Kollejda O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilish kerak bo‘lgan minimal
talablar:
O‘zbekiston tarixi (1917—2015 yy.):
- Тurkistonda sho‘rolar istibdodining o‘rnatilishi, Тurkiston muxtoriyati
haqida bilimlarga ega bo‘lish;
- istiqlolchilik, milliy ozodlik harakatlari, ularning namoyandalari haqidagi
bilimlarga ega bo‘lish;
- sho‘ro hokimiyatining 20—30-yillarda O‘zbekistonda yuritgan siyosiy,
iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy siyosatini qiyosiy tahlil qila olish va uning
mustamlakachilik mohiyatini anglash;
- sho‘ro hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan siyosiy qatag‘onlik siyosati
va uning oqibatlarini bilish;
- O‘zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, xalqimizning
fashizmga qarshi janglarda va mehnat sohasidagi jasorati haqida ma’lumotlarga
ega bo‘lish;
- O‘zbekiston xalqlarining sho‘rolar mustamlakachiligi davridagi ijtimoiy-
siyosiy ahvoli haqida bilimlarga ega bo‘lish;
- O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi uchun kurash, mustaqillik
Deklaratsiyasi va uning mohiyati haqidagi bilimlarni egallash;
- O‘zbekiston davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy
ahamiyatini bilish;
- O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bilish;
- O‘zbekistonning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Prezidenti, tashqi aloqalariga
doir ma’lumotlarni to‘la egallash;
1
“Ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон
Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори.
www.lex.uz
13
- tarixiy voqea va hodisalarni milliy g‘oya, milliy istiqlol mafkurasi
mezonlarida tahlil eta olish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot, siyosat, mafkuraga oid
asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;
- bozor iqtisodiyotining umumiy qonuniyatlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida
mustaqil O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining umumiy xususiyatlari
to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish;
- dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish
vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining bu muammolarni hal etish yo‘lida amalga
oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
- hozirgi davrda O‘zbekistonning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti haqida
bilimlarga ega bo‘lish;
- O‘zbekistonda demokratik davlat qurish, demokratik va fuqarolik jamiyatini
barpo etish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish tamoyillarini bilish;
- xaritalar ustida ishlash, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza
yuritish, munozara va bahslarda fikr bildira olish;
- darslik, qo‘llanma, tarixiy hujjat, matn ustida hamda ko‘rgazmali qurollar
bilan mustaqil ishlay olish;
- o‘z maktabi, ko‘chasi, qishlog‘i, tumani, shahrining o‘tmishi, bugungi
hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;
- egallagan bilimlarini erkin bayon etish, o‘z kursdoshlarining fikrlariga
munosabat bildira olish;
- tarixiy bilim, ko‘nikma va egallangan malakalardan o‘z hayotida va jamiyat
muammolarini hal qilishda foydalana olish.
- insoniyat oldidagi umumbashariy muammolar haqida bilimlarga ega
bo‘lish
1
.
Umuman olganda, O‘MKHТ standartlarining joriy etilishi quyidagi
maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
1
“Ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон
Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори.
www.lex.uz
14
- O‘MKHТning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan
chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish
talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
- mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat
ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib
chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
- O‘MKHТning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi,
ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim
jarayoni samaradorligini oshirish;
- sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida
shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va
tartibini belgilash;
- O‘MKHТ
jarayonini
va
kadrlar
tayyorlashning
izchilligi
va
uzluksizligini ta’minlash;
- mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |