Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana25.01.2022
Hajmi2 Mb.
#408952
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dasturiy yechim togriligini avtomatik testlovchi tizim



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 

VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 

 

AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti 

 

Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasi 

 

Ta’limda multimedia texnologiyalari fanidan 



 

 

REFERAT 

 

 

Mavzu:

 

Dasturiy yechim to'g'riligini avtomatik testlovchi tizim 



 

 

Bajardi: 

 

 

 



 

651-13 – guruh talabasi 

Abdukarimov S.S. 

 

Qabul qildi: 



 

 

 



Delov T.E.  

 

 

Toshkent 2016

 

 




Reja: 

1.

 

Dasturiy yechim to’g’riligini avtomatik testlovchi tizim haqida 

2.

 

Hozirda foydalanilayotgan dasturiy yechim to’g’riligini avtomatik 

testlovchi tizimlar 

3.

 

Milliy dasturiy yechim to’g’riligini avtomatik testlovchi tizimlar 

 

 




1. Dasturiy yechim to’g’riligini avtomatik testlovchi tizim haqida 

Hozirgi  vaqtda  jamiyatni  axborotlashtirish  respublikamizda  davlat  siyosati 

darajasiga  chiqgan.  Kompyuter  texnologiyalarisiz  hayotni  tasavvur  qilib 

bo„lmaydi.  Jamiyatga  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari  (AKT)ni  tadbiq 

etish  insoniyatning  yashash  tarzini  sezilarli  darajada  oshiradi  va  osonlashtiradi. 

Kompyuterlashtirishning 

rivojlanishi 

va 


axborot 

kommunikasion 

texnologiyalarining qo„llanishi O„zbekiston uchun ustuvor yo„nalishlardan biridir. 

Bugungi kunda axborotlashtirishning o„zbek milliy tizimini shakllantirish, jamiyat 

iqtisodiyoti  va  hayotining  barcha  sohalarida  zamonaviy  axborot  texnologiyalarini 

ommaviy  ravishda  qo„llash,  jahon  axborot  jamiyatiga  kirish  va  jahon  axborot 

resurslaridan  foydalanish  uchun  shart-sharoitlarini  yaratish  zamon  talablaridan 

biriga aylandi. Davlat rivojlanishida AKT ahamiyatini anglagan holda Respublika 

hukumati jamiyatning barcha sohalarida axborot texnologiyalarini keng qo„llash va 

axborotlashgan  jamiyatga  qarab  rivojlanishni  faollashtirish  bo„yicha  tegishli 

qarorlar  qabul  qilmoqda.  Hozirgi  vaqtda  Respublikamizda  elektron  hukumat 

portali  (my.gov.uz)ni  rivojlantirish  bo„yicha  katta  ko„lamdagi  ishlar  olib 

borilmoqda.  Bu  ishlarni  hammasini  aholi  turmush  tarzini  yaxshilash  va  davlat  va 

jamiyat o„rtasidagi aloqani mustahkamlashdan iborat.  

Jamiyatni axborotlashtirishda dasturiy  vositalar  va dasturiy ta‟minotlarning 

o„rni  judayam  muhim.  Albatta  bularning  asosida  dasturlash  texnologiyalari, 

vositalari va tillari yotadi.  

Hozirgi  yetishib kelayotgan  yosh avlod uchun dasturlash tillarini o„rganish 

va  uni  amalda  tadbiq  etish  dolzarb  vazifalardan  biridir.  Albatta  bu  dolzarb 

vazifalarni  bajarishda  dasturlash tillarini  o„rgatuvchi  va  o„z  bilimini  tekshiruvchi 

tizimlarning  o„rni  judayam  muhim.  Dasturash  tillarini  o„rganishda  judayam 

ko„plab  o„quv  qo„llanmalar,  kitoblar,  monografiyalar  va  uslubiy  ko„rsatmalar 

ishlab chiqilgan. Bularni o„zlashtirishda o„quvchidan sabr, iroda va matonat talab 

etiladi.  O„quvchiga  bularni  tezda  o„rganishda  zamonaviy  pedagogik 

texnolgiyalarni qo„llash zamon talablaridan biridir. Xitoy  faylasufi  Konfutsiy  o„z 

ta‟limotida biror narsani o„rganish bo„yicha quyidagi jumlani ilgari surgan:  




Aytsang – unutaman, 

Ko‘rsatsang – eslab qolaman, 

O‘zim bajarib – anglab yetaman. 

Yuqorida ta‟kidlab o„tilganidek, biror bir yangi narsani o„rganish butun umr 

esida  qolishi  uchun  o„rganuvchi  tomonidan  bajarilsa  bunday  o„rganishning 

samaradorligi oshadi. 

Endi dasturlashni yurtimizda qanday o„tilishiga to„xtalib o„tadigan bo„lsak. 

O„quvchilarga  dasturlash  tillari  9-sinfdan  boshlab  o„tila  boshlanadi. 

Respublikamizning har bir viloyatlarida har xil dasturlash tillari o„tiladi. Masalan, 

Basic,  Paskal,  Delphi  –  dasturiy  vosita,  C/C  ++,  Java  va  boshqa  dasturlash  tillari 

o„tiladi. Ular har xil dasturlash tillarida o„z darslarini olib borishadi. Lekin ularning 

dasturlash tillarida olib boradigan dasturlari deyarli bir xil. Ya‟ni bir-biriga yaqin 

saviyadagi masalalarni ishlashadi. 

Biz  dasturiy  yechim  to‟g‟riligini  avtomatik  testlovchi  tizim  haqida 

gapiradigan  bo‟lsak  birinchi  navbatda  uning  ishlash  jarayoni  bilan  tanishib 

chiqishimiz kerak bo‟ladi. 

Bu  tizim  ishlash  jarayoni  quyidagicha,  birinchi  navbatda  administrator 

tomonidan  masala  tanlanadi,  u  masalani  tizimga  joylashtiradi.  Undan  keying 

jarayon  tanlangan  masalani  testlash  uchun  bizga  shu  masalaga  mos  testlari 

(testlarning javoblari bilan birgalikda) kerak bo‟ladi. Demak bizga ma‟lum bo‟ldiki 

dasturiy  yechim  to‟g‟riligini  avtomatik  testlovchi  tizim  ishlashi  uchun  birinchi 

navbatda  administrator  masala  tanlashi  va  shu  masalaga  mos  testlarni  tizimga 

joylashtirishi kerak bo‟ladi. 

Foydalanuvchi  tizimga  kiradi,  o‟ziga  maqul  masalani  tanlaydi  va  uni 

yechimini  tizimga  jonatadi.  Tizim  esa  foydalanuvchining  yechimini  olib  uni  shu 

masala uchun qo‟yilgan malumotlar bazasidagi testlar bilan birin ketin tekshiradi. 

Agarda  yechim  ma‟lum  bir  yechimga  noto‟g‟ri  javob  qaytarsa  demak  tizim 

foydalanuvchiga uning yechimi noto‟g‟riligi haqida ma‟lumot qaytaradi.  

Dasturiy yechim to‟g‟riligini avtomati testlovchi tizimlarning asosiy ishlash 

prinsipi quyida(1.1-rasmda) keltirilgan. 




 

1.1-rasm. Dasturiy yechimni avtomatik tekshiruvchi tizimning umumiy 

funksional sxemasi. 

Tizim  foydalanuvchi  yechimining  to‟g‟riligi  yoki  noto‟g‟riligini  aniqlab 

foydalanuvchiga quyidagi 1-jadvalda keltirilgan javoblarni qaytarishi mumkin. 

 

 



Yechimni tekshirish bloki 

MBBT 


 

Testlar to‘plami 

Foydalanuvchi 

interfeysi 

yechim 

natija  



1-jadval 

Nomi 


Test 

nomeri 


Izoh 

Qabul qilindi 

Yo„q  Masala muvaffaqiyatli o„tdi 

Kompilyatsiyada 

xatolik 

Yo„q  Avtomatik  testlovchi  tizimda  qatnashuvchi 

yechimini  kompilyasiya  qilish    amalga 

oshmadi 


Noto„g„ri javob 

Ha 


Bu  testda  qatnashuvchi  dasturi,  noto„g„ri 

javob chiqardi 

Bajarish vaqtida 

xatolik 


Ha 

Bu 


testda 

qatnashuvchi 

dasturi, 

nol 


bo„lmagan kod bilan xatolik chiqardi 

Vaqt limiti oshib 

ketdi 

Ha 


Bu  testda,  qatnashuvchi  dasturini,  bajarilish 

vaqti  masala  shartida  ko„rsatilgan  vaqtdan 

oshib ketdi 

Xotira limiti oshib 

ketdi 

Ha 


Bu  testda,  qatnashuvchi  dasturini,  ishlashga 

ketgan 


xotira 

hajmi 


masala 

shartidan 

ko„rsatilganidan oshib ketdi 

 


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish