4 – ENG QADIMGI ODAMLAR VA ULARNING MANZILGOHLARI Arxeolog olimlar odamzodning eng qadimgi ajdodlari suyak qoldiqlarini qayerlardan topishgan? Janubiy va Sharqiy Afrikadan
Avstrolopitek va zinjantrop odamlari qanday tipdagi odam hisoblanadi? “Ishbilarmon odam”
Avstrolopitek odami qayerdan topilgan? Janubiy Afrikadan
“Ishbilarmon odam” dastlabki mehnat qurolini nimadan yasagan? Toshdan (chaqmoqtosh)
Nima uchun insoniyat tarixining boshi tosh davri deyiladi? Mehnat qurollarini toshdan yasaganliklari uchun
Osiyoda qadimgi odamlarning manzilgohlari qayerlardan topilgan? Indoneziya, Xitoy va O’zbekiston hududidan
Indoneziyadan topilgan odamni olimlar nima deb atagan? “Yava odami”
Olimlar Xitoy hududidan topilgan odamni nima deb atagan? Sinantrop (Xitoy odami) 2
Vatanimiz hududidan topilgan odamni olimlar nima deb atagan? Farg’ona odami
Turli joylardan topilgan qadimgi odamlar bir-biridan nimasi bilan farq qilgan? Tashqi qiyofasi, mehnat qurollari, ularning sifati va mehnat malakalari bilan
Tabiiy olovdan qaysi tipdagi odam foydalangan? Sinantrop
Qaysi tipdagi odamlar yashin tufayli o’rmon yong’inlari kelib chiqqanda ularni saqlab qolishni o’ylab topganlar? Sinantroplar
Neondertal qiyofali odam qoldiqlari O’zbekistonning qaysi hududidan topilgan? Surxondaryo viloyati hududidagi Teshiktosh g’oridan
Kromanyon odam suyaklari qayerdan topilgan? Fransiyaning Kromanyon g’oridan
Kromanyon odamlari nechanchi ming yilliklarda yashagan? Mil.avv.40-12-ming yilliklarda
Kromanyon odami tashqi qiyofasiga ko’ra qanday qiyofadagi odam edi? Bugungi kungi odam qiyofasidagi
Olimlar qaysi odam turini “aql idrokli odam”, “ongli odam” deb atagan? Kromanyon
Qaysi tipdagi odamlar urug’-urug’ bo’lib yashagan? Kromanyon
Kromanyon tipidagi odamlarning zamondoshlari O’zbekistonning qaysi hududlaridan topilgan? Samarqanddagi Siyobcha soyi bo’yidan, Toshkent viloyatining Ko’lbuloq (Angren) manzilgohidan
So’ngi paleolit davriga oid manzilgohlar O’zbekiston hududidan nechata topilgan? O’ttizdan ortiq
Odamning paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlarini, tanasi tuzilishidagi o’zgarishlarni, bosh suyak qoldiqlaridan odamning tashqi qiyofasini tiklab o’rganuvchi olim nima deyiladi? Antropolog