Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
Sana20.02.2020
Hajmi0,94 Mb.
#40394
Bog'liq
AX Tayyor


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI  

VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI  

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 

010-18 guruh talabasi Xamroqulov Qodirjonning  

Mutaxassislikka kirish fanidan tayorlagan 

 

 

 



 

 

 



O’zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi 

bo’yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar 

 

 



 

 

Bajardi: Xamroqulov Q. 

Tekshirdi: Abdullayev D.

 

 



Toshkent – 2020 

MUSTAQIL ISHI 

Reja: 

Kirish ....................................................................................................................................................... 3 

Uzinfocom.uz .......................................................................................................................................... 4 

Axborot xavfsizligi ekspertizasi............................................................................................................. 5 

Unicon.uz ................................................................................................................................................ 6 

Yaratilish tarixi ..................................................................................................................................... 6 

Maxsulotlar: ........................................................................................................................................ 8 

E-KALIT ............................................................................................................................................ 8 

S-FILES fayllarni saqlash tizimi .......................................................................................................... 9 

Raqamli imzo ................................................................................................................................... 9 

E-ijro elektron hujjat aylanish tizimi ................................................................................................. 9 

E-XAT muhofazalangan elektron pochta tizimi ................................................................................. 9 

E-Hujjat elektron hujjat aylanishi tizimi .......................................................................................... 10 

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va marketing bo‘yicha 

atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati .................................................................................. 10 

Aloqa liniyalari va uzatish tizimlariga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati ................... 10 

Elektron hujjat aylanishiga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati................................... 11 

Foydalanilgan adabiyotlar ...................................................................................................................... 12 

 

 

 



Kirish 

Umumjahon 

axborot 

globallashuvi 

jarayonlari 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, 

balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston 

axborot  va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi  xalqaro  xavfsizlik tizimiga 

Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi. 

Axborot  xavfsizligini  ta’minlash  bo‘yicha  Aloqa,  axborotlashtirish  va 

telekommunikatsiya  texnologiyalari  davlat  qo‘mitasi  tomonidan  quyidagi  chora-

tadbirlar amalga oshiriladi: 

Ma’lumotlar  uzatish,  telekommunikatsiya  tarmoqlari,  teleradioefir  hamda  axborot 

tizimlarida  axborot  xavfsizligini  ta’minlashni  takomillashtirish  va  rivojlantirish 

bo‘yicha davlat siyosatini yuritish; 

Axborot  xavfsizligiga  oid  qonunchilik  va  me’yoriy-huquqiy  hujjatlarining 

yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish; 

Axborot  tizimlari  komplekslari,  resurslari  va  ma’lumotlar  bazalarining  axborot 

xavfsizligini ta’minlash; 

davlat  organlarining  axborot  tizimlari  va  resurslari  axborot  xavfsizligi  siyosatini 

ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish; 

davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan 

monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi 

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga 

belgilangan tartibda taqdim etish; 

telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik 

qilish,  davlat  organlarining  kompyuter  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish 

sohasidagi  qonun  buzilishlarining  oldini  olish  masalalari  bo‘yicha  birgalikdagi 

ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish; 

Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot 

xavfsizligiga  paydo  bo‘layotgan  tahdidlar  to‘g‘risida  o‘z  vaqtida  xabardor  qilish, 

shuningdek  axborotlarni  muhofaza  qilish  bo‘yicha  konsultatsiya  xizmatlari 

ko‘rsatish; 



qonun  buzuvchilarni  tahlil  qilish,  identifikatsiyalashda,  axborotlar  makonidagi 

ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar 

va  vositalarni  tahlil  qilishda  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  bilan  hamkorlik 

qilish; 


Internet  tarmog‘i  milliy  segmentida  axborot  xavfsizligi  hodisalarining  oldini  olish 

bo‘yicha  o‘zaro  amaliy  ishlarni  tashkil  etish  maqsadida  axborot  xavfsizligi 

sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Aloqa,  axborotlashtirish  va  telekommunikatsiya 

texnologiyalari  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Axborot  xavfsizligini  ta’minlash 

markazi 

Mazkur  Markazning  asosiy  maqsadi  etib,  «Elektron  hukumat»  tizimining  axborot 

tizimlari,  resurslari  va  ma’lumotlar  bazalarining,  shuningdek  Internet  tarmog‘i 

milliy segmentining axborot  xavfsizligini ta’minlash sohasidagi  normativ-huquqiy 

bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, davlat organlari tizimlari 

va axborot resurslarida axborot xavfsizligini ta’minlash belgilangan. 

Markaz  xodimlari  axborot  xavfsizligiga  hozirgi  vaqtdagi  tahdidlar  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni  yig‘ish,  tahlil  qilish  va  to‘plash  bilan  shug‘ullanadilar,  «Elektron 

hukumat»  tizimi  axborot  tizimi,  resurslari  va  ma’lumotlar  bazalariga  noqonuniy 

kirib  olish  holatlarining  oldini  olishni  ta’minlaydigan  tashkiliy  va  dasturiy-texnik 

yechimlarni  samarali  qabul  qilish  bo‘yicha  tavsiyalar  va  takliflar  ishlab  chiqishda 

ishtirok etadilar. 

“Elektron hukumat” tizimi axborot xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy 

asoslarini  takomillashtirish  bo‘yicha  takliflarini  ishlab  chiqish  ham  Markazning 

maqsad-vazifalari hisoblanadi. 

Yurtimizda bir nechta Axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va 

tashkilotlar mavjud bo’lib, ulardan ba’zilari quyidagilar: 

Uzinfocom.uz  

Yagona integrator 2017 yil avgustda UZINFOCOM markazidan, hukumat va 

davlat idoralarining IT-ehtiyojlarini qondirish uchun tashkil qilingan.  

Hozirgi kunda Yagona integrator quyidagi loyihalarni boshqarib kelmoqda:  

 



Yagona davlat xizmatlari portali (

my.gov.uz



 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual  qabulxonasi  (



pm.gov.uz



 

Jamoatchilik tashabbuslari yagona platformasi (

meningfikrim.uz



 

O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali (

gov.uz





 

ZiyoNET jamoat axborot ta'lim tarmog’i (

ziyonet.uz



 

Yagona forum platformasi (

uforum.uz

Axborot xavfsizligi ekspertizasi 



Axborot xavfsizligi (AX) ekspertizasi tashkilotlarning kompyuter tizimlarini 

kamchilik va zaifliklarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi hamda ularning ish 

samaradorligini baholash va tashkilotning axborot himoyasini tahlilini tashkil etish 

maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 

 

tizimning mavjud meʼyoriy talablarga mosligini baholash; 



 

xavfsizlik sohasida qabul qilinayotgan barcha yechimlarni asosli va 



huquqiyligini aniqlash. 

Tizimni samarali va toʻgʻri ishlashini baholash axborot xavfsizligi darajasini 

oshirish maqsadida tashkilotlarning tashabbuslari bilan meʼyoriy talablar 

mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 

Tashkilot oʻz faoliyati doirasida maxfiy maʼlumotlar bilan ishlasa (xodimlar yoki 

mijozlar maʼlumotlari) AX ekspertizasini oʻtkazish oʻta muhimdir. Bu turdagi 

maʼlumotlarni tashqi kirishlardan himoyalash shunchaki ehtiyotkorlik emas, balki 

tashkilotning asosiy majburiyatlaridan biridir. 

Yagona integrator UZINFOCOM mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladigan AX 

ekspertizasi maʼlumotlar muhimligi darajasi, maxfiy axborotlarni saqlash 

obyektlarining tahlili va ularni saqlash obyektlariga kirish yoʻllarini 

aniqlashni; korporativ muhitda yechilayotgan masalalarni tekshirishni; operatsion 

tizim, tarmoq xizmatlari protokollari va himoya tizimlari analizini oʻz ichiga oladi. 

Oʻtkazilgan, tarmoq va tizim axborot xavfsizligini ekspertizasi asosida, Yagona 

integrator UZINFOCOM mutaxassislari, tashkilotning axborot resurslari 

himoyasini kerakli darajaga oshirish imkoniyatini beruvchi tavsiyalar beradilar. 

AX ekspertizasi quyidagi bosqichlardan iborat: 

 



ishchi stansiyalarni tashqi nazorati; 

 



serverlarni tashqi nazorati; 

 

ishchi stansiyalar va serverlarni lokal tarmoq doirasida zaifliklar 



mavjudligiga maxsus dasturiy taʼminot bilan skanerlash; 

 



mavjud veb-saytlarni zaifliklar mavjudligiga avtomatlashtirilgan dasturiy 

taʼminot bilan skanerlash va standart qoʻlosti vositalari yordamida 

tekshirish; 

 



oʻrganilayotgan axborot tizimi joylashgan hududda mavjud jismoniy 

himoyaning tahlili; 

 

mavjud ichki meʼyoriy hujjatlarning tahlili, xususan axborot himoyasi 



doirasida; 

 



tashkilotdagi javobgar shaxslarni soʻrovdan oʻtkazish; 

 



ommaviy resurslarni va tarmoqda aylanayotgan maʼlumotlarning tahlili. 

Axborot xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazishga shartnoma tuzish bilan bogʻliq 

savollar bilan Yagona integrator UZINFOCOMning quyidagi telefonlariga 

bogʻlangan holda javob olishingiz mumkin: 238-42-41, 238-42-42. 

 

Unicon.uz 



 

Yaratilish tarixi  

1992 yilda aloqa va axborotlashtirish sohasining ilmiy tashkiloti sifatida Ilmiy-

tadqiqot markazi (ITM) tashkil etildi. 

Markaz yaratilganidan beri xalqaro hujjatlar bilan uyg‘unlashtirilgan tarmoqning 

normativ-huquqiy va qonun hujjatlari bazasini yaratish bo‘yicha ishlar, yangi 

telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilishning ustuvor 

yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish Markazning asosiy 

vazifalari sifatida belgilandi. 

1994—1996 yillarda ITM Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon, Buxoro va Toshkent 

viloyatlarining shaharlarida telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya 

qilish ishlarida faol ishtirok etdi. 

1995 yilda Markaz qoshida Telekommunikatsiya texnik vositalarini 

sertifikatlashtirish organi, so‘ng 1996 yilda – Sertifikatlashtirish sinov markazi 

(SSM) tashkil etildi, ularning ikkisi ham O‘zstandart agentligida akkreditatsiyadan 

o‘tkazildi. 



1997 yilda ITM sohaning standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkiloti va asos 

metrologiya xizmati sifatida O‘zstandart agentligida ro‘yxatga olingan. 

1997 yilning avgust oyida aloqa sohasidagi qayta o‘zgartirishlar va O‘zbekiston 

Respublikasi Aloqa vazirligining O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar 

agentligiga qayta nomlanishi munosabati bilan ITM, unga yangi vazifalar 

yuklangan holda, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) nomi 

bilan qayta nomlandi. 

1998 yilda «Axborotnoma» tarmoq byulletenini chop etish boshlandi. 

1998 yilda FTMTM 9000 seriyasidagi ISO xalqaro standartlari asosida tarmoqda 

sifat tizimini yaratish va qo‘llash bo‘yicha asosiy tashkilot sifatida belgilandi. 

1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan FTMTM ishtirokida 

ishlab chiqilgan «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. 

2001 yilda Frantsiya davlati tomonidan ajratilgan grant bo‘yicha «Chorvoq» 

RTSda quvvati 5 kilovattdan iborat birinchi tajribali shamol-quyosh qurilmasi 

qurildi. 

2002 yildan 2004 yilgacha davr mobaynida FTMTM ishtirokida O‘zbekiston 

Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli imzo 

to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat 

to‘g‘risida»gi qonunlari ishlab chiqildi.   

2002 yilda elektromagnit moslashuvini tahlil qilish xizmati tashkil etildi. 

2005 yilda quyidagilar tashkil etildi: 

- «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonunni amalga oshirish maqsadida aloqa 

va axborotlashtirish sohasida Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish 

markazi, bunda FTMTM elektron raqamli imzoni qo‘llash sohasida O‘zbekiston 

respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat 

qo‘mitasining ijroiya organi sifatida belgilandi; 

  

2006 yilda ma’lumotlarni shifrlash algoritmi bo‘yicha birinchi davlat stangdarti 



ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Milliy kriptoprovayder ishlab chiqildi. 

2007 yili  «Axborotkommunikatsiyalar: Tarmoqlar, Texnologiyalar, Echimlar» 

soha jurnali tashkil etildi. Elektron hujjat aylanish tizimi «E-Hujjat» birinchi 

ko‘rinishi chiqdi va tajribada qo‘llash uchun birinchi shartnoma tuzildi. 

2009 yili - "UNICON.UZ" davlat unitar korxona yangi brendi yaratildi. Shu yili: 

- himoyalangan elektron pochta «E-Xat»; 

- fayllarni saqlash himoya tizimi «HIMFAYL»; 

- apparat-dasturiy moslama «E-kalit» ishlab chiqildi. 

- umumiy va maxsus texnik reglamentlar «Telekommunikatsiya uskunalariga 

talablar», «Elektromagnit  moslashuvchanlik to‘g‘risida», «Ochiq kalitlar 

infrastrukturasiga talablar» va «Pochta aloqasida xavfsizlik talablari»ni ishlab 

chiqish boshlandi. 

2011 yili Aks-sadosiz ekranli kamerali laboratoriya majmuasi Sertifikatsiya sinov 

markazi ishga tushdi. 

2013 yili «E-Xsud» axborot tizimi ishlab chiqilishi boshlandi. 

2015 yili «E-IJRO» platformasi negizida idoralararo yagona elektron o‘zaro tizimi 

ishlab chiqildi. 

2017 yili «E-IJRO» negizida milliy tizim «IJRO.GOV.UZ» ishlab chiqildi. 

2018 yili. “Web A Calibley” texnologiya asosida shifrlash brauzeri uchun dasturiy 

modulga UZ.SMT. 01.215.0954787 26.11 2018y muvofiqlik sertifikati  berildi. 

Maxsulotlar: 

 

E-KALIT


  

shifrlashning maxfiy kalitlarini va elektron raqamli imzo (ERI)ni 

muhofazalangan holda saqlash talab qilinadigan axborot tizimlari bilan birgalikda  

foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan apparat-dasturiy qurilma hisoblanadi 

 

 


 

S-FILES fayllarni saqlash tizimi

  

Ishlab chiqilgan S-FILES tizimi shaxsiy kompьyuter yoki tashqi 



diskdagi papkalarga va fayllarga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish 

qiladi va xavfsizlikni ta’minlaydi. Hozirgi kunda respublikada analoglar mavjud 

emas. 

 

 



 

Raqamli imzo 

«UNICON.UZ» DUK elektron imzo kalitini ro‘yxatga olish 

markazining elektron imzo kalitlari sertifikatlari ITU-T X.509, RFC3279, RFC3280  

xalqaro tavsiyalariga mos keladi. 

 

 



 

E-ijro elektron hujjat aylanish tizimi  

E-ijro - hujjat davlat organlarining ichki elektron  hujjat aylanish 

tizimlarini o‘zaro integratsiyalashuvi  orqali idoralararo elektron 

hamkorlikni ta’minlashga mo‘ljallangan. 

 

 



 

 

E-XAT muhofazalangan elektron pochta tizimi 



E-XAT muhofazalangan elektron pochta tizimi E-XAT tizimi 

foydalanuvchilari o‘rtasida elektron xabarlar bilan muhofazalangan 

almashinuvni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. 

 


 

 

E-Hujjat elektron hujjat aylanishi tizimi  



E-Hujjat elektron hujjat aylanishi tizimi legitim elektron hujjatlar bilan 

almashinuvni tashkil etish, shuningdek tashkilotda ish yuritishning mavjud tizimini 

takomillashtirish va avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. 

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va marketing 

bo‘yicha atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati  

Hozirgi paytda iqtisodiyot va marketingning ahamiyati axborot texnologiyalarini 

keng joriy qilish asosida oshib bormoqda. Bu holat fan, ta’lim va ishlab chiqarish 

faoliyati nomoddiy elementlarining ustuvor rivojlantirilishini shart qilib qo‘yadi. 

Bizning mamlakatimiz ham bundan mustasno emas, hozirgi vaqtda 

respublikamizda zamonaviy jamiyatni rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida 

iqtisodiyot va marketingga katta e’tibor qaratilmoqda. 

Atamashunoslik jamiyat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, iqtisodiyot 

va marketing sohasida sezilarli ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot va marketing 

bo‘yicha ishlab chiqilgan ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘at iqtisodiyot va marketing 

sohasidagi mavjud atamalarni umumlashtirishga bo‘lgan dastlabki urinishdir, shu 

sababli, mukammal deb bo‘lmaydi. Lug‘at hozirgi amaliy hayotda, ishbilarmonlik 

muhitida qo‘llaniladigan iqtisodiy, moliyaviy, marketing va huquqiy 

tushunchalarning izohini ichiga oladi. Marketing faoliyati mazmunining tavsifiga, 

marketing boshqaruvi asoslariga, xaridor xulq-atvori nazariyasining psixologik va 

iqtisodiy jihatlariga katta e’tibor berilgan. An’anaviy so‘zlar bilan bir qatorda, 

muomalaga so‘nggi yillarda kirgan yangi so‘zlarning kiritilishi lug‘atning farqlab 

turadigan xususiyatidir. 

  

Aloqa liniyalari va uzatish tizimlariga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli 



lug‘ati  

Tarmoq texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi, o‘z navbatida, obzor va reklama 

xarakteridagi qo‘plab ilmiy maqolalar paydo bo‘lishiga turtki berdi. O‘zbekistonda 

tarmoq mutaxassislari yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishda xorij 

kompaniyalarining uskuna bilan birga yoki etkazib beruvchi kompaniyalarning 


o‘quv markazlarida bu texnologiyalarni œrganish mobaynida olingan original 

materiallaridan, shuningdek, xalqaro elektraloqa ittifoqining ushbu texnologiyalar 

bo‘yicha tavsiyalar va standartlari materiallaridan foydalandilar. Biroq, turli 

tarmoqlarning birgalikda ishlashini ta’minlovchi NGN kontseptsiyasi amalga 

oshirilishi sababli, transport texnologiyalar kompьyuter tarmoqlari bo‘yicha 

qo‘plab mutaxassislarni qiziqtirib qoldi. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, 

transport tarmoqlarda sof optik funktsional elementlardan keng foydalanish, 

nafaqat ishlab chiquvchilardan, balki, apparaturani montaj qilish va undan 

foydalanishni ta’minlaydigan oddiy muhandislardan tola optikasi va optik 

texnologiyalar bo‘yicha muayyan bilim, tushuncha bo‘lishini talab qiladi. Ushbu 

barcha omillar aloqa liniyalari va uzatish tizimlari bo‘yicha ruscha-o‘zbekcha izohli 

lug‘at yaratish zaruratini yuzaga keltirdi.  

Elektron hujjat aylanishiga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati  

Elektron hujjat aylanishi mavzusi yildan yilga katta ahamiyatga ega bo‘lib 

bormoqda. Elektron hujjat aylanishining avtomatlashtirilgan tizimlari bozori 

o‘syapti, yangi tizimlar paydo bo‘lyapti.Hujjat aylanishini boshqarishni 

avtomatlashtirish zarurligi to‘g‘risidagi masala allaqachon amaliyotga kiritilgan va 

ko‘plab korxonalarda elektron hujjat aylanishi tizimi joriy etilgan. Bu esa hujjatlar 

bilan ishlashda yangi texnologiyaning afzalligini baholash imkonini beradi. 

Elektron hujjat aylanishi hayotning barcha sohalarini: savdo, boshqaruv, bank 

faoliyati, davlat organlarining ishi va shu kabilarni  qamrab oladi. 

 Lekin, respublikada hanuzgacha bu sohada qo‘llaniladigan yagona atamalar 

mavjud emasligi natijasida, elektron hujjat aylanishida qo‘llaniladigan ayrim 

atamalarni turlicha tushunish, ulardan noto‘g‘ri foydalanish hollari uchrab turar 

edi. 

 Shu kunga qadar,  hujjat aylanishi sohasidagi normativ hujjatlar, asosan, qog‘ozda 



rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan ish yuritishga mo‘ljallanganligi sababli, elektron 

hujjat aylanishida qo‘llaniladigan tushunchalar mavjud emas yoki etarli darajada 

yoritilmagan edi. 

 

 



Foydalanilgan adabiyotlar 

http://unicon.uz/ru/history



 

https://uzinfocom.uz/uz/site/about



  

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish