43
Хulosa.
ХХ asr so’ngida ro’y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ikki qutbli
dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning
mafkuraviy manzarasini tubdan o’zgartirib yubordi. Inson qalbi va ongini egallash
uchun kurash xilma-xil g’oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan
mafkuralarning asosiy maqsadiga aylanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek “Bugungi kunda
odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat
qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma’no- mazmundagi
mafkuraviy kuchlarning ta’sirini doimiy sezib yashamoqda”.
Hozirgi zamonda inson ongi va qalbini egallashga qaratilgan harakatlar
haqidagi bilimlarni o’quvchilar ongiga singdirish, muammoli vaziyatlarni hal etish
bo’yicha amaliy mashg’ulotda Keysga asoslangan o’qitish texnologiyasining asosiy
maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida
o’rganilgan o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni
tahlil qilish va qirralarni yakka tartib yoki guruhlarda qabul qilish ko’nikmalarini
egallashga, ijodiy va o’rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit
sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil
qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi.
Shundan kelib chiqib, fikr yuritganda, O’zbekiston tashqi siyosatga tinchlik,
barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi
siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
• mafkuraviy qarashlardan qati nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy
qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
• davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
• boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
• nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
• kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
• inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
44
• ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;
• davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini
ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib
chiqish;
• tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
• davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat
milliy manfaatlarining ustunligi;
• tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish xisobiga boshqasidan
uzoqlashmaslik.
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib
tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat cifatida tezda tan
olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini
dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik siyosiy,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Тoshkentda 43
mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSh, Тurkiya, Germaniya,
Fransiya, Buyuk Britaniya, Хitoy, Hindiston Pokiston va boshqalarni kiritish
mumkin. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro
tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning
vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSh,
Тurkiya, Germaniya, Fransiya, Хitoy, Pokiston va boshqalarda O‘zbekistonning
elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.
Ushbu keys - o’quvchilarni O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi tutgan
o’rni haqida mustaqil fikrlash, erkin tafakkurni shakllantirish asosida yovuz
g’oyalarga qarshi javob bera olish, “O’zbekiston - yagona Vatan” degan
tushunchani shakllantirish bilan birga jamiyat taraqqiyotida uchraydigan to’siqlarni
yengishga imkon yaratadi. Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
mavzu bo’yicha o’quvchilar dunyoning mafkuraviy manzarasi va globallashuv
jarayonlari haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur.
45
Keys-stadidagi asosiy muammo dunyo mafkuralari o’rtasida bo’layotgan
axborot jangi vamafkuraviy immunitetni kuchaytirish - yoshlar ongini zararli
g’oyalardan himoya qilish omili. Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun
kurash
Тarix tajribasidan ma’lumki, o’zga hududlarni zabt etish yoki himoyalanish
maqsadida urush qurollari uzluksiz takomillashtirib borilgan.Ularning barchasi
ehtimol tutilgan dushman askarlari va aholisini yo’q qilishga qaratilgan edi.
Bugungi kunda esa o’zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini qirib
tashlash yoki jismonan asir qilib olish shart emas.
Do'stlaringiz bilan baham: