49
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
I. Tashkiliy qism
Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish
Darsning turi
amaliy mashgulot
O‘qitishning usul va texnologiyalari suhbat,
savol-javob, “Estafeta” usuli
O‘qitishning shakllari
yakka tartibda,
qatorlar bilan, sinf bilan ishlash
AKT va interfaol vositalar
o kompyuter
o elektron doska
o smart doska
o proyektor
o televizor
o kolonkalar
Ko‘rgazmali qurollar va o‘qitish
vositalari
o darslik
o taqdimot
o video
o rasmlar
o plakatlar
o tarqatma
kartochka-vazifalar
o amaliy vazifalar
o laboratoriya vazifalari
o test
varaqalari
o so‘rovnoma
II. Motivatsiya
Chempion bo‘lmoqchimisiz? Tez harf terishni o‘rganing va
chempion bo‘ling!
III. Yangi tushunchalar
Tugmachalar guruhi, skrinshot, “Yumuq ko‘zlar” usulida
matn terish.
Darsning texnologik
xaritasi va ssenariysi
Qo‘llaniladigan resurslar
Tarqatma
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Audiodars
Internet-resurs
8-mavzu.pptx
8-mavzu.avi
8-mavzu.mp3
http:\www.dr.rtm.uz.
Yangi mavzu
O‘qituvchi:
Sinf
doskasida sana, mavzu yoziladi. “Klaviatura va sichqoncha bilan ishlash ko‘nikmalari” mavzusi
bo‘yicha o‘quvchilarga kartochka-vazifalar tarqatiladi. Javob berishga tayyor bo‘lgan o‘quvchilarning
javoblari eshitiladi va “Barakalla!” deb yozilgan stikerlar beriladi.
Bolalar, yangi mavzuni tahlil qilishdan avval slaydlarni diqqat bilan kuzating va beriladigan savollarga
tayyor bo‘lib turing.
1. Klaviaturaning asosiy vazifasi nimadan iborat?
2. Klaviaturaning tugmachalari qanday quruhlarga bo‘linadi?
3. Tugmachalarning joylashishini bilish nima uchun kerak?
4. Klaviaturada bir tildan ikkinchi tilga qanday o‘tiladi?
@edurtm_uz
50
Bloknot dasturi ishga tushiriladi, quyidagi mashqlarni kim tez va aniq bajarish “estafeta”si o‘tkaziladi.
1. Aa Bb Cc Dd Ee Ff Gg Mm Nn Ll Oo Pp....
2. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
3. ! @ # $ % ^ & * () - + < > ‘? “” \ | /
4. TOSHKENT – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING POYTAXTI!
5. Я люблю свою школу,
свой город, свою страну.
6. 400$, 50 %, (bir), “Ekologiya va men”, http://www.olam.uz.
7. XXI asr – axborot texnologiyalari asri.
8. Buyuk alloma Muso al-Xorazmiy IX asrda ijod etgan.
9. Sinfimiz fanlarni 100 % ga o‘zlashtirdi.
10. Rim alifbosiga I, V, X, L, M, C, H raqamlari kiradi.
Daftarga yozib oling!
Klaviatura kompyuterning tashqi periferik qurilmasi hisoblansa-da, inson bilan kompyuter o‘rtasida
muloqotni amalga oshirishga mo‘ljallangan asosiy qurilmalardan biri hisoblanadi. Klaviatura
tugmachalarining vazifasiga ko‘ra 6 guruhga ajratish mumkin:
• alifbo-raqamli tugmachalar;
• maxsus vazifani
bajaruvchi tugmachalar;
• yordamchi tugmachalar;
• kursorni boshqaruv tugmachalari;
• funksional tugmachalar;
• indikatorlar.
Mustaqil ish
O‘zingizni sinab ko‘ring
Bloknot dasturida klaviaturaga qaramasdan sinfdoshlar ismini eng ko‘p terish marafoni.
1.
35-betdagi uy vazifasi mashqlarini bajarib kelish.
Uy vazifasi
Dars
8
@edurtm_uz