3 – bosqich. O`tkazish oralig`i yoki pasaytirish oralig`i talablarini qondiradigan filtr funksiyasi tanlab olinadi va o`tish oralig`i hamda filtr uzunligi orasidagi munosabatdan foydalanib filtr uzunligi aniqlanadi.
4 – bosqich. Filtrning mos funksiyasi ω (n) ning qiymatlarini aniqlash hamda talab etilgan KIX filtrining h(n) koeffitsientlarini hD(n) va ω (n) larni ko`paytirish orqali hosil qilish.
h(n) = hD(n) * ω (n)
Talab qilingan filtrni qurishda yuqoridagi hamma bosqichlarni birin ketin amalga oshiramiz. Past chastotali filtr uchun hD(n) ifodani 2.1 – jadvaldan olamiz.