”Ishlar portfoliosi” - talabaning turli, jumladan ijodiy, loyihaviy, ilmiy-
izlanish va boshqa sohalardagi ishlari, uning o’quv va ijodiy faoliyatining asosiy
shakl va yo’nalishlari, ilmiy anjumanlar, tanlovlar, o’quv oromgohlari, elektiv
kurslardagi ishtiroki, turli amaliyotlar, sport va badiiy sohalardagi
muvaffaqiyatlari aks etadi. Bunday portfolio talabaning ijodiy kitobi sifatida
yuritiladi va talabaning turli sohalardagi ishlarining namunalari matn ko’rinishida,
elektron versiyalar, rasmlar, video yozuvlar shaklida ilova qilinadi.
Afzalliklari: Bunday tipdagi portfolio talabaning o’quv va ijodiy faolligi
dinamikasi, uning qiziqish yo’nalishi, kasbga tayyorgarlik harakteri to’g’risida
keng tasavvur beradi.
“ Do'stlaringiz bilan baham: |