolzarb bo'lgan muhim nazariy hamda badiiy-axloqiy asarlarni yaratish, asosan, musulmon Sharqi allomalarimng zimmasiga tushdi.

O'rta asrlar musulmon Sharqida mashshoiyyunlik yoki, boshqacha qilib aytganda, arastuchilik oqimini buyuk arab mutafakkiri al-Kindiy boshlab berdi. Uning asoschisi esa turkistonlik qomusiy alloma Abu Nasr al-Forobiy (870-950) hisoblanadi.

Arastu izidan borib, Forobiy harn falsafani ikkiga nazariy va amaliyga bo'ladi hamda, axloqshunoslikni amaliy falsafa tarkibiga kiritadi. Axloqiy muammolar uning «Baxtga erishuv yo'lini ko'rsatuvchi kitob», «Baxtga erishuv haqida», «Davlat arbobining hikmatlari», «Fozil odamlar shahri» singari asarlarida ko'tarilgan. Ularda inson baxti eng asosiy rnuammo sifatida o'rtaga tashlanadi. «Baxt - har bir inson intiladigan maqsad, zero u muayyan komillik hisoblanadi», deydi Forobiy. Ayni paytda alloma o'z qarashlarida fazilatga ham juda katta o'rin beradi. Chunki, uning fikriga ko'ra, kimda-kim fazilat nimaligini bilsagina, haqiqiy baxtga erisha oladi. Arastuga o'xshab, u ham fazilatlarni ikki qismga - fazoili nutqiya (aql-idrokka asoslangan fazilatlar) va fazoili xulqiya (xulqiy fazilatlar) ga ajratadi hamda ularning o'rtalik xususiyatlarini ta'kidlab o'tadi.

Forobiy hayot va mamot muammosiga ham batafsil to'xtaladi. Uning fikriga ko'ra, fazilatli kishi o'lim tufayli baxtni orttiruvchi xatti-harakatlarni ko'proq amalga oshirish imkoniyatlaridan mahrum bo'ladi. Shuning uchun uning o'limdan qo'rqishi boshqalamikidan butunlay o'zgacha; u o'lim tufayli ulkan bir yovuzlik qurboni bo'layotganidan emas, balki yaxshilikni kamroq qilishga mahrum ekanidan cho'chiydi. Fazilatli odam o'lgan yoki o'ldirilganda, u erishgan baxtga havas qilish lozim, unga emas, balki undan ajrab qolgan hamshaharlarining holiga yig'lash kerak bo'ladi.

Buyuk vatandoshimizning fikr qilishicha, insonga uni go'zal a'mollar qilish uchun yo'naltiradigan odat maxsuli bo'lmish etuk xulq lozim. Xulqning yaxshiligi xatti-harakatlarda me'yor qay darajada saqlangani bilan bog'lanadi. Odobni esa mutafakkir badavlaming davlatini bezaydigan va kambag'alnig kambag'alligini o'g'irlaydigan axloqiy hodisa sifatida ta'riflaydi.

Forobiy, ba'zilar o'ta lazzatga berilish, eyish-ichish va ayolga ruju qo'yish tufayli juda bo'shashib ketadi, irodasi zaiflashadi, unda risoladagi nafrat hamda g'azab hissi yo'qoladi, deydi. Butun kuchini o'z nafsiga sarflaydigan kishida ulug'vorlik tubanlikka xizmat qila boshlaydi, ya'ni fikrlash qobiliyati g'azab va ehtiros kuchlari xizmatida bo'ladi, bu kuchlarning harakati esa eyish-ichish hamda shahvoniy nafsni qondirishga bag'ishlanadi. Faylasuf bunday kishilarni arab va turk zodagonlari orasida ko'proq uchrashini aytadi. Bunday kishilar shahvoniy istaklari qutqusi bilan, ayollar oldida maqtanishni xush ko'radilar, ularni taqinchoq, bezaklarga ko'mib tashlaydilar, foydali mehnatdan chetda tutadilar, ular nima desa shuni qiladilar. Natijada ayol uyning haqiqiy hokimi bo'lib oladi, turli tantiqliklarni odatga aylantiradi. Demak, Forobiy oila baxtini ehtiroslarni yo'lga sola olishda deb biladi, ayol kishini bezaklarga ko'mib tashlangan qo'g'irchoq bo'lishiga qarshi turadi.

Mashshoiyyunlik axloqshunosligining yana bir buyuk vakili Forobiyning shogirdi Abu AH Ibn Sinodir. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari asosan «Axloq ilmiga doir risola», «Burch to'g'rida risola», «Nafsni pokiza tutish to'g'risida risola», «Adolat haqida kitob», «Turar joylardagi tadbirlar» singari asarlarida va zamondoshlari bilan olib borgan munozara- yozishmalarida o'z aksini topgan.

Avvalo, Ibn Sino axloq ilmining amaliy falsafa tarkibidagi o'rnini aniqlab olishga intiladi. «Hakimlarning, - deb yozadi alloma shogirdi Bahmanyor al-Ozarboyjoniy bilan munozara-yozishmasida, - falsafa nazariy va amaliy bo'ladi, deganini falsafa amaliy-axloqiy bo'ladi, deb tushunmaslik kerak. Chunki amaliy axloqning bunday namoyon bo'lish holati falsafa degani emas, zero qiyosiy malaka axloqiy malakadan mutlaqo o'zgadir... Falsafa amaliy vah uchun (uni) axloq ilmi degan ma'qul». Ko'rinib turibdiki, Ibn Sino axloqshunoslikni amaliy falsafa, ya'ni nazariya ekanini ta'kidlaydi va axloqni uning tadqiqot ob'ekti sifatida ta'riflaydi.

Ibn Sino o'z asarlarida bir qancha axloqiy fazilatlarga ta'rif beradi. Chunonchi, iffat, hikmat, shijoat, adolat, sahiylik, qanoat, qat'iyat, sadoqat, hayo, kamtarlik va boshqalar shular jumlasidandir. Shuningdek, alloma ularning aksi bo'lgan- o'g'rilik, aldamchilik, fisqu-fasod, nafrat, rashk, adovat, bo'xton, irodasizlik, takabburlik, nodonlik kabi illatlarni ham tavsiflaydi; har ikki turdagi mazkur tushunchalarning bir-biri bilan bog'liqligini, bir-biriga o'tib turishini va bunday bog'lanish ijobiy hol ekanini ta'kidlaydi. Demak, axloqshunoslik ilmida faqat fazilatlar emas, balki illatlar ham o'rganilishi zarur. Ayni paytda, Ibn Sino ustozlari an'analarini davom ettirib, hat bir axloqiy fazilat ikki nuqson oralig'ida bo'ladi, ya'ni o'rtalik xususiyatiga ega, deydi.

Alloma tasavvuf falsafasi va tasawufiy axloqshunoslikka doir ham ko'plab asarlar yaratdi. Zero, u bejiz Shayx ur-Rais, ya'ni shayxlarning raisi degan nomni olgan emas .

Mashshoiyyunlik oqimining yana bir mashhur va so'nggi vakili, Ovro'poda «Avverroizm» degan yo'nalishning asoschisi, qurdobalik (ispaniyalik) mutafakkir Ibn Rushd (lotincha Aweroes) ham axloqshunoslik ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan allomalardan. Uning fikriga ko'ra, ezgulik va yovuzlik, ular tabiiy yoki ijtimoiy xususiyatga ega bo'lishidan qat'iy nazar, o'z holicha mavjuddir. Tabiiy ezgulikning manbai Olloh, lekin ezgulik yovuzlik bilan yonma-yon keladi. Chunonchi, olov foyda keltirishi barobarida, hayvonlar va o't-o'lanlarni halok etish xususiyatiga ega. Garchand olovni Xudo yaratgan bo'lsa ham, uning bu xususiyatini o'zgartira olmaydi, xuddi shuningdek, rangni yaratgan Xudo unga eshitishimiz mumkin bo'ladigan xususiyat ato eta olmaydi.

Ibn Rushd butun islom olami uchun doimo muhim bo'lib kelgan ixtiyor erkinligi muammosiga ham katta ahamiyat bergan. U, insonga mutlaq ixtiyor erkinligi berilganini ham, inson xatti-harakati mutlaq oldindan belgilab qo'yilganiini ham inkor qiladi. Chunki, agar insonlar taqdiri mutlaq oldindan belgilab qo'yilgan bo'lsa, u holda ularning jonsiz narsalardan farqi qolmasdi, ular dehqonchilik, harbu zarb, tibbiyot singari baxtni qo'lga kiritib, yovuzlikni uzluksiz yo'qotib borishni ta'minlaydigan hunar va sanat turlari bilan shug'ullana olmas edilar. Asl baxtga esa faqat hayvoniy kuch xatti-harakatlarini ruhning aqliy qismi nazorat qilib turganidagina, inson o'zi intilishi lozim bo'lgan narsalarga amaliy aql qay vaqtda va qay tarzda intilishini lozim ko'rsa, o'shanday intilgandagina erishish mumkin.

Qurdobalik mutafakkir ideal davlatda fuqarolarga fazilatlarni singdirish va taraqqiy ettirish uchun ikki xil usulni qo'llashni taklif qiladi. Birinchisi - ishontirish usuli. U ham, o'z navbatida, ikki xil yondoshuvni taqazo etadi: keng ommani tarbiyalash uchun she'riy va xitobiy nutqdan, ya'ni, badiiy asarlar hamda notiqlik san'atidan, «sara» kishilarda fazilatlarni rivojlantirish uchun esa isbotiy nutqdan, ya'ni, ilmiy-falsafiy nutqdan foydalanish lozim. Ikkinchisi - majburiy usul. U asosan, tashqi dushmanlar bilan kurashni o'z ichiga oladigan hodisadir.

O'rta asrlar Ovro'po axloqshunosligining yirik vakili Avgustin Blajenniy - Ilohiy Avgustin (354-430 yy.) «Tazarru» hamda «Ezgulik va erkin ixtiyor haqida» degan asarlarida ana shu muammolarni o'rtaga tashladi va hal qilishga urindi. Uning fikriga ko'ra, Xudo barcha go'zalliklar manbai va eng oliy go'zallikdir. Xudoning irodasi - muayyan, mazmunidan qat'iy nazar, ezgulik, ne'mat, yagona oliy ne'mat. hamma narsa, Xudodan bo'lgani uchun, ezgu; «Nimaiki mavjud ekan, hammasi ezgu», deydi Avgustin. Borliq qadriyatlarning tartibli bosqichlaridan iborat. Borliq ichidagi eng muhim farq Xudo bilan olam, Yaratgan bilan yaratilmish orasidagi farqdir, mana shu farq axloqning asosi hisoblanadi. har qanday xatti-harakat faqat borliq tartibini aks ettirishi va Xudoga intilish bilan boshqa intilishlarni farqlashi, ya'ni oliy intilishni tuban intilishlardan qat'iy ajratib olishi orqali baholanadi.

«Tartib shunday narsaki,-deydi Avgustin,- agar biz hayotimizda unga suyansak, u bizni Xudoga etishtiradi, unga suyanmasak, Xudoga etisha olmaymiz». Shu sababli inson faoliyatida ikki xil munosabatni farqlamoq lozim - lazzat va foydaga intilish. Lazzat - faqat birgina Xudodan; qolgan hamma narsalar foydalanish ob'ekti hisoblanadi. Erdagi ne'matlar faqat erdan tashqaridagi ne'matlarni targ'ib qilish uchun vositadir. Xudodan quvonch tuygun-u, lekin undan foydalanma, erdagi ne'matlardan foydalan-u, lekin ulardan quvonch tuyma. Avgustin axloqiy ta'limoti ana shu talabdan kelib chiqadi.

Xudo, Avgustin nuqtai nazaridan, insonni - Odam Atoni erkin, gunoh qilmaslik imkoniyatiga ega zot qilib yaratdi. Ayni paytda U ixtiyor erkinligi faoliyatining aniq yo'nalishini belgilab berdi. Lekin Odam Ato, nima qilish kerakligini o'zim bilaman, degan kibr bilan Xudoning ko'rsatmasini buzdi; inson ixtiyor erkinligini nojoiz qo'llagani uchun gunohga botdi. Odam Ato qanday bo'lsa, undan pay do bo'lgan boshqa odamlar ham xuddi shunday. Birinchi odam qilagn gunohga hamma odam javobgar, har bir odam o'z tishida Odam Ato egan olmadan qolgan qamashishni his etib turadi, demak, hamma narsa, barcha ezgulik Xudodan; yovuzlik-ezgulikning yo'qligi, ezgulikdan yuz burish, nuqs, xato. U inson ixtiyorining xususiyati, ixtiyorning tubanlikka qaratilishidir; u - Xudo ko'rsatmalaridan chekinish, gunoh.

Shuni ta'kidlash joizki, Avgustin ta'limotini ma'lum ma'noda muhabbat axloqi ham deyish mumkin. Muhabbat - tugallikka, oromga intilish. Inson nafaqat sevadi, ayni paytda u muhabbatni o'z munosabatlarining ob'ekti ham deb biladi, inson muhabbatning o'zini sevish yo sevmaslik qobiliyatiga ega.

Tarixda olmon mumtoz falsafasi deb nom olgan tafakkur o'zining miqyosiyligi va teranligi bilan hanuz fikrlovchi kishilarni hayratga soladi. Olmon mumtoz faylasuflari ingliz, frantsuz faylasuflaridan farqli o'laroq, o'z asarlarini keng kitobxon ommasiga emas, balki tor doiradagi o'quvchilarga, falsafani mutaxassislik deb bilgan olimlarga va talabalarga mo'ljallab bitganlar. Shu bois ularning ko'pchilik kitoblari, xususan, axloqshunoslikka oid asarlari ham quruq ilmiy akademik tilda yozilgan va tushunilishi og'ir. Lekin ular o'z asarlarida jahon falsafiy tafakkuri XIX asrning birinchi yarmigacha erishgan barcha yutuqlarni ilmiy tizimlarda umumlashtirganlari va ulardan nihoyatda chuqur ilmiy xulosalar chiqarganliklari bilan ajralib turdilar.

Olmon mumtoz falsafasining asoschisi Immanuil Rant (1724-1804) hisoblanadi. Uning «Axloqiy metafizikaning asoslari» (1785), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788) va «Xulqlar metafizikasi» (1797) asarlari asosan axloqshunoslik va axloqiy muammolarga bag'ishlangan.

Axloqshunoslikni ob'ektiv qonunlar haqidagi fan sifatida, Kant, matematika bilan tenglashtiradi: geometrik qat'iy qoidalarni, inson ularga o'zi to'la amal qilish-qilmasligi bilan hisoblashmagani holda shakllantirgani kabi, axloqshunoslik ham insonning imkoniyatlari bilan hisoblashmaydigan, balki nima axloqiy ekanligini ko'rsatadigan qoidalar taqdim etmog'i kerak. Shu bois faylasuf huquq va axloq haqidagi fanlarni aqlning shak keltirib bo'lmaydigan yoki qat'iy talablarga asolangan nazariyalar sifatida olib qaraydi. «Shunday qilib, - deydi Kant, - amr (imperativ), bu shunday qoidaki, u haqdagi tasawur sub'ektiv tasodifiy xatti-harakatni zaruriy qilib qo'yadi...» Qat'iy amr eng awalo, shuning uchun oliy va pirovard axloqiy qonunki, u insonni faqat maqsad sifatida mavjud deb hisoblaydi va insonga vosita deb qarashni, ayniqsa, undan shunchaki vosita tarzida foydalanishni man' etadi. Bu oliy axloqiy tamoyilga Kant bir necha misollar keltiradi. Mana, ulardan bin. Deylik, men bir yoqqa ketayotgan do'stimdan heeh kimning guvohligisiz qanchadir pulni saqlab berish uchun olib qoldim. Bu haqda o'zimdan boshqa hech kim hech narsa bilmaydi. Daf atan do'stim xorijda vafot etadi. Xo'sh, men uning pulini o'zimda olib qoh'shim mumkinmi? Bu savolga yo'q deb javob berish uchun Kant qat'iy amrga murojaat qiladi; pulni o'zida olib qolishi, agar biz bu qoidaga umumiylik shaklini beradigan bo'lsak, unda boshqa hech kim o'z pulini birovga ishonib qoldirmaydi, degan gapni anglatadi. Chunki bu holatda har bir kishi qarzga berilgan pul ba'zi sharoitda yo'qolib ketishi mumkinligini bilgan bo'ladi. Shunday qilib, Kant nazarida, axloqiylik mohiyat e'tibori ila irisonning kundalik mayda tashvishlaridan yuksakka, ulug'vorlikka, ilohiylikka ko'tarilishidir. Axloq xudbinlik manfaatlariga amal qilishdan burchni anglashga o'tishdir.

Inson doimo o'z shaxsiy baxtiga yo'naltirilgan mayllari natijasida qat'iy amr bilan qarama-qarshi kelib qolishi mumkin. Shu jihatdan inson doimo burch bilan mayl oralig'ida turadi. U ixtiyor tufayli aynan ana shu o'z burchini bajarishiga erkin qaror qiladi, ya'ni qat'iy amrga bo'ysunadi va faqat mana shu doiradagina o'z mayllariga erk beradi. Qatiy amrga amal qilish imkonini amaliy aqlning «sen qila olasan, chunki qilishing kerak», degan qonimi beradi. Axloqiy e'tiqod qandaydir ichki zo'rlikka asoslangan tizim sifatida ish ko'radi, usiz inson o'zini ko'zguda ko'rsa dahshatdan sapchib tushadi. «hakam insonning ichida» va axloqiy qaror pirovard natijada har bir odam uchun o'z-o'zini sud qilish demakdir. Zero inson, u yoki bu muhim qaromi qabul qilar ekan, tashqi tartiblar amal, boylik v.h.) emas, balki faqat burch amri nuqtai nazaridan ish tutmog'i lozim. Buning aksi ro'y bermasligi insonga o'zini-o'zi nazorat qilsin deb ajoyib nazoratchi - vijdon berilgan.

Vijdon insonning ikkiga bo'linib yashashiga chek qo'yadi: hammasini to'g'ri tushungan holda noto'g'ri xatti-harakat qilishi mumkirt emas. Vijdon bilan berkinmachoq o'ynab bo'lmaydi, uni aytganingga ko'ndira olmaysan. Uni uxlatib qo'yish ham mumkin emas, ertami - kechmi uyg'onadi - da, qilmishingga javob berishga majbur etadi. Buyuk mutafakkirning axloqshunosligini ma'lum ma'noda burch haqidagi ta'limot ham deyish mumkin. U burchning ikki xili borligmi ta'kidlaydi: huquqiy burch va axloqiy burch. huquqiy burchni bajarish uchun tashqaridan majbur etilsa, axloqiy burch aksincha, fazilatga, ya'ni ichki hodisaga ixtiyor erkinligiga bog'liq. Shu bois insonni axloqiy burchga muvofiq xatti-harakat qilish qobiliyatini Kant fazilat deb ataydi.

Kant axloqshunosligining cho'qqisi-abadiy tinchlik g'oyasi: «hech qanday urushga yo'l yo'q: na men bilan sening orangdagi tabiiy holatdagi urushga, na oramizdagi davlatlar sifatidagi urushga yo'l yo'q... urush har kim o'z huquqini qo'lga kiritishi uchun zarur bo'Igan usul emas.» Ayni paytda, insoniyat uchun axloqiy komillikka erishuvning faol vositasini mutafakkir ma'rifatda ko'radi. Ma'rifat uchun esa faqat erkinlik, erkinlik bo'lganda ham juda zararsiz, har bir holatda o'z aqlidan oshkora foydalanadigan erkinlik zarur. Erkin, hayratlanib, ixlos bilan yashash lozim. Kant axloqshunos sifatida ham shunday yashab o'tdi: «Ikki narsa haqida qancha ko'p, qancha uzoq o'ylaganing sari qalbing tobora yangi, tobora kuchayib boruvchi hayrat va ixlos bilan to'lib toshaveradi. Bular - boshim ustidagi yulduzli osmon va mening boshimdagi axloqiy qonun».

Bu davrning mashhur axloqshunoslaridan yana biri buyuk mutafakkir Georg Vilhelm Fridrix Gegeldir (1770-1831yy). Uning axloqiy qarashlari «Ilmga ishonch» (1802), «Ruh fenomenologiyasi» (1807), «Falsafiy fanlar qomusi»(1817), «Huquq falsafasi» (1821) singari asarlarida aks etgan. Gegel axloqshunosligininng o'ziga xos xususiyati, eng awalo, shundaki, u xulqiylik bilan axloqiylikni ikki xil tushuncha sifatida taqdim etadi. «Huquq falsafasi» asarida u shunday deb yozadi; «Odatda aharaiyatiga ko'ra, bir xil deb hisoblanadigan xulqiylik va axloqiylik bu erda bir-biridan jiddiy farq qiladigan ma'nolarda olinadi.» Gegel o'zining murakkab falsafiy tizimidan kelib chiqib, xulqiylikka shunday ta'rif beradi; «Xulqiylik nuqtai nazari erkning nafaqat o'zida, balki o'zi uchun ham cheksiz bo'lgan darajadagi nuqtai nazardir. Bu ixtiyor reflektsiyasi o'zida va uning o'zi uchun haqiqiy aynanligi o'zida-borliqligiga hamda bevositaligiga va unda rivojlanayotgan muayyanliklarga qarama-qarshi qiyofani sub'ekt sifatida belgilaydi.» Sodda qilib aytadigan bo'lsak, Gegel tushunchasidagi xulqiylik doirasi insonlardagi shaxsiy va hususiy o'zaro munosabatlarni, sub'ektiv fikrdagi majburlikni, idealni, ijtimoiy-tarixiy hodisalarga nisbatan tanqidiy kayfiyatlarni o'z ichiga oladi.

Axloqiylikni esa Gegel mana bunday ta'riflaydi: «Axloqiylik xuddi axloqiy borliqda o'zining o'zida va o'zi uchun haqiqiy asosiga va harakatga keltiradigan maqsadiga ega bo'lgan o'zini anglash kabi, o'zidagi o'zini anglashda o'z bilimiga, ixtiyoriga, bu ixtiyorning harakat qilishi orqali o'z voqeligiga ega jonli ezgulik kabi, erkinlik g'ovasidir; axloqiylik o'zini anglashning mavjud dunyosi va tabiiyyati bo'lgan erkinlik tushunchasidir... Umuman olganda, axloqiylikda ham ob'ektiv, ham sub'ektiv jihatlar bor, biroq, ular axloqiylik shaklining mohiyati xolos. Ezgulik - bu erda substanijiya, ya'ni, ob'ektivlikning sub'ektivlik bilan to'ldirilishidir.» Hegel axloqiylik deganda, odamning tarixan axloqdan oldin pay do bo'lgan urf-odatlar va rasm-rusumlarga, ikkinchi tomondan, davlat, tabaqalar, oila oldidagi axloq bilan bog'liq muayyan majburiyatiga munosabatini nazarda tutadi.

Gegel xulqiylikka qasd va ayb, niyat va ezgulik, ezgulik va vijdon juftlik tushunchalarini kiritadi; axloqiylikka esa oila, fuqarolar jamiyati, davlat tushunchalarini taalluqli deb biladi va ularni batafsil tahlil etadi. Ezgulik - erk darajasiga ko'tarilgan ixtiyor; amalga oshirilgan erkinlik, olamning mutlaq so'nggi maqsadi. Yovuzlik - zaruriyat, biroq u ro'y bermasligi kerak. Axloqiy bo'lish yovuzlikning ziddiga etishish, aks holda esa ezgulik jo'n tabiiy holatdir. Agar yovuz qilmishdan qandaydir yaxlitlikning jihati sifatidagi ijobiy tomonni topib, uni ezgulik deb talqin etilsa, u qisman o'ziga, qisman boshqalarga qilingna munofiqlikdir. Vijdon esa muqaddas, qo'l etmas narsa, msonning o'z-o'ziga pok ishonchi; u ezgulikni bilishdir.

Axloqiylik borasida Gegel qoniqish tushunchasini o'rtaga tashlaydi. Bu borada faylasuf quyidagicha fikrlaydi. Hatto arzimas bir faoliyatdan qoniqishim shunday bo'ladiki, men o'z ro'paramda turaman; ana shu menga qoniqish beradi. Men o'zimda olamni his qilaman. Inson nimaniki bajarsa, hammasida ishtirok etadi, zero ixtiyor erkinligi ham ana shundan iboratdir. Inson, awalo, o'z maqsadidan qoniqishi kerak, o'shanda uning amalga oshuvidan ham qoniqish hosil qiladi. Oqil odam, awalo, o'zini qoniqtirishi kerak, ko'p hollarda aynan shuning uchun harakat qiladi, u o'z tushunchasini, o'zidagi g'oyasini qoniqtiradi boshqalamikim emas, boshqalar qoniqishi ham, qoniqmasligi ham mumkin, u o'z tushunchasini, o'z aqlini tadbiq etishi lozim. Inson manfaatdan mahrum bo'lsin, degan talab bo'lmag'ur gap. Ulug' odamlar ko'pincha o'zlarini o'zlari qoniqtirganlar, agar ular bu haqda awal boshqalardan so'raganlarida edi, ularning ishlari, shubhasiz, arzimas narsa bo'lardi.

Xullas, Gegel ham Kant kabi insonga nihoyatda katta mas'uliyat yuklaydi. Uning xulosasi qat'iy: «Qonun harakat qilmaydi, faqat inson harakat qiladi»

Olmon mumtoz axloqshunosligida bizga ruscha matnlar orqali Lyudvig Feyerbax nomi bilan tanish bo'lgan Ludvix Feyerbaxning (1804-1872 yy.) qarashlari o'ziga xos o'rin egallaydi.

Feyerbax yangi falsafani yaratish kerakligi haqidagi g'oyani ilgari suradi; bu falsafasining markazida tabiatdan uzilmagan inson turadi. Shuning uchun uni falsafiylashtirilgan insonshunoslik ham deyish mumkin. «Haqiqiy falsafa, - deb yozadi Foyerbax, - kitob yozishdan emas, odamlarni yaratishdan iborat. Yangi falsafaning ildizi muhabbatning haqiqiyligida». Bu fikrlardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, Feyerbax falsafasi, ma'Hum ma'noda, axloqshunoslikka borib taqaladi. Axloq masalalari, ayniqsa, uning «o'lmaslik haqidagi masalaga insonshunoslik (antropologik) nuqtai nazardan qarash» (1846-1866), «Spiritualchilik va moddiyatchilik hamda ixtiyor erkinligiga ular munosabatining o'ziga xosligi haqida» (1863-1866), «Evdeymonchilik»( 1867-1869) degan asarlarida, kundalik va xatlarida ko'tarilgan. Faylasufning o'zidan avvalgi mumtozchilardan yana bir farqi shundaki, u muammolarga moddiyatchilik nuqtai nazaridan yondoshadi va aqlni emas, hissiyotni birinchi o'ringa qo'yadi. Uning axloqiy ta'limoti asosan ixtiyor erkinligi va baxt tushunchasiga yo' naltirilgan.

Feyerbax ta'biriga ko'ra, insonning mohiyati xayoliy mavhumot, «rah» emas, balki hissiyotdir, bas, shunday ekan, shu tamoyilga qarshi bo'lgan barcha falsafa barcha din nafaqat mohiyatan xato, xatto zararlidir. Agar odamlarni yaxshilashni istasangiz, ularni baxtli qiling; agar ularni baxtli qilishni istasangiz, barcha baxtu quvonchlar manbai bo'lmish hislarga murojaat qiling. Insonning mavjudligi hissiyot bilan bog'liq. To'g'ri, hayvonlarda ham hissiyot bor. Lekin ularning hissiyoti, sezgilari cheklangan, ya'ni, bir sezgi a'zosi kuchli, boshqalari zaif, kuchlisi ham faqat his etilguvchi muayyan - u yoki bu narsaga qaratilgan. Inson esa barcha his etiladigan narsa-hodisalar, olam, cheksizlik bilan bog'liq va uning hissiyotliligi, eng awalo, boshqa insonni his etishdan iborat.

Ayni paytda, insonga, hayvondan farqli o'laroq, tanlov ixtiyori, ixtiyor erkinligi berilgan. hissiyotli inson bu erda xohlovchi, intiluvchi, ixtiyor bildiruvchi sifatida namoyon bo'ladi. Lekin shunchaki o'z-o'zicha, «sof», o'zining jismoniy, moddiy tashuvchisidan holi, vujudsiz, hayotsiz ixtiyor - hech narsa emas. Ixtiyorning tashuvchisi yoki egasi umuman inson emas, balki muayyan, tirik, o'ziga xos odam. Zero ixtiyor-xohlovchi insondir. O'zgarmas, zamondan tashqaridagi ixtiyorning bo'lishi mumkin emas, u - doimo mazmunli ixtiyor, nimagadir ixtiyor. hayotning har bir dayri o'zi bilan yangi material va yangi ixtiyor olib keladi. «Ixtiyor haqidagi tadqiqotimning asosiy g'oyasi - ixtiyor va baxtga intilishning birligi, - deydi maktublaridan birida Feyerbax, - «Men xohlayman» degani, men baxtsiz bo'lishni istamayman, ya'ni men baxtli bo'lishni xohlayman degan ma'noni bildiradi».

Darhaqiqat, Feyerbax ta'limotida «ixtiyor» so'zi «baxtni ixtiyor qilish» iborasi bilan bir xil tushuniladi. Baxt tushunchasi esa ko'p ma'noli, bar bir insonning o'ziga xosligi bilan bog'liq. Baxt haqidagi va baxtga olib boradigan vositalar to'g'risidagi aldamchi tasawurlar natijasida insonning xohlagani - baxt deb o'ylagani aslida uni baxtsizlikka etaklashi ham mumkin. Lekin, bar kimning baxti o'ziga xos bo'lishiga qaramay, barchasi intilish va ehtiyoj nuqtai nazaridan umumiylikka ega. Faylasuf baxtga intilishning vijdon bilan uyg'unligi to'g'risida ham batafsil to'xtaladi, uning fikriga ko'ra, vijdon, bu - Mendagi boshqa Men, meni o'ziga nisbatan yomonlikdan tiyib turadigan yoki yomonlik qilib bo'lgach, azob beradigan, ta'qib etadigan, tasawurimdagi boshqaning qiyofasi, timsoli. Boshqaning qiyofasi mening o'zimni anglashim bilan shu qadar bog'lanib-chirmashib ketganki, men uyim bo'lmish o'z Menimning eng yashirin, eng sirli burchaklarida ham undan qochib, panoh topa olmayman; o'zimdan tashqarida boshqa odam mavjudligini unutolmayman. Demak, men yovuzlik qildim, bunga guvoh bo'lgan odam - yovuzligim qurboni, boshqa hech kim hech narsa bilmaydi. Shunga qaramay, mening sherigim bor, o'zimda meni sotishi mumkin bo'lgan, ayblovchi guvoh bor, bu - vijdon. Biroq, harakat oldidan yoki xatti-harakat paytida u уо jim turadi yoki ovozi shu qadar zaif va sekin bo'ladiki, xatti-harakat qiluvchi unga quloq solmaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, olmon mumtoz axloqshunoslari insoniyat jamiyati taraqqiyotiga, uning axloqiy yuksalishiga, shubhasiz, qiyoslab bo'lmaydigan darajada ulkan xissa qo'shdilar. Lekin, bu - ularning nazariyalari, ilgari surgan g'oyalari va axloqiy qarashlari har qanday nuqsondan holi, degan gap emas. Chunonchi, Kant axloqiylikni asosan burch tushunchasiga olib borib taqab qo'yadi, burchning bajarilishida xatti-harakatlarai mavjud shart-sharoitdan ustun qo'yadi, natijada uning axloqiy talabi ko'proq tirik odamga emas, ideal odamga qaratilgan me'yorga aylanib qoladi. Hegel axloqiy munosabatlarining sub'ektiv jihatlarini, shaxsning axloqiy javobgarligini bir chetga surib qo'yadi, jamiyat va davlat manfaatlarini har qanday holatda ham ustun qo'yadi. Feyerbax esa axloqiy munosabatlarda inson hissiyotiga nihoyatda ortiqcha baho berib yuboradi va, aksincha, aqlga o'rin qoldirmaydi. Biroq, bu nuqsonlar olmon mumtoz mutafakkirlarining erishgan yutuqlari oldida juz'iylik maqomiga ega. Shu bois ham ular tafakkuri kelgusi davrlar axloq ilmi uchun u yoki bu jihatdan asos vazifasini bajaruvchi ta'limotlar bo'lib qoladi va yangidan-yangi falsafiy-axloqiy oqimlarning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Yangi davr Ovro'po axloqshunosligidagi asoschisilaridan biri buyuk olmon faylasufi Artur Shopengauerdir (1788-1860). Axloqiy muammolar uning «Olam ixtiyor va tasawur sifatida»(1819-1844), «Hayot maktabining hikmatlari»(1851), «Axloqshunoslikning ikki asossiy muammosi» (1896) singari barcha yirik asarlarida o'rtaga tashlangan. Shopengauer ta'limotiga ko'ra, olam - inson ko'z ochishi bilan ko'rgan, hidlaru ranglarga, tovushlaru sukunatga, issig'u sovuqqa to'la dunyo faqat va faqat tasawurdan iborat. «Olam - mening tasawurim», deydi faylasuf... Olamga hoziru kelajakda nimaiki taalluqli bo'lsa, hammasi sub'ekt bilan sifatlanishga albatta mahkum va sub'ekt uchun mavjuddir. Olam - tasavvur». Shunday qilib, olam sub'ekt va ob'ektning o'zaro munosabati sifatida namoyon bo'ladi. Chunki biz faqat ko'zimizni, qulog'imizni, qo'limizni, tilimizniginna bevosita bilamiz, olamni emas. Olam, - men uni o'z tasawvurimda qanday qabul qilayotgan bo'lsam, - u shunday. Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomoni - ixtiyor. U tasawurga o'xshamaydi, butunlay boshqa, sirli, hali kashf etilmagan, ehtimol, umuman kashf etib bo'lmaydigan narsa. U barcha mavjudlikning ibtidosi. Ixtiyor, bu - mutlaq erkin xohlash, istash, uning na sababi, na asosi bor.

U – olamning ichki mazmuni, o'z-o'zicha anglanmagan holat, ko'r-ko'rona to'xtatib bo'lmaydigan shiddat. Hatto daraxtlar uchida ham ixtiyor hukmron, ular yuqoriga, nurga qarab intiladi, ildiz pastga intiladi – namni ixtiyor etadi. Jism faqat yuqoridan pastga - vertikal tarzda qo'llaydi... Ixtiyor, bu- makon va zamonda yashaydigan mavjudotlaming pay do bo'lishini ta'minlaydigan kuch. Lekin uning o'zi makon va zamonga bo'ysunmaydi, uni bilish mumkin emas. Inson esa, eng awalo, ixtiyor etguvchi, istaguvchi, hirs qo'yguvchi, va faqat undan keyingina, bilguvchi, fikrlovchi mavjudot. Ixtiyorning namoyon bo'lish shakli faqat hozir, kelajak ham o'tmish ham emas. Shu «hozir»ning manbai va mazmunini o'zida mujassam etadigan narsa - yashashga ixtiyor, ya'ni o'zimizdan iborat bo'lgan «narsa o'zida».

Shunday qilib, Shopenhauer hayot falsafasi oqimiga asos solgan bo'lsa, uning etakchisi yana bir buyuk olmon faylasufi Fridrix Nitsshedir (1844-1900).

Uning axloqqa munosabati «Zardusht dediki...»( 1883-1884), «Ezgulik va yovuzlikning narigi tarafida» (1886), «Axloqning kelib chiqishiga doir» (1887). «hukmronlikka ixtiyor. Barcha qadriyatlarni qayta baholash tajribasi» (1889-1901) singari asarlarida aks etgan. Nitsshe haqida hozirgacha bir-birini tubdan inkor qiladigan ikki umumiy fikr mavjud. Biri - uni fashizmning asoschisi, urushlar tarafdori, axloqfizlikni, zo'ravonlikni ma'qullovchi, mafkurachi-faylasuf sifatida, ikkinchi umumiy fikr - uni inson shaxsi ozodligini, inson xususiyligini bo'rtirib ko'rsatgan, insonni ulug' mavjudot ekanini yodiga soluvchi, shaxs erki tarafdori bo'lgan mutafakkir tarzida talqin etadi. Ho'sh, aslida u qanday faylasuf?

Faylasuf odamlarni uch toifaga bo'ladi: oxirgi odamlar, yaxshi odamlar va alo odarn (odamdan yuksak odam). U Zardusht tilidan shunday deydi; «Qarangiz! Men sizga eng oxirgi odamni ko'rsataman. «Muhabbat - nimadir? YAratmoq - nimadir? Intilmoq-chi? YUlduz degani nima?» Oxirgi odam ana shunday deb so'rab turadi va ko'zlarini pirpiratadi. Er kichkina bo'lib qoldi va uning yuzasida hamma nafsani kichraytiruvchi mitti odam sakrab-sakrab yuribdi. Uning urug'i suvarak kabi qirilib bitmagay: oxirgi odam hammadan ko'proq yashaydi. Ular vaqti-vaqti bilan andak zahar yutadi. SHundan yaxshi tushlar ko'radi... Cho'pon yo'q, hammasi - poda! har kim tenglik istaydi, hamma-teng. Kimda-kim boshqacha anglasa, o'z ixtiyori bilan jinnixonaga yo'l oladi. «Ilgari butun olam telba edi», deydi ularning eng oqillari va ko'ziarini pirpiratadi. «Baxt-iqbolni biz topganmiz», deb aytadi oxirgi odamlar va ko'zlarini pirpiratadi».

Mana yaxshi odamning ta'rifi; «Men shunday odamni sevamutiki, u alo odamga makon qurmoq uchun zahmat chekadi va ixtirolar qiladi va uning kelmog'i uchun er, mahluqot va nabototni hozirlab qo'yadi. Zotan, shu tarzda o'z xalokatini istaydi. Men shunday odamni sevamanki, u yaxshiligidan intilish va tole'ni yasaydi. Zotan u xuddi mana shunday - o'z yaxshiligi uchun yashashni istaydi va boshqacha umr kechirishni bilmaydi.»

Yana shuni ham aytish lozimki, ma'lum ma'noda, Nitssheni olmon Nostradamusi deyish mumkin. Darhaqiqat, Nitsshe vafotidan keyin o'n to'rt yil o'tar o'tmas Birinchi jahon urushi boshlandi, keyin Rossiya inqilobi, Antanta hujumi, fuqarolar urushi, Stalin va Hitler qatag'onlari dunyoning ko'p qismini qonga botirdi; undan so'ng Ikkinchi jahon urushi boshlandi: hirosima, Nagasaki fojialari, milliy ozodlik uchun olib borilgan urushlar, Vetnam urushi, Lotin Amerikasi va Afrikadagi partizanlik harakatlari, fuqarolar urushlari, Eron, Iroq, Afg'oniston, Tojikiston,... Bunday urushlar hozir ham davom etmoqda. Uning Rossiya, Olmoniya, xatto Ovro'po Ittifoqi haqidagi fikrlarini ham bemalol bashorat deyish mumkin. «Bu Ovro'po xalqlari Ittifoqida har bir alohida xalq, jug'rofiy maqsadlariga muvofiqlashgan chegaralarda muayyan kanton o'rnini egallaydi, - deydi faylasuf. Ularning o'zaro munosabatlari qurolli kuchlar emas, balki «o'zaro foydalilik» tamoyili asosiga qurilishini ta'qidlaydi. Bu Ittifoqning tuzilganiga, tamoyili haqiqatan «o'zaro foydalilik» ekaniga, pul birligi «evro»ning muomalaga kirganiga o'zimiz guvohmiz.

Xullas, Nitsshe axloqiy ta'limotiga teran, ehtiyot bo'lib yondoshmoq lozim. Bu ta'limotdagi ikki xil qarash o'zaro dialektik munosabatni inkor etadi. Unga beqarorlik falsafasi-sinergetika nuqtai nazaridan yondoshmoq lozim. Nitsshening timsolli tili bilan aytadigan bo'lsak, bu «yoqimsiz haqiqatlar» faylasufining bir yuzidan o'pib, ikkinchi yuziga tarsaki tushirmoq kerak. Har holda uning ta'limoti jahon falsafasi taraqqiyotiga katta hissa bo'lib qo'shildi; hozir ham uning eng ilg'or qarashlari yangi-yangi falsafiy oqimlarning yuzaga kelishi uchun turtki vazifasini o'tamoqda.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish