13
Manbaa:
@pharma_baza
RETSEPTDAGI MUHIM QISQARTMALAR
Toʻliq yozilishi
Qisqartma
Tarjimasi
Ana
aa.
dan (baravar)
Acidum
ac. , acid
Kislota
Adde
ad.
qoʻsh, yetkaz
ad usum externum
ad us. ext.
sirtga qoʻllash uchun
ad usum internum
ad us. ext.
ichish uchun
Ampulla
amp.
Ampula
aqua purificata
aq. pur.
tozalangan suv
aqua destillata
aq. dest.
distillangan suv
Cum
Cum
Bilan
Capsula
caps.
Kapsula
capsula amylum
caps. amyl.
Kraxmal
kapsula
capsula gelatinosa
caps. gelat.
Jelatin kapsula
charta cerata
ch. cer.
Mum qogʻoz
Cito
Cito
Tez
Cortex
cort.
poʻstloq
Da, Detur, Dentur
D.
ber, berilsin
Da (Dentur) tales doses numero D.t.d.N.
Shunday dozalardan shuncha miqdorda berilsin
Decoctum
dec.
Qaynatma
Detur. Signetur.
D.S.
Berilsin, koʻrsatilsin
Dragee
Dragee
Draje
Emplastrum
empl.
Plastir
Emulsum
emuls.
Emulsiya
Extractum
extr.
Ekstrakt
Ex
Ex
Nisbatda
Ex tempore
Ex tem.
Qoʻllashdan oldin
fiat, fiant
f.
hosil boʻlsin
Fluidum
fluid.
Suyuq
Flos
fl.
Gul
Folium
fol.
Barg
Fructus
fr.
Meva
gelatinosus (-a, -um)
gel.
Jelatinli
Granula
gran.
Granula
gutta (-m, -s)
gtt.
tomchi, tomchiga,
tomchilar
Herba
h., hb.
oʻt, giyoh
In
In
Da
in ampullis
in amp.
Ampulada
in capsulis
in caps.
Kapsulada
Infusum
inf.
Damlama
Misce, misceatur
M.
Aralashtir
massa pilularum
m. pil.
pilyula
massasi
Mucilage
mucil.
Shilimshiq
Oleum
ol.
yogʻ
15
Manbaa:
@pharma_baza
ERITMALAR
bosh kelishik birlik sonda -
Solutio
,
qaratqich kelishik birlik sonda –
Solutionis
,
qisqartmasi
- Sol.
Eritmalar
– dozalarga boʻlinmagan suyuq dori shakli boʻlib, ichga yoki sirtga qoʻllash
uchun moʻljallangan qattiq yoki suyuq dori moddasini erituvchida eritish yoʻli bilan hosil
qilinadi. Ular tiniq suyuqlik boʻlib, saqlanganda choʻkma hosil qilmaydilar. Demak, eritma 2
ta tarkibiy qismdan iborat boʻladi: eruvchi va erituvchi.
Eritmalar offisinal va magistral boʻlishi mumkin. In‘eksion qoʻllash uchun ampulalarda
chiqarilgan ertimalar dozalangan dori vositasi hisoblanadi.
Erituvchi sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin:
Distillangan suv –
Aqua destillata
Etil spirti –
Spiritus aethylicus
Gliserin –
Glycerinum
Vazelin moyi –
Oleum vaselini
Zaytun moyi –
Oleum olivarum
Shaftoli moyi –
Oleum persicorum
Bodom moyi
– Oleum amygdalarum
Kungaboqar moyi –
Oleum helianthi
Eritmalar qoʻllanilgan erituvchining turiga koʻra
suvli
,
spirtli
va
yogʻli
eritmalarga
boʻlinadi. Retsept yozilganda erituvcining turi koʻrsatiladi (masalan,
Sol. Iodi spirituosae
yoki
Sol. Camphorae oleosae
).
Agar retseptda erituvchi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda
eritma distillangan suvda
tayyorlanadi.
Eritmalar qoʻllanilishiga koʻra quyidagilarga ajratiladi:
a)
ichga qoʻllash uchun
eritmalar. Bu eritmalar signaturada choy, desert, osh qoshiqlarida,
shuningdek tomchilarda dozalanadi.
b)
sirtga qoʻllash uchun
eritmalar. Koʻz, quloq, burun tomchilari, yuvish, bosim ostida
yuvish (sprinsevanie), chayish, malham (primochka) uchun buyuriladi.
ICHISH UCHUN ERITMALAR
(Solutiones pro usu interno)
Ichish uchun eritmalar distillangan suvda tayyorlanadi va 3-4 kunga buyuriladi. Qoʻllash
uchun ochilganidan soʻngra sovutgichda saqlash tavsiya etiladi.
Ichish uchun eritmalarni odatda darajalarga boʻlingan stakanchalarda, choy qoshiqlarda,
desert qoshiqlarda,
osh qoshiqlarda, shuningdek tomchi koʻrinishida dozalanadi va qabul
qilinadi.
16
Manbaa:
@pharma_baza
Qoshiqlar hajmi:
-
1 choy qoshiq – 5 ml,
-
1 desert qoshiq 7,5 – 10 ml,
-
1 osh qoshiq 15 ml.
Qoshiqlarda dozalanadigan eritmalar odatda kuniga 3 mahaldan ichish uchun 4 kunga,
hammasi boʻlib 12 marta qabul qilishga yozib beriladi.
Eritmalarni retseptda 3 xil shaklda yozish mumkin:
1)
Kengaytirilgan shakl.
Bunda eritmaning barcha tarkibiy qismlari, ya‘ni dori modda va
erituvchi moddaning nomi, ularning miqdori (ogʻirligi yoki hajmi) koʻrsatiladi.
Misol.
Natriy bromid
(Natrii bromidum)
td = 0,3 eritmasi 1 osh qoshiqdan kuniga 3
mahaldan 4 kunga ichish uchun yozib berilsin.
Hisob:
3 mahal x 4 kun = 12 marta; td = 0,3 natriy bromid – 0,3 x 12 = 3,6
―Erituvchi‖ sifatida
suv olingan;
suv 1 osh qoshiqda 15 ml. 12 marta – 15 ml x 12 = 180 ml.
Rp.: Natrii bromidi 3,6
Aquae destillatae ad 180 ml
M.f. solutio
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
2)
Qisqartirilgan shakl
(―ex‖ – koʻrinishda), bunda retsept eritma soʻzi bilan boshlanib,
soʻngra dori moddaning nomi, uning eritmadagi gramm miqdori, butun eritma miqdoriga
boʻlgan nisbati koʻrsatiladi. Agar erituvchi sifatida suv ishlatilgan boʻlsa,
u holda suvdagi
eritma ekanligi koʻrsatilmaydi.
Rp.: Solutionis Natrii bromidi ex 3,6 – 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
3)
Qisqartirilgan foiz shakli
– eritmaning konsentrasiyasi foizlar hisobida koʻrsatiladi: 100
ml erituvchida eritilgan moddaning miqdori (pro centum – lotincha yuzda qancha).
Hisob:
3,6 – 180 ml
x=3,6 x 100 / 180 = 2%
x - 100 ml
Rp.: Solutionis Natrii bromidi 2% - 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
Quyidagilarga retsept yozing:
1. Natriy bromidi (Natrii bromidum) eritmasidan 200 ml ga shunday hisob bilan retsept
yozingki, unda bemor 1 osh qoshiq eritmada 0,3 g natriy bromidi qabul qilsin. 1 osh
qoshiqdan kuniga 2 mahal ichish uchun.
2. Kaliy xloridi (Kalii chloridum) ning 10% li eritmasidan 200 ml ga. 1
osh qoshiqdan
kuniga 3 mahal ichish uchun.
17
Manbaa:
@pharma_baza
3. Kaliy bromidi (Kalii bromidum) eritmasidan 180 ml ga shunday hisob bilan retsept
yozingki, unda bemor har safar ichganida 1 osh qoshiq eritmada 0,5 g kaliy bromidi qabul
qilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichish uchun.
4. Kalsiy xloridi (Calcii chloridum) ning 10% li eritmasidan 200 ml ga. 1 osh qoshiqdan
kuniga 3 mahal ichish uchun.
5. Natriy salitsilati (Natrii salicylas) eritmasidan 5 kunga yetadigan qilib shunday hisob bilan
retsept yozingki, unda bemor 1 osh qoshiqda 1,0 natriy salitsilati qabul qilsin. 1 osh
qoshiqdan kuniga 4 mahal ichish uchun.
6. td=5 sg boʻlgan kofein natriy-benzoati (Coffeini natrio-benzoas) eritmasini 12 marta qabul
qilishga, 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: