2.1.So‘z yasalishini o‘qitishda o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish
2.3. So‘z yasalishini o‘qitishda noan’anaviy usullardan foydalanish texnologiyasi
III BOB. ISHNING AMALIYOTGA TATBIQI
3.1. Mavzu yuzasidan tajriba sinov ishlari natijasi
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartida umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy
maqsadi— o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan,
kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar
fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol
toptirishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
1
Hamda ushbu maqsadni amalga
oshirish uchun qator vazifalarning bajarilishi shart qilib qo‘yilgan. Davlat ta’lim
standartida belgilab qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun bugungi kun
o‘qituvchisi yangiliklardan xabardor bo‘lishi, o‘z ustida tinmay ishlashi, innovatsion
texnologiyalardan dars jarayonida unumli foydalanishi talab etiladi. Yosh avlodni
barkamol qilib tarbiyalash uchun bizda yetarlicha asos bor. Buni respublikamiz
Prezidenti Sh.Mirziyoev 2016-yil 14- dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis
palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida: “... bizning eng katta boyligimiz – bu
xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatidir”
2
- deb
ta’kidladi.Tasdiqlangan standartda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida o‘quvchi
shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma
shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetentsiyani rivojlantirish,
o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika,
leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo,
tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;ona
tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta
olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetentsiyalarni shakllantirishdan
iboratligi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotini o‘rganishda,
leksik qatlamdagi yangilanish jarayonlari, tilning lug‘at boyligining ortib borishida
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами.2017. 14(774)-сон. -Б.140
2
MirziyoevSh.M. Erkinvafarovon, demokratikO‘zbekistondavlatinimardvaolijanobxalqimizbilanbirgaquramiz.//Xalq
so‘zi. 2016- yil 16 dekabr.
so‘z yasalishi hodisasini o‘rni beqiyosligini o‘quvchilarga o‘rgatish muhim
ahamiyatga ega. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan
mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh, qilish va takomillashtirish, yangi
sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy
qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
So‘z yasalishi mavzusini o‘qitishda turli usullar va vositalardan, grafik
organayzerlardan foydalanish ona tili ta’limining sifatini oshirishda muhim
ahamiyatga egaligi mvzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: