11 – QADIMGI DINIY E’TIQODLAR
Qadimiy diniy e’tiqodlarning paydo bo’lishiga nima sabab bo’ladi? Odamlarning tabiatning ko’pgina hodisalarini tushunib yetmasligi
Odamlarning o’zlarining qurshab turgan tabiatda ro’y berayotgan voqea-hodisalarga ishonmoqlik nima deyiladi? Diniy tasavvur
Qadimiy diniy e’tiqodlarning asosini qaysi diniy e’tiqod shakllari tashkil etadi? Totemizm, animizm, fetishizm, sehrgarlik
Odamlarning ajdodlari bilan ayrim hayvonlar va o’simliklar o’rtasida qandaydir aloqa, yaqinlik va qon-qarindoshlik borligiga ishonmoqlik nima deyiladi? Totemizm (totemiylik)
Odam tanasida jon (ruh) borligiga, vafot etgan kishilarning arvohlariga va tabiatning o’zi ham jonli ekanligiga, ruhlar tabiat hodisalarini boshqarib turishiga ishonish nima deyiladi? Animizm (Animiylik)
Jonsiz narsalarda odamlar bilmaydigan sehrli hususiyatlar bor deb ishonish nima deyiladi? Fetishizm (Fetishiylik)
Do'stlaringiz bilan baham: |