Difraksiya (lot.diffractus - singan) – to’lqinlarning harakat yo’nalishida uchragan to’siqlarni aylanib o’tishi. Difraksiya har qanday to’lqin harakatiga tegishli;to’lqin uzunligi to’siq o’lchamiga teng yoki undan katta bo’lsa, difraksiya yuz beradi. Tovush, yorug’lik nuri, rentgen nurlari, elektronlar, neytronlar tarqalganda difraksiya hodisasi kuzatiladi.
Frenel zonalari – fazoning berilgan (R) nuqtasidagi toʻlqin amplitudasini aniqlashda hisoblashlarni soddalashtirish uchun yorugʻlik toʻlqin sirti boʻlinadigan halqasimon soha(zona)lari. Gyuygens — Frenel prinsipiga koʻra, Q manbadan R nuqtaga kelayotgan toʻlqinni qoʻshimcha S sirtda joylashgan hayoliy manbalardan kelayotgan toʻlqinlar yigʻindisi bilan almashtiriladi. S sirt sifatida Q dan kelayotgan sferik toʻlqin sirti olinadi. Bunda S sirt, har bir zona chetlaridan R nuqtagacha boʻlgan masofalar X/2 ga farqlanadigan halqasimon zonalarga boʻlinadi (X — toʻlqin uzunligi). Yuzlari oʻzaro teng boʻlgan bunday zonalar Frenel zonalari deb ataladi. Agar S sirt oʻrniga markazi O nuqtada boʻlgan doiraviy teshikli toʻsiq qoʻyilsa, teshikka juft sondagi Frenel zonalari toʻliq joylashgan holda R nuqtada qorongʻilik kuzatiladi; teshikka toq sondagi Frenel zonalari toʻliq joylashgan holda esa R nuqtada toʻlqin amplitudasi eng katta boʻlib, u toʻsiq umuman boʻlmagan holdagidan 2 marta katta boʻladi. Frenel zonalari usuli optika, radio va tovush toʻlqinlarini oʻrganish va boshqalarda qoʻllandi.
Frenel difraksiyasi – sferik yoruglik toʻlqinining ekrandagi teshikdan boʻladigan difraksiyasi. Bunda teshikning radiusi Frenelning birinchi zonasi radiusi tartibida boʻlishi kerak. Bu hodisani birinchi bo’lib mashhur fransuz fizigi O.J. Frenel o’rgangan va bu hodisa uning sharafiga nomlangan.
Yoruglikning difraksiyasini tajribalar asosida chuqur o’rgangan va uning nazariyasini yaratgan fransiyalik Frenel dumaloq diskdan, dumaloq teshikdan va ingichka sim toladan bo’ladigan difraksiyalarni kuzatadi. 1818- yili yoruglikning korpuskular nazariyasi tarafdorlari bilan to’lqin tabiati nazariyasi tarafdorlari o’rtasida Parij Fanlar akademiyasidagi tortishuvda Frenel tarafdorlari g’olib chiqadi va oily mukofotga sazovor bo’lishadi. Bunda quyidagi e’tiroz bildirilgan edi: agar yoruglik to’lqin tabiatiga ega bo’lsa, dumaloq diskda kuzatilayotgan difraksiya markazida yorug’ dog’ paydo bo’lishi kerak. Shu zahotiyoq qorong’I joyda tajriba o’tkazilib, haqiqatdan ham, diskning qoq markaziga to’g’ri kelgan ekranda yorug’ dog’ paydo bo’lganligi kuzatiladi. To’lqinlar difraksiyasi hodisasini Guygens prinsipi yordamida sifat jihatdan tushuntirish mumkin. Ammo turli yo’nalishlarda tarqalayotgan to’lqinlarning intensivligi (I ~A2) haqida Guygens prinsipi hech qanday ma’lumot bermaydi. Bu kamchilikni Frenel tuzatdi va u Guygens prinsipini ikkilamchi to’lqinlar interferensiyasi haqidagi g’oya bilan to’ldirdi hamda bu prinsipga fizik ma’no berdi.
XULOSA:
Men ushbu mustqil ishni bajarish davomida difraksiya haqida
ma’lumotga ega bo’ldim. Difraksiya bu to’lqinlarni to’siqlardan aylanib
o’tish hodisasi ekanligini, bu hodisani fizig O.G.Frenel o’z tajribasida o’rgangani,agar to’lqin uzunligi to’siq o’lchamidan kichik bo’lsa, difraksiya ro’y bermasligini bilib oldim.