―Sonlar tilga kirganda‖ metodi orqali o‗tilgan mavzu yuzasidan savollar beriladi.
―Alpomish‖ dostoni qadimiy qahramonlik eposining yorqin namunalaridandir.
Epik mazmunning qahramonlik xarakteriga ega bo‗lishi uning bosh xususiyati
hisoblanadi. Chunki, dostonning butun mohiyati va asosiy yo‗nalishini ana shu
xususiyat belgilaydi. V.G.Belinskiyning ta‘kidlashicha, ―xalqning go‗daklik
77
zamonlarida uning hayoti ko‗proq botirlikda, qahramonlikda ifodalanadi‖. Shuning
uchun ham qadimiy qahramonlik eposi ―xalqning faqat go‗daklik davrlarida … uning
kuch-qudrati va toza faoliyati faqat qahramonlik g‗alabalarida ko‗ringan
zamonlardagina paydo bo‗lishi mumkin‖.
Ko‗chmanchilik hayoti va patriarxal-urug‗chilik munosabatlari bir darajada
saqlanib kelayotgan zamonlarda yaratilgan, jamiyat va inson hayoti masalalarini
o‗ziga xos reallikda- qahramonlik va go‗zallik haqidagi xalq ideallari doirasida
kuylagan ―Alpomish‖ dostoni ham turkiy xalqlar patriarxal hayotidagi ―epik
bosqich‖ning poetik ko‗zgusidir. Doston bir qancha turkiy va ularga yaqin yashagan
ayrim turkiy bo‗lmagan xalqlar doirasida juda keng tarqalgan. Uning o‗zbek,
qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston holida; tojik, tatar, boshqird, O‗rta Osiyo
arablari versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. O‗rta asr o‗g‗uz eposining
muhim yodgorligi ―Kitobi Dada Qo‗rqut‖ tarkibidagi ―Bamsi Bayrak‖ asari o‗zining
sujeti va kompozitsion qurilishi jihatidan ―Alpomish‖ dostoniga juda ham yaqin
turadi.
―Alpomish‖ dostoning o‗zbek shoir va baxshilari tomonidan kuylanib kelgan va
folklorshunoslikka yozib olingan 30 dan ortiq varianti bor. Ana shu varintlari orasida
eng mukammali va badiiy jihatdan pishiq ishlangani Fozil Yo‗ldosh o‗g‗lidan yozib
olingan variantdir. Bu variant 1939- yilda Hamid Olimjon so‗zboshisi bilan chiqdi.
Turkman, qozoq, qoraqalpoq va boshqa xalqlarda ham ―Alpomish‖ dostoning turli
variantlari bordir. ―Alpomish‖ dostonining kurtaklari, patriarxal qabilalar hayotiga
borib taqaladi. Dostonda ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, sinfiy ziddiyatlarning
chuqurlashuvi,
qabila
kambag‗allarining
qul
qilinishi
hamda
feodal
munosabatlarining shakllanishi tasvirlangan. Ilmiy adabiyotlarda «Alpomish» dostoni
XVI asrda to‗la shakllangan deb ko‗rsatiladi.
―Alpomish‖ dostonining sujet sostavi va asosiy motivlariga diqqat qilsak, unda
patriarxal-urug‗chilik munosabatlari va shu hayot tarzini tasvirlash asosiy o‗rin
tutadi. Qolaversa, unda ayrim urug‗ oqsoqollarining hukmronlikka intilishidan iborat
rivojlanmagan feodal munosabatlar tasviri ham mavjud. Dostonda aks etgan bunday
78
ijtimoiy hayot elementlari uning yaratilish tarixini belgilash uchun muhim
ahamiyatga ega.
Slayd ko‗rinishida yangi mavzuga oid ma‘lumotlar taqdim etiladi.
79
4-ilova
Alpomish dostonining Safar baxshi tomonidan kuylangan variant audio shaklida
eshittiriladi(mp3)
5-ilova
―Tushunchalar tahlili‖ metodi
1-guruh
Do'stlaringiz bilan baham: