va talimning barcha soxalariga keng joriy etish, xalqaro axborort tizimlariga,
dasturchilar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga
bo‘lish, yangiliklar bilan tanishish, bilimga ega bo‘lish, o‘qish, ilg'or
texnologiyalar va tajribalar bilan tanishish, ish munosabatlarini tezda xal
o‘ynamoqda. Internet esa bu yo‘lda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilyapti.
Internet orqali reklama qilish uchun ana shu tashkilotning web saxifasini
sonli o‘zaro bir-biriga bog‘langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web
5
Gipermurojaat butunjahon o‘rgimchak to‘ridan hujjatning URL deb
nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. Biz bilamizki Web sahifaning
asosiy mohiyati axborotni tacvirlash va uni har bir foydalanuvchi uchun
ochib berishdir. Bunda bir qancha funkstional cheklanishlar mavjud, ya‘ni
biz oldindan Web sahifani ko‘ruvchining kompyuteri qanday, monitorining
imkoniyati qanday va ko‘rish oynasining qanday o‘lchamda o‘rnatilganligini
bilmaymiz. Biz hattoki foydalanuvchining qanday operastion muhitda
ishlayotganini ham bilmaymiz. Web sahifa esa INTEL mashinada ham
Makentoshda ham bir xil ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Foydalanuvchi o‘z
operastion muhitida qanday yozuv shriftlar o‘rnatganligi yoki uning
videokartasi qancha rangni ko‘tara olishi ham malum emas. Yuqoridagi
malumotlarning yo‘qligi yoki etarli emasligi umumaxborot almashish
tilining paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘lishi kerak edi, lekin bunday bo‘lmadi.
Gap shundaki 1986 yili xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)
tomonidan qog‘ozdagi hujjatni ekranda tasvirlash imkonini beruvchi hamma
variantlarni etiborga olgan SGML (Standart Generalired Markup Language)
tili yaratildi. Hamma imkoniyatlarni etiborga olgan kuchli sistema ishlab
chiqildi.
Web-sahifalarni yaratish va undan foydalanish ta‘lim tizimida ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Ta‘limda Web-sahifalardan nafaqat tijorat yoki
namoyish vositasi sifatida, balki bilim berish maqsadlarida ham foydalanish
mumkin. Albatta bunda ta‘lim masofadan turib amalga oshiriladi. Bunday
ta‘lim berish jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot
qilmasdan olib boriladi. Buning uchun ta‘lim beruvchi (oliy o‘quv yurti,
maktab va boshqalar) o‘qitiladigan predmetga tegishli ma‘lumotlarni Web-
sahifalarga har xil ko‘rinishlarda (matn, rasm, jadval, animastiya, tovushli
ma‘lumot va xatto video tasma ko‘rinishida) joylashi kerak. O‘quvchi esa
dunyoning hohlagan joyidan turib Internet orqali bu ma‘lumotlardan bilim
olishi mumkin. Ta‘limning bunday ko‘rinishi masofaviy ta‘lim deb
yuritiladi. Masofaviy ta‘lim bugungi kunga kelib dunyoning ko‘plab
rivojlangan davlatlarida qo‘llanilib kelinmoqda. Masofaviy ta‘limdan
foydalanish natijasida vaqt va pulni tejash, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz
bilim olish imkoniyatlariga ega bo‘linadi. Bunday imkoniyatlarni bizga
Web-sahifalari yaratib beradi. Ma‘lum predmetga tegishli ma‘lumotlarni
(matn, rasm, jadval, animastiya va boshqalarni) sahifalarga joylab, ularni
doimiy ravishda to‘ldirib borish, o‘quvchilarni bilimlarini baholash uchun
nazorat test savollarini kiritish imkoniyatlari mavjud. Buning natijasida
Kalmuratov. B
o‘quvchining olgan bilimini nazorat qilish, baholash imkoniyatlari paydo
bo‘ladi. Bu esa Web-texnologiyadan ta‘limda foydalanishning eng optimal
variantlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: