104
Manbaa:
@pharma_baza
ta‘siridan farqli ravishda suksametoniy ta‘sirini susaytirmaydi
aksincha kuchaytiradi va
uzaytiradi. Bu shu bilan bogʻliqki, antixolinesteraz vositalar 1)qon plazmasi xolinesterazasini
ingibirlaydi. 2)nerv-muskul sinapslarida atsetilxolinning konsentratsiyasini oshiradi
(atsetilxolin doimiy depolyarizatsiya holatini saqlab turadi).
■Xolinesterazaning 2 turi mavjud: 1-si postsinaptik membranada joylashgan
atsetilxolinesteraza boʻlib xolinergik mediator Atsetilxolinni parchalaydi. Bu enzim
retseptorlarning
V tipiga kiradi , ya‘ni hujayradan tashqaridagi nishon (extracellular
target/enzyme) retseptorlari tipiga. 2-si esa qonda uchrovchi butirilxolinesteraza (soxta
xolinesteraza ham deyiladi) boʻlib oʻz nomi bilan qondagi efir(-ester) bogʻli moddalarni
parchalaydi.
Antidepolyarizatsiyalovchi va depolyarizatsiyalovchi miorelaksantlarning solishtirma
xarakteristikasi 2- jadvalda tubokurarin va suksametoniy misolida keltirilgan.
2-Jadval. Tubokurarin va Suksametoniyning solishtirma xarakteristikasi.
Suksametoniyning nojoʻya ta‘sirlari:
• Jarrohlik operatsiyasidan soʻng
muskullar ogʻrishi
(preparat ta‘sirining boshida muskul
fassikulyatsiyasi bilan bogʻliq); rabdomioliz boʻlishi mumkin
•
Giperkaliyemiya
( doimiy depolyarizatsiya natijasida skelet
muskullari tolalaridan K
+
ionlarining chiqishi ilan bogʻliq)
•
Bradikardiya
(suksametoniy yurakning M
2
-xolinoretseptorlarini stimullashi mumkin)
•
Taxikardiya va arterial gipertenziya
( simpatik gangliyni stimullashda suksametoniy
takroran organizmga kiritilganda)
• Yurak aritmiyasi
•
Koʻz ichki bosimining oshishi
( suksametoniy ekstraokulyar
muskullarning tonik
qisqarishini yuzaga keltiradi; natijada koʻz ichki suyuqligi oqimi qiyinlashadi)
•
Bronxial va soʻlak bezlari sekretsiyasining oshishi
(M-xolinomimetik ta‘sir)
•
“Ikki martali blok
‖ suksometoniyaning koʻp karrali takroriy (6-8 marta) yuborilishi
natijasida depolarizatsion blok nerv-mushak uzatishi
antidepolyarizatsion bilan
almashtiriladi; bu suksametoniyaning uzoq muddatli depolarizatsion ta‘siri tufayli N
M
-
xolinoretseptorlarning desensitizatsiyasi bilan bogʻliq; bunday holda, antixolinesteraz
vositalar suksametoniyaning miorelaksant ta‘sirini zaiflashtirishi mumkin;
•
Gistominogen ta’sir
va u bilan bogʻlangan yuqori sezuvchanlik (bronxospazm, eshakyemi)
•
Yomon sifatli gipertermiya
(koʻpincha galotan, izofluran bilan birgalikda qoʻllanilganda)
skelet muskullarining tonik qisqarishi va tana haroratining 41-43C gacha tez koʻtarilishi;
yomon sifatli gipertermiya sarkoplazmatik retikulumdan Ca
+
ioni koʻp miqdorda chiqishi
bilan bogʻliq; buni bartaraf etish uchun vena ichiga dantrolen yuboriladi u Ca
+
ionlarini
sarkoplazmatik retikulumdan chiqishini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: