8-mavzu: Boshlang`ich ta’limda o`quvchilar bilimini nazorat qilish.
Reja
O`quvchilar bilimini tashxis etish — didaktik tushuncha sifatida.
O`quv jarayonida o`quvchilar bilimini hisobga olishning vazifalari.
Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash samaradorligining psihologik-pedagogik shart-sharoitlari.
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashda yosh o`qituvchilar yo`l qo`yadigan xato va kamchiliklar, ularning oldini olish yo`llari.
Bilimlarni tekshirish va baholash Ї ta’lim jarayonini ajralmas qismidir. U darslarda o`quvchilarni o`quv faoliyatini og`zaki yoki yozma nazorat qilish yo`li orqali amalga oshiriladi. Tekshirish va baholash yordamida o`quvchilarni bilimlarni qay darajada o`zlashtirganliklari o`quvchilarni yutuq va kamchiliklari, o`qituvchi faoliyati samaradorligi aniqlanadi.
Darsdagi intizom o`quvchilarni talimga munosabati, o`quvchilarni mustaqilligi, tashabbuskorligi, mehnatsevarligi ko`p jihatdan bilimlarni tekshirish va baholashga bog`liq.
Bilimlarni tekshirish va baholash quyidagi vazifalarni bajaradi:
Nazorat qiluvchi.
Talimiy.
Tarbiyaviy.
Tuzatuvchilik.
Axborot beruvchi.
Talim jarayonining barcha bosqichlarida o`quvchilar bilimini tekshirish va baholash tizimli va doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim.
Bilimlarni tekshirish va baholashni obektivligiga tasir yetuvchi omillar.
Bilimlarni tekshirish jarayonida talim natijasida yerishiladigan maqsadni bir xil, umumiy tushunilmaydi. Talim maqsadi o`qituvchilar tomonidan keng, har xilda shaqllanadi:
Fan asoslaridan puhta bilim berish.
Mantiqiy tafakkurni shaqllantirish.
O`quvchilarni bilish faollini shaqllantirish.
Nazorat obektlarini har xilligini ham bahoni asoslanishiga tasir yetuvchi omil hisoblanadi. Ayrim o`qituvchilar uchun baho obekti bu o`quvchi o`zlashtirgan o`quv materiali, boshqalar uchun yesa, bilimlarni amaliyotda qo`llash qobiliyati hisoblanadi.
Bilimlarni tekshirish va baholash jarayonida uning og`zaki va yozma usullaridan keng foydalanilmoqda. Umumiy o`rta talim Reyting tizimi to`g`risidagi Nizomda O`quvchilar bilim darajasi sifatini nazorat qilishning reyting tizimini joriy yetishning asosiy maqsadi nazoratning har xil turlari shaqllaridan foydalanish yo`li bilan umumiy o`rta DTS talablari bajarlishini taminlash, talim samaradorligini oshirish hamda o`quvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishdan iborat deb ko`rsatilgan.
Bugungi kunda Respublikamizda uzluksiz talim tizimini barcha bo`g`inlarida bilimlar reyting tizimida baholanmoqda.
Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to`g`risidagi muvaqqat Nizomda Resyting tizimi vazifalari ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |