O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Sekinroq ishlaydi. Ayniqsa, internetning tezligi kamayganda, katta hajmli matnlar bilan
sekinroq ishlaydi. Bunday holatda Wordda tezroq ishlash mumkin bo‘lgani holda, Google
Docsda to‘xtalishlar kuzatilishi mumkin.
Akkauntga bog‘liq bo‘ladi. Barcha hujjatlar sizning hisob qaydnomangizga ulangan bulutda
saqlanadi. Agar kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lsangiz – barchasidan mahrum bo‘lasiz!
Ishlab chiqaruvchiga bog‘liq bo‘ladi. Agar aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy
kommunikatsiyalar sohasi bo‘yicha bosh nazorat xizmati Googleni bloklashga qaror qilsa,
u holda sizning ishingiz nima bo‘ladi? Lekin muammoni hujjatning nusxasini docx formatida
saqlash orqali hal qilish mumkin.
Internetga bog‘liq bo‘ladi. Tarmoqqa kirishning imkoni bo‘lmasa, u holda siz hech narsani
ocha olmaysiz. Bunda faqat keshda saqlanadigan fayllardangina foydalanishingiz mumkin.
Umuman olganda, xizmatning bu turi yomon emas. Undan foydalanib ko‘rganlar avvaliga qo‘l
siltashdi, keyin esa kutilmaganda Worddan voz kechishdi.
Xizmatlar bepul. Albatta, Wordni ham “boshqacha usul bilan” bepul olish mumkin. Ammo
tijorat tashkilotlarida bunday qilish mumkin emas, chunki bunday holatda jiddiy jarimaga
tortilish mumkin.
Hamma narsa bulutda saqlanadi. Agar kompyuter buzilib yoki “qotib” qolsa, maʼlumot
butunligicha saqlanib qoladi. MS Word ham bulutli omborlar bilan ishlashi mumkin, ammo
Google undan bevosita, avtomatik tarzda foydalanadi.
Fayllarni o‘zaro almashishning oddiyligi. Bunda faqat havola yuboriladi, kerakli odam esa
hujjatni to‘liq qabul qilib oladi. Bu siz, hamkasblaringiz va mijozlaringiz vaqtini tejaydi.
Jamoaviy ishlash imkonini beruvchi uskunalar. Bitta fayl ustida bir vaqtning o‘zida bir necha
foydalanuvchi ishlashi mumkin. Worddan foydalanganda esa buni amalga oshirish biroz
qiyin, lekin unda ham amalga oshirish mumkin.
Qulay o‘zgarishlar tarixi. Deylik, siz qandaydir muhim narsani o‘chirib yubordingiz, so‘ngra
yana 2 bet matn ham yozdingiz. Bunda orqaga qaytish uchun Ctrl + Z tugmachalarini 1000
marta bosish shart emas.
Ovoz yordamida matn kiritish. Ko‘zingiz charchadimi? Divanda yonboshlab yotib ishlashni
xohlaysizmi? U holda matnni Googlening sunʼiy intellektiga aytib tursangiz bas. U rus tilini
juda yaxshi tushunadi, muhimi, hamisha uni o‘rganishda davom etadi.
Kross-platformalilik. Google Docs odatiy veb-brauzerga ega har qanday operatsion tizim
o‘rnatilgan qurilmada ishlay oladi.
AFZALLIKLARI
KAMCHILIKLARI
@edurtm_uz
21
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA
Do'stlaringiz bilan baham: |