Ilk maktablar qaysi davlatlarda tashkil topgan? Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, Yevropada Gretsiya va Rimda
Dastlabki maktablar qanday joylatda faoliyat ko’rsatgan? Ibodatxonalarda
Bolalarni yoshiga qarab sinflarga bo’lib o’qitish va dars mashg’ulotlarini jadval asosida tashkil etish nechanchi asrda va kim tomonidan amalga oshirilgan? XVII asrda Yan Komenskiy
Yan Komenskiy qayerlik bo’lgan? Chexiyalik
Yurtimizda arab alifbosi nechanchi asrda joriy etilgan? VIII asrda
Yurtimizda tashkil etilgan dastlabki ta’lim-tarbiya maskanlari nima deyilgan? Maktabxona
Yurtimizda o’g’il bolalar uchun dastlabki maktabxonalar qanday joylarda tashkil etilgan? Masjidlarda, qiz bolalarniki esa ayol muallimalarning uyida
Yutimizda dastlabki maktabxonalarda o’g’il bolalarni o’qitadigan muallimlar nima deyilgan? Domla
Yutimizda dastlabki maktabxonalarda qiz bolalarni o’qitadigan muallimalar nima deyilgan? Otinoyi yoki otinbibi
Yurtimizda dastlabki maktabxonalarga bolalar necha yoshdan qabul qilingan? 5-6, ba’zan 6-8 yoshdan
Yurtimizda dastlabki maktabxonalarda o’qish necha yil davom etgan? 5-8 yil
Yurtimizda dastlab madrasalarda kimlar tayyorlangan? Davlat boshqaruvi xizmatchilari va diniy ulamolar
Yurtimizdagi dastlabki madrasa nechanchi asrda ochilgan? X asrda
Yuritmizdagi dstlabki madrasa qaysi shaharda ochilgan? Buxoroda
Yurtimizdagi dastlabki madrasalarda o’qish necha yil davom etgan? Talabalarning iqtidoriga qarab 7-12 yil
Xorazmshohlar davlatini nechta sulola boshqargan? To’rtta
Xorazmda ma’muniylar sulolasi hukm surgan davr? 995-1017-yillar
Xorazmda ma’muniylar sulolasining so’nggi hukmdori kim bo’lgan? Ma’mun ibn Ma’mun
Ma’mun ibn Ma’mun qanday nomdagi ilm-fan markaziga asos soladi? “Dorul hikma va maorif”
“Dorul hikma va maorif”ga nechanchi yilda asos solinadi? 1004-yilda
“Dorul hikma va maorif” yana qanday nom bilan yuritiladi? Ma’mun akademiyasi
Ma’mun akademiyasi allomalarining shiori qanday bo’lgan? “Ilm – insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin”
Ma’mun akademiyasi necha yil faoliyat ko’rsatgan? 14 yil
Ma’mun akademiyasi nechanchi yilda o’z faoliyatini to’xtatgan? 1017-yilda
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risidagi farmoni nechanchi yilda e’lon qilinadi? 1997-yilda
Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nechanchi yilda nishonlanadi? 2006-yilda
Mashxur olimlar to’planadigan ilm-fan markazi nima deyiladi? Akademiya
Ilm-fanning bir necha sohasini to’la egallagan shaxs nima deyiladi? Alloma
Dunyo haqidagi bilimlar yig’indisi nima deyiladi? Fan